SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
KORRUPSIYA– TARAQQIYOT KUSHANDASI

⭐️ Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Qiziriq tuman bo‘lim (filial) xodimlari uchun boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.

Xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sohada yangi joriy qilingan qaror va qonunlar haqida atroflicha tushunchalar berildi va har bir noqonuniy qilingan xatti-harakatiga jazo muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌐 Yer, kadastr va geodeziya nazorati yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar.

💠 Amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 38 898 ta holatda 5 8437,6 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlanib, berilgan yozma ko‘rsatmalar asosida 21 939 ta holatda 2 527,3 gektar yoki 56 foiz yer qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

➡️Yer uchastkalarini qaytarish va ularda qurilgan imoratlarni buzdirish bo‘yicha sudlarga 2 794,2 gektar yer maydonida 12 812 ta holatda da’vo arizalar kiritildi.

➡️Shundan, 2 059 ta (430,3 gektar) da’vo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilib, majburiy ijroga qaratildi.

➡️Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan 1 445 ta materiallar o‘rnatilgan tartibga muvofiq prokuratura organlariga kiritildi.

➡️Yerga oid huquqbuzarlik sodir etgan 26 164 ta shaxslarga ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.

➡️Yer va kadastr nazoratini avtomatlashtirish maqsadida “E-yer nazorat” AAT amaliyotga joriy etilib, 103 577 ta aniqlangan huquqbuzarliklar axborot tizimiga kiritildi.

💠 Geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 283,5 mlrd. so‘mlik ishlar ekspertizadan o‘tkazildi.

➡️Geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 131 ta texnik loyiha (ishlar dasturlari), 114 ta geodeziya va kartografiya ishlarining yakuniy texnik hisobotlari hamda 27 ta kartografiya mahsulotlari ekspertizadan o‘tkazildi.

➡️Maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish bo‘yicha 2 810 ta materiallar foydalanuvchilarga taqdim etildi.

➡️Geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanish uchun “Litsenziya” AT orqali yuborilgan 142 ta xabarnomalar tahlil qilingan holda reyestrda hisobga olindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!

🗺 Oltinsoy tumanidan 144 ta (ko'rish)
🗺 Angor tumanidan 178 ta (ko'rish)
🗺 Bandixon tumanidan 375 ta (ko'rish)
🗺 Boysun tumanidan 357 ta (ko'rish)
🗺 Muzrabot tumanidan 411 ta (ko'rish)
🗺 Denov tumanidan 194 ta (ko'rish)
🗺 Jarqo‘rg‘on tumanidan 434 ta (ko'rish)
🗺 Qumqo‘rg‘on tumanidan 562 ta (ko'rish)
🗺 Qiziriq tumanidan 591 ta (ko'rish)
🗺 Sariosiyo tumanidan 182 ta (ko'rish)
🗺 Termiz tumanidan 1091 ta (ko'rish)
🗺 Uzun tumanidan 367 ta (ko'rish)
🗺 Sherobod tumanidan 397 ta (ko'rish)
🗺Sho‘rchi tumanidan 247 ta (ko'rish)
🗺Termiz shahridan 115 ta (ko'rish)

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Surxondaryo viloyati, Qumqo‘ng‘on tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

◼️Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ i Sh.Suvonov ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 25-Sentabr, soat 10:00 da

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Qumqo‘ng‘on tumani, Sherozi mahallasi, Qumqo‘ng‘on pedagogika kolleji binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 (55) 451-22-19 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi

🇺🇿Prezident Farmoniga ko'ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

🫥Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig'ida joylashgan ko'p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar "Ko'chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi" asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.

🔵Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo'sh turgan yer uchastkalari o'rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

🇺🇿Qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko'rsatiladi.

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo'lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo'lmagan muddatda yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo'llanadi.

#Surxonkadastr #huquqiy_malumot

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Ҳиндистон, Жанубий Корея, Мўғулистон, Германия, Исроил ва Европа Иттифоқининг мамлакатимизга янги тайинланган элчиларидан ишонч ёрлиқларини қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял верительные грамоты у вновь назначенных в нашу страну послов Индии, Южной Кореи, Монголии, Германии, Израиля и Европейского Союза.

#Mirziyoyev #qabul #elchilar #Hindiston #JanubiyKoreya #Muguliston #Germaniya #Isroil #YevropaIttifoqi #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ҳиндистон, Жанубий Корея, Мўғулистон, Германия, Исроил ва Европа Иттифоқи элчилари Президент Шавкат Мирзиёевга ишонч ёрлиқларини топширди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёевга спорт соҳасида амалга оширилаётган ишлар ва истиқболли режалар тўғрисида ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о проводимой работе и дальнейших планах в области спорта.

#Mirziyoyev #taqdimot #sport #olimpizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X