SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

🫥"Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, yaqiniga ham yo‘lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi"
("Temur tuzuklari"dan).


🫥Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 688 yil to‘ldi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥Sohibqiron Amir Temur davrida yer egaligi qanday bo'lgan?🫥

🫥Yerga egalik qilishning 5 ta asosiy ko’rinishi bo’lgan:
Suyurg’ol yerlar.
Bu yerlarning egalari har qanday soliqlardan ozod edilar. Ular yer egasi sifatida dеhqonlarni ishlatib, yer solig’i — xiroj olganlar.

Tarxon yerlar.
Xususiy mulk bo’lgan bu yerlar odamlarga biron-bir alohida xizmatlari uchun berilgan.

Ushr yerlar.
Sayyid va xulsalarga mansub bu yerlarning egalari olgan daromadlarining o’ndan bir qismini davlatga to’laganlar.

Vaqf yerlar.
masjid va madrasalar, xonaqoh va mozorlarga qarashli yerlardir.

Askarlarga va ularning boshliqlariga ajratib beriladigan yerlar mavjud bo’lgan.

🗺Amir dеvonida yer ishlari, soliqlar, boj yig’ish, mirshablik yumushlari bilan shug’ullanuvchi vazir bo’lgan.

➡️Oliy-himmat sohibqiron o’z xalqiga muruvvatli bo’lib, bеmavrid, bo’lar-bo’lmasga mol-xiroj kabi soliqlar solishga qarshi bo’lgan va xalqni bir nеcha marta yillab soliqlar to’lashdan ozod qilib yuborgan.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkni bo‘lish kelishuv yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi

🏠Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: VM-424, 25.08.2024-yil.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish
Korrupsiya mansab mavqeyidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy huquqiy hodisadir.

🔴Maʼlumki, bu illat har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning maʼnaviy ahloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.

🔴Shu sababli, ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qiziriq tumani filial xodimlari o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida boshqarmalarning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O‘.Xamrayevlar tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

🔴Muloqot chog'ida bo'lim boshliqlari va filial rahbarlarining sohaga doir takliflarini tinglab, mas'ullarni aholi o'rtasida yer qonunbuzilishi holatlarining huquqiy oqibatlarini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbirlarini ko'paytirish ishlari bo'yicha ishlar belgilandi.

🔴Davra suhbati davomida har bir xodimga tegishli bo'lgan kompyuterlarga turli xildagi foto, video va boshqa ma'lumotlarni saqlamaslik, xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyekt nomlari davlat ekspertizasi

🌟Davlat kadastrlari palatasi tomonidan topografik ishlarni muvofiqlashtirish hamda ko'chmas mulkka manzillar berish masalalarida ham bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

📊 Mazkur videoinfografika orqali 2024-yil 1-aprel holatiga ko'ra, Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni bekor qilish Komissiya yoki sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi

🏠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tomonidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.

ASOS: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi 803-sonli qonuniga ko'ra.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUQUQIY MA'LUMOT

🏠KO'CHMAS MULKKA BO'LGAN HUQUQNI DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZISH UCHUN O'Z VAQTIDA MUROJAAT ETMASLIK BO'YICHA JAVOBGARLIK BORLIGIDAN XABARDORMISIZ ?

💠 Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat qilmaganda 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 68-(prim) 1 moddasi bilan Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 (o'n) barovari, mansabdor shaxslarga esa 15 (o'n besh) barovarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️ Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.

⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #bayram #hayit

🫥Qadrli yurtdoshlar🫥

🫥Sizga musulmon ahlining muqaddas bayrami muborak bo‘lsin!
Ushbu bayramning shukuhi xonadoningizda abadiy qolsin. Oilangiz tinch, dasturxoningiz to‘kin-sochin bo‘lsin. Sizni aʼlo kayfiyat va mustahkam sog‘liq hech qachon tark etmasin.

Qurbon Hayit bayramingiz, muborak bo‘lsin!

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xalq xizmatida

🌟Bir necha yildirki, Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallarida "Kadastr xalq xizmatida" shiori ostidagi tashabbus minglab insonlarning kadastr bilan bog'liq muammolarini hal etishda yordam berib kelmoqda.

◼️Filial xodimlari ishtirokidagi "Mahallabay", "Xonadonbay" o'rganish ishlari o'tgan bir haftada quyidagi hududlarda tashkil etildi:

▫️Surxondaryo viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2
▫️Namangan viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz vatandoshlar va hamkasblar! 

🫥Siz azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.

🫥Ramazon hayitining maʼnaviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Bu qutlug‘ ayyomda hammamiz, avvalo, mana shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo ekanligi uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. 

🫥Hurmat bilan 🌟Davlat kadastrlari palatani Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Shaymardanov Sobir Xo‘shboqovich.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i M.Abdiraxmanovning bayram tabrigi

Aziz va qadrli vatandoshlar!

🫥Ushbu shukuhli lahzalarda dunyo mo‘min-musulmonlarini, do‘st va hamkorlarimizni Ramazon bayrami bilan samimiy qutlab, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik-barqarorlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

🫥Oila davrasida, mahallalarda muborak Iyd-al-fitr ayyomini xursandchilik bilan kutib olayotgan siz, muhtaram yurtdoshlarimni yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

🫥Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin!

💠Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Xon atlas" haftaligida qadriyatlar
namoyon

🌏 Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 8-14-aprel kunlari butun mamlakatimiz bo'ylab aholida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini shakllantirish, milliylikni asrash, o'zbekona kiyinish madaniyatini namoyon qilish maqsadida "Xon atlas" haftaligi bo'lib o'tmoqda.

🌟Ushbu haftalik doirasida Davlat kadastrlari palatasi ayollari ham faol ishtirok etib, barchaga milliylik va bahoriy kayfiyat ulashdilar. Ish joyida ham milliy qadriyatlarimizni yana bir bor yodga soldilar.

Xalqimizning ko'p asrlik boy madaniy merosi, chinakam go'zallik va nafosat namoyishi bo'lgan haftalikda sizni ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

#DavKadastrPalata #Xon_atlas

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yaqin tarixga nazar


🇺🇿 Respublikamizning hududlaridagi Joy nomlari, tarixi, geografik joylashuvi sizga qiziq bo‘lsa, Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati mazkur videoinformatsiyani e’tiboringizga havola etadi.

⚪️ Asr osha o'zgarmagan "Navbahor" an'anaviy o'zbek choyxonasi poytaxtda joylashgan.

📹 Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar

🌟Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi xodimlari tomonidan korrupsiya illatini oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari, profilaktik tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️O'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda shu mavzudagi tadbirlar o'tkazildi:

▫️Jizzax viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Buxoro viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqvaqti #bilasizmi #infografika

⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari

❗️Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Huquqiy asos:
Yer kodeksi

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥Huquqiy ma'lumot🫥

⚖️ CHEGARA BELGILARINI, GEODEZIK NUQTALARNI VA CHEKLOV BELGILARINI YO'Q QILISH YOKI SHIKASTLANTIRISHDA JAVOBGARLIK BORLIGIDAN XABARDORMISIZ ?

💠 Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Chegara belgilarini, geodezik nuqtalarni va cheklov belgilarini yo'q qilish yoki shikast yetkazilgan taqdirda 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 69-moddasi bilan Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) barovari, mansabdor shaxslarga esa 5 (besh) barovarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.!

⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ijaraga olingan yerni boshqa shaxsga ijaraga berish mumkinmi


📄 Ijara to‘g‘risidagi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va ijara shartnomasida o‘zga shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijarachi ijaraga olingan mol-mulkni, yer va boshqa tabiiy resurslardan tashqari, ijaraga beruvchining ruxsati bilan ikkilamchi ijaraga topshirishga haqlidir.

😄 Bunda ijaraga oluvchi shartnomaga muvofiq ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘lib qolaveradi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

💠 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

💠 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

💠 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

💠 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

💠 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

💠 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

💠 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

💠 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Kanalga ulanish
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM