SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.9K photos
2.3K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat yer kadastri

⭐️🌟Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.

🇺🇿 Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilab turilishini o‘z ichiga oladi.

◼️Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari:

- mamlakatning butun hududini to‘la qamrab olish;
- fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash;
- yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining birligi;
- yer kadastriga doir axborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#foydali_malumot #kadastr

◾️Foydali maʼlumot◾️

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri»
axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

‼️Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

📝Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-iyuldagi 186-son qarori.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗣FUQAROLAR 88 mlrd 434 mln SO‘M MAʼMURIY JARIMALARDAN OZOD ETILDI.

🌟Kadastr agentligi organlari tomonidan joriy yil 1-yarmida yer va kadastr nazorati sohasidagi huquqbuzarliklarga barham berish borasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 31 134 holatda huquqbuzarliklar aniqlangan.

👁Kadastr organining ko‘rsatmasiga asosan, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasini qaytarilishini taʼminlagan va uning oqibatlarini bartaraf etgan 10 199 nafar shaxs jami 88 mlrd 434 mln so‘m maʼmuriy jarimalardan ozod etildi.

📃Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etgan 17 259 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi.

Jumladan:

5 783 nafar shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganligi uchun;

3 959 nafar shaxs yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi uchun;

6 335 nafar shaxs o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Yer resurslarini talon-taroj qilgan va sug‘oriladigan yerlarni qurilish qilgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olgan 1 046 nafar shaxsga nisbatan to‘plangan materiallar prokuratura organlariga yuborildi, prokuratura organlari tomonidan 418 ta materiallar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'QUV SEMINAR

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Bino va inshootlar Davlat kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i tomonidan barcha tuman (shahar) filiallarining Bosh muxandislari hamda mas’ul yetakchi kadastr muxandis xodimlariga kadastr sohasidagi huquqiy xujjatlarga asosan amalda olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘quv seminari tashkil qilindi.

🫥 O'quv seminarida, ☯️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022-yildagi "Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-198-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan;

Uzkad dasturiga noturar joy ob'yektlarining kunlik kiritilishi va jarayonda turgan arizalar;

☯️ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020-yildagi "Kadastr sohasida davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 535-sonli qarori ijrosi yuzasidan;

🔵 Ko'chmas mulk ob'yektiga kadastr pasportini berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti:
Joriy yilning 7 oyi mobaynida shakllantirilgan kadastr pasportlari.

🔵 Ko'chmas mulkni bo'lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti:
Davrestr tizimida bo'lish.

🔵 Ko'chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti:
Davrestr tizimida birlashtirish bo'yicha bilim va ko'nikmalar berildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬 #OAV_Biz_Haqimizda

"Surxon tongi" online gazetasida kadastrda amalga oshirilayotgan ishlar hususida.

📰 "Surxon tongi" online gazetasining navbatdagi sonida "Amalga oshirilgan ishlar tahlili" mavzusidagi maqola chop etildi.

▶️ Batafsil: "Surxon tongi" online gazetasi

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallashda jazo muqarrar.

⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Jarqo'rg'on tuman bo'lim inspektorlari tomonidan tumanning "Qushtepa" mahallasi hududidagi 🇺🇿 davlat zaxirasida bo'lgan qishloq xo'jaligi xaritasining 373-dala konturidagi yer maydonidan o'zboshimchalik bilan 0.20 gektar egallab olib, 36.0 kv.metrdan iborat uy-joy qurib olganligi holati aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan, Jarqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaroning noqonuniy qurib olgan uy-joyiga nisbatan O'z Res MJTKodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bartaraf etish bo'yicha yozma ko'rsatma berilgan.

🟩 Shundan so'ng, noqonuniy qurilgan qurilish fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi ta'minlandi.

❗️ Unutmang Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik

Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va cheklovlar

🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi 803-sonli qonuniga ko'ra joriy yilning 1-martidan boshlab quyidagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🗣mulk huquqi;
🗣doimiy egalik qilish huquqi;
🗣doimiy foydalanish huquqi;
🗣meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
🗣ijara huquqi;
🗣ikkilamchi ijara huquqi;
🗣xo‘jalik yuritish huquqi;
🗣operativ boshqarish huquqi;
🗣ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
🗣bepul foydalanish huquqi;
🗣renta;
🗣ipoteka;
🗣servitut;
🗣ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
САВОЛ: Кадастр ҳужжатини ҳар 5 йилда янгилаб туриш керак экан деб эшитдим. Мен кадастримни 2015 йилда қилдирганман. Ҳозир кадастримни янгилашим керакми?

ЖАВОБ: Бу ахборот. Ҳар 5 йилда кадастр ҳужжатлари янгилаш керак деган талаб қонунчилигимизда йўқ.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM