SURXONDARYO KADASTR
1.96K subscribers
21.2K photos
2.52K videos
22 files
12.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
JARQO‘RG‘ON TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

🏢 Davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z samarasini berib kelmoqda.

🔴 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari mutasaddilari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham ko‘pgina murojaatlarga yechim topildi.

📝 Sayyor qabulda jami 20 nafar tadbirkor va fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

🔴 Sayyor qabulga yig‘ilgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, va shunga o'xshash boshqa muammolar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi.
✔️ Tashkil etilgan sayyor qabulda 9 nafar murojaatchining murojaati joyida ijobiy hal etildi.
✔️7 nafar murojaatchiga huquqiy tushunchalar berildi.
✔️ 4 nafar murojaatchining murojaatlari o‘rganish uchun tegishli tuman bo‘lim va filial rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 YER NAZORATDA

👨‍💻 Loyihaning beshinchi sonida:
📍Navoiy viloyati hamda 📍Samarqand viloyatlarida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #5_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqvaqti #bilasizmi

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.

📌Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/surxonkadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон-Россия саммити: самарали музокаралар ва ўзаро манфаатли келишувлар

Узбекско-российский саммит: плодотворные переговоры и взаимовыгодные договоренности

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan hududlarda yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Unda zamonaviy texnologiyalar, kosmik suratlar va dronlar yordamida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq holatlar, noqonuniy qurilishlar aniqlanib, ularni bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

➡️ “O‘zbekiston 24” kanalida efirga uzatilgan lavhada ayni shu holatlar haqida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida🟢

💠Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining barcha 15 ta tuman (shahar) filiallari xodimlari “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etish uchun "mahallabay", "xonadonbay" ish tashkil qilingan.

♻️Shu bois, Kadastr xodimlari tomonidan "Aholi manfaatlari yo'lida" Sho‘rchi tumanida yashovchi bir qancha fuqarolarga Kadastr sohasiga oid murojaatlar borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

♻️Maqsadimiz xalqimizni kadastr xizmatidan rozi qilishdir.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Matbuot xizmati

Telegram Facebook Instagram YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring:👇🏼
Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Barcha uchun muhim raqamlar


◼️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

◼️bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

◼️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

◼️yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

◼️bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

◼️zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

◼️ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

◼️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

📃 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoni

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati_Termiz_shahar

⚡️Termiz shahar hududida dron yordamida navbatdagi holat aniqlandi.

Kadastr
agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Termiz shahar bo'limi inspektorlari tomonidan, shaharning Namuna mahallasi, Xidoyat yo'li ko'chasidan o'tuvchi Aholi ichki yo'lining muhofaza hududidan fuqaro tomonidan 0.005 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, 30.0 kv.metrdan iborat Molxona binosi qurib olganligi holati aniqlandi

Ushbu holat yuzasidan, Kadastr isnpektorlari tomonidan fuqaroning noqonuniy qurilishlariga nisbatan MJTKning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilgan.

❗️Unutmang! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube