SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallashda, jazo muqarrar

❗️Unutmang ! ! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Sho'rchi tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning Yakkabog' MFY hududida yashovchi fuqaro tomonidan Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli bo'lgan yer maydonidan o'zboshimchalik bilan 0.005 gektar egallab olib, 30.45 kv.metrdan iborat Molxona binosini qurib olganligi holati aniqlandi.

🔴Aniqlangan holat yuzasidan, tuman inspektorlari tomonidan fuqaroning o'zboshimchalik bilan qurib olgan Molxona binosiga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilgan.

🔴Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida qurilgan Molxona binosi fuqaro tomonidan ixtiyoriy bataraf etildi hamda yana bir yer qonun buzilish holatining oldi olindi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxon_kadastr_radio
#ochiq_muloqot

🎤O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi “"Yaxshi kayfiyat" musiqiy jonli dasturi“ orqali ⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi X.Umirov ishtirokida Yerlarni o’zboshimchalik bilan egallab olish va ularga noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan jismoniy va yuridik shaxslar mamuriy va jinoiy javobgarlik tortilishi qatʼiyan belgilab qo’yilganligi ” mavzusiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
01-May, O'zbekistonda favvoralar kuni.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-apreldagi “Toshkent va Samarqand shaharlarida joriy yilning 1-may kuni ‘Favvoralar sayli’ni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 33-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Madaniyat va sport ishlari vazirining buyrug‘i qabul qilindi.

🔴Aslida o‘tayotgan har bir kunimiz xursandchilik va bayramlarga boyligi bilan ajralib turadi.

🔴Ayniqsa may oyi o‘zining tarovvati, tabiattdagi ob-havoning mo‘tadilligi va bahorning dillarga yoqadigan epkinlari bilan barchamizga birdek yoqadi.Har yili O‘zbekistonimizda 1 may “Favvoralar kuni” sifatida nishollanishi, hayotimizda bayramlarning soni yana bittaga ko‘paygaligidan darak bermoqda.

🔴Suv aslida hayot ramzi sanaladi. Ayniqsa uning favvora bo‘lib otilishi va uning etlarni junbushga keltiradigan shabadasi qalblarimizga xushnidlik olib kiradi.Shu bois aytadilarku, bayramlar tinch yurtga yarashadi deb.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi jamoasi ham xalqimizga favvoralar bayrami kunida yana bir bor xursandchilik tilaydi. Va qalblarimizda mehr-oqibat, samimiyat kabi tuyg‘ular ana shu favvorlar kabi otilib tursin.

🫥Har kunimiz bayram bo‘lsin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️ Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi

🌏 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (426-son, 29.08.2023 y.) bilan tasdiqlangan "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom ko‘ra,

🫥Manfaatdor shaxs ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Davlat kadastrlari palatasi masʼul xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilib, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni ko‘rib chiquvchi komissiyaga yozma yoki Davlat kadastrlari palatasi rasmiy veb-sayti orqali elektron murojaat qilishi mumkin.

Komissiya murojaatni kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqishi shart (murojaatlar soni bir yoki bir nechta bo‘lishidan qatʼi nazar).

Manfaatdor shaxs yoki uning qonuniy vakili murojaatlar ko‘rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.

Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

✍️ Manfaatdor shaxs Komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, qarorni olgan kundan boshlab 2 oy muddatda apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.

✔️Apellyatsiya komissiyasi murojaatni 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

‼️ Manfaatdor shaxs Komissiya va apellyatsiya komissiyasi qarorlaridan norozi bo‘lgan holatlarda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar #VM426

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

🫥Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi, komissiya raisi

🔹Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

🫥Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🫥Adliya vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🫥Soliq qo‘mitasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🫥Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🫥Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi, komissiya kotibi

Huquqiy asos: 🌏 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (426-son, 29.08.2023 y.) bilan tasdiqlangan "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom ko‘ra,

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HUQUQIY MA'LUMOT

🫥YERLARNI O'ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISHDA JAVOBGARLIK BORLIGIDAN XABARDORMISIZ ?🫥

🔴Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalari o'zboshimchalik egallab olingan taqdirda🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning
60-moddasi, 2-qismi bilan "Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish" Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining
25 (yigirma besh) barovari, mansabdor shaxslarga esa 50 (ellik) barovarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi. !

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева молодежной сборной команде Узбекистана по футболу

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
... O'zboshimchalik ish, keltirar tashvish ...

❗️Unutmang ! ! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Sherobod tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning Qo'rg'on MFY hududida yashovchi fuqaro tomonidan sobiq Tibbiyot birlashmasiga tegishli bo'lgan yer maydonidan o'zboshimchalik bilan 0.03 gektar egallab olib, qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan, tuman inspektorlari tomonidan fuqaroning o'zboshimchalik bilan qurib olgan devor to'sig'iga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ogohlantirish xati berilgan.

Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida qurilgan qurilishlar fuqaro tomonidan ixtiyoriy bataraf etilib, yer maydoni qaytarilishi ta'minlandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligida dolzarb 40 kunlik e’lon qilindi

🔺 Unga ko‘ra hududlarda yer va kadastr nazorati tadbirlari kuchaytiriladi.

📃 Jumladan:
◾️45 ta dron yordamida nazorat tadbirlari olib boriladi;
◾️O‘zbekkosmos agentligi tomonidan taqdim etilgan kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklar aniqlanadi;
◾️Yer nazoratchi inspektorlar tomonidan aniqlangan holatlar joyiga chiqqan holda maxsus planshetlar yordamida “E-Yer nazorat” axborot tizimiga kiritiladi va onlayn nazorat qilinadi;
◾️Jinoyat alomatlari bor ya’ni, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda noqonuniy qurilish qilish holatlari Prokuratura organlariga yuboriladi.

🟢Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar!

Unutmang! Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

⌨️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: 🌟 Kadastr agentligi

💬 Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

👨‍💻Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

📈 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 68 000 so'm (BHMning 20 foizi);

➡️Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu ilova (VM-86 son qaror bilan tasdiqlangan nizomning 9-ilovasi) orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

📝 Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.02.2022 yildagi 86-son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA
🫥 O‘ZBOSHIMCHALIK — KELTIRAR TASHVISH🫥

🫥 Mavzuga doir to'liq ma'lumotlarni "SURXON Tongi" online gazetasi orqali o'qishingiz mumkin.

📍 BATAFSIL

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Hududlarda yer nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

🌐 Yer umummilliy boylik hisoblanib, eng muhim tabiiy resurslardan biridir. Shu sababli yerdan oqilona foydalanish, uning har bir qarichini samarali va belgilangan maqsadda ishlatish zarur. Yerlardan samarali foydalanish va noqonuniy qurilishlarning oldini olish va bartaraf qilish Kadastr agentligining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

➡️Shu maqsadda e’lon qilingan "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Respublikamizning barcha hududlarida yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Farg‘ona viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Qashqadaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent viloyati
Toshkent shahri

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
....OAV BIZ HAQIMIZDA.....

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman (shahar) bo'limi inspektorlari tomonidan "O'zboshimchalik ish, keltirar tashvish" sarlavhasi ostida Yer nazorati tadbirlari tuman (shahar) hokimliklarining ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritib borilmoqda.
Hususan...

Sherobod tuman hokimligi
Sariosiyo tuman hokimligi
Sho'rchi tuman hokimligi

❗️Unutmang ! ! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
#kadastr_xizmati

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish shakllari

🏠Yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

xususiylashtirish subyektlari tomonidan o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish;

yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Huquqiy asos: 🌏O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.11.2021 yildagi O‘RQ-728-son

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish Komissiya yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi

🏠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.

ASOS: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi 803-sonli qonuniga ko'ra.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM