SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#kadastr_xizmati

⚡️Turar-joy obyektlar kadastr pasportini shakllantirish tartibi

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

🪙Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

✉️Ariza beruvchi to‘lovni 1 oy mobaynida amalga oshiradi;

✔️Kadastr agentligi kadastr pasportini shakllantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob‘ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🫥ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🫥yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗣Xabaringiz bor, "9-dekabr—Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya-taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovining FINAL bosqichi bo‘lib o‘tgandi.

📹 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimi tomonidan tayyorlangan mazkur videorolik tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

➡️ Eslatib o‘tamiz tanlovda 20 dan ortiq videoroliklar kelib tushdi va 10 tasi FINAL bosqichida g‘oliblik va sovrinli o‘rinlar uchun ishtirok etdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✍️ E-Yer nazorat AAT Surxonkadastr

⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) bo'limlari tomonidan 🛡 Yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo'llanilgan ma'muriy jarimalar tahlili to'g'risidagi ma'lumotlar bilan quyidagi infografika orqali tanishib olishingiz mumkin.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot bo'lib o'tdi.

✔️ Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi aʼzolari davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, aniq takliflarni o‘rtaga qo‘yib kelayotgani alohida taʼkidlandi. Natijada joriy yilning o‘zida tadbirkorlar faoliyati uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 5 ta qonun, 101 ta farmon va qarorlar qabul qilindi.

✔️ So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizda pul ko‘paygani, investitsiya loyihalarini barqaror moliyalashtirishning mustahkam asosi yaratilgani taʼkidlandi.

✔️Biznes uchun yo‘l, suv, elektr, gaz, temir yo‘l kabi infratuzilma obyektlarini yaxshilashga bu yil 35 trillion so‘m yo‘naltirildi. Kelgusi yil yana 43 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan.

✔️ Savdoni rivojlantirish bo‘yicha alohida kompaniya ochilib, eksportni moliyalashtirish uchun 350 million dollar ajratildi. Natijada berilgan har 1 dollar hisobiga tadbirkorlar 6 dollarlik eksport qildi. Kelgusi yilda bunga yana 300 million dollar berilishi belgilandi.

✔️ Tadbirkorlar bu yilda 11,5 trillion so‘mlik 3 mingta davlat mulki va 4 ming gektar yerni sotib olib, biznesini boshladi. Kelayotgan yilda yana 4,5 mingta bino va 6 ming gektar yer tadbirkorlarga taklif qilinadi.

✔️ Temir yo‘l sohasida raqamlashtirish va operatsion samaradorlikni oshirish hisobiga yuk tashish muddatlari 40 foizga qisqardi.

✔️ Prezidentimiz mintaqadagi eng qulay va jozibador biznes muhitini saqlab qolish uchun barqaror soliq siyosati davom ettirilishini taʼkidladi.

✔️ Yig‘ilishda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga kirayotgani aytildi. AQSH, Xitoy kabi yirik davlatlar bilan kelishuvlarga erishildi.

✔️ Umuman, murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, iqtisodiyotimiz 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan ko‘paygani taʼkidlandi.

✔️ Kelgusi yilda marrani katta olib, yalpi ichki mahsulotni 120 milliard dollarga, eksportni 30 milliardga yetkazish, investitsiyani 42 milliarddan oshirish, 5 million aholini band qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish reja qilinmoqda.

✔️ Savdo-sanoat palatasi xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilib, tadbirkorlarning tashqi moliya bozorlariga chiqishiga ko‘maklashuvchi markaz ochishi muhimligi qayd etildi.

✔️ Prezident boshqa salohiyatli tadbirkorlarni ham qo‘llab-quvvatlab, “chempion” tadbirkorlarni ko‘paytirish kerakligini taʼkidladi.

✔️ Oxirgi 3 yilda Bojxona kodeksining 100 dan ortiq moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Lekin uning qoidalari ham Jahon savdo tashkiloti, ham tadbirkorlarning talabiga mos emas. Shu munosabat bilan har tomonlama yangilangan Bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

✔️ Yig‘ilishda ichki bozor bilan cheklanmasdan, eksportni yana-da ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

✔️ Yetishtirilgan meva-sabzavotni qayta ishlash uchun xarid qilingan uskunalarga 1 milliard so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

✔️ Davlatimiz rahbari tadbirkorlarning ezgu maqsad bilan ilgari suradigan har qanday g‘oya va tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. O‘z navbatida ular ham jamiyatimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lib, islohotlarimizni yana-da ilgari surishda tayanch va suyanch bo‘lishiga ishonch bildirdi.

✔️ Shu bilan tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot o'z yakuniga yetdi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM