SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.3K photos
2.34K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Сурхондарё вилояти ҳокими Улуғбек Қосимов бошчилигида бошқарма ва ташкилотлар мутасаддилари, ахборот хизматлари раҳбарлари иштирокида Термиз муҳандислик-технология институтида ОАВ вакиллари ҳамда блогерлар билан очиқ мулоқот ўтказилди.

Унда воҳамизда кенг кўламли ислоҳотларнинг бориши, амалга оширилаётган лойиҳалар, келгусидаги режалар хусусида маълумотлар берилди. Шунингдек, фаоллар томонидан кўтарилаётган мурожаат ва масалаларнинг ҳал этилиши ҳудудлар, тармоқлар ва соҳалар кесимида таҳлил қилинди.

Батафсил: https://surxondaryo.uz/blog/2097

———
Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

◼️O‘rmon fondi yer uchastkalari elektron onlayn auksionida ishtirok etish tartibi

🖥 Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun:

▪️ savdo platformasi orqali arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuboradi;
▪️ o‘rmon fondi yer uchastkasining maydoni:
5,0 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;
5,0 gektardan 10.0 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari;
10.0 gektardan 20,0 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;
20 gektar va undan ko‘p bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdoridagi zakalat pulini operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

📃 Ariza qonunchilik talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, operator shu kunning o‘zida jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ruxsat beradi. Shuningdek, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta orqali elektron onlayn-auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qo‘shimcha ravishda xabar beradi. Jismoniy yoki yuridik shaxslar xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

⚖️ Qonunchilikda nazarda tutilgan zakalat puli jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilmagan taqdirda, elektron onlayn-auksionda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.

🖥 Jismoniy yoki yuridik shaxslar elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagani yoxud savdolarga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг май ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

❗️Yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🔹yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;

🔹binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi;

🔹qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Facebook Instagram YouTube
Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

🔴Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 229-moddasi birinchi qismiga asosan;

🗣Sugʼoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʼzboshimchalik bilan egallab olish;

Bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u oʼzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʼttiz kunlik muddatda taʼminlasa hamda oʼzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʼllanilmaydi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube