SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қозоғистон Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев кўҳна Хоразм заминида учрашмоқда

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Казахстана Касым-Жомарт Токаев проводят встречу на древней хорезмской земле

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida


⚖️ Qonunchilikka koʻra, 2024-yilda oʻrmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida koʻchat yetishtirish ishlarini yoʻlga qoʻyish orqali kamida 10 ming nafar aholining bandligi taʼminlanishi belgilangan.

Bunda:

🔹oʻrmon fondi mavjud yerlarining joriy holati (toifasi)dan kelib chiqqan holda har bir kasanachilik asosida koʻchat yetishtiruvchiga kamida 5 gektargacha yerlar shartnoma asosida biriktiriladi;

🔹kasanachilik asosida koʻchat yetishtirish belgilangan sxema boʻyicha amalga oshiriladi;

🔹kasanachilik asosida koʻchat yetishtirishni yoʻlga qoʻyish uchun talab etiladigan dastlabki maqsadli mablagʻlar Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan ajratiladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
♻️Huquqiy ma'lumot♻️

⚖️ YER TUZISH LOYIHALARIDAN O'ZBOSHIMCHALIK BILAN TAKRORAN CHETGA CHIQISHDA JAVOBGARLIK BORLIGIDAN XABARDORMISIZ ?

🔱 Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Yer tuzish loyihalaridan o'zboshimchalik bilan takroran chetga chiqqan taqdirda 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 68-modda, 2-qismi bilan Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barovari, mansabdor shaxslarga esa 10 (o'n) barovarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi. !

Kadastr
agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
#huquq #bilasizmi

⚡️Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

💠xususiy mulk huquqini tan olish;

💠xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;

💠bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;

💠davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish;

💠xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;

💠burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

💠zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash;

💠xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash;

💠davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi;

💠mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Matbuot xizmati

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Tuman, shahar hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni dehqon xo'jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn auksion savdolariga qo'yiladi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (153-son, 05.04.2024 y.) "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi. Bunda:

🪙 yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblari yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

💲 zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

🫂 Talabgorlarga:

🧅 sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko'katlar, makkajo'xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug'oriladigan ekin yer maydonlari;

🍇 bog'dorchilik-uzumchilik yo'nalishlari uchun ko'p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog'lar yer maydonlari;

☘️ dorivor o'simliklar yetishtirish, chorvachilik yo'nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo'ljallangan, lalmi, bo'z, yaylov va yangi o'zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi.

🧊 talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o'lchamlari "mahalla yettiligi" taklifiga ko'ra aniqlanadi.

Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida tura joy, bino va inshootlar qurish qat'iy man etiladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA
🧊 Surxondaryo viloyatida Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari davom etmoqda 🧊

💰 Mavzuga doir to'liq ma'lumotlarni "DIYOR 24" telegram kanalida o'qishingiz mumkin.

📍Batafsil: "DIYOR 24" maqolasida

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati#

Yerning har bir qarichi hisobli

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz tuman bo'limi inspektorlari tomonidan "Mustaqillik" mahallasida yashovchi fuqaro T.SH tomonidan "Namuna chorva Invest" f/xga tegishli bo'lgan yer maydonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.03 gektar yer maydonini egallab olib, 84.0 kv.metrdan iborat Molxona va boshqa binolarni qurib olganligi holati aniqlandi.

💠Ushbu holat yuzasidan Termiz tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaro T.SH ning noqonuniy Molxona va boshqa binolariga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish bo'yicha yozma ko'rsatma berilgan.

💠 Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilgan Molxona va boshqa binolarini fuqaro T.SH tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
YOSHLARGA YER AJRATISH ORQALI ULARNING DAROMADLARI OSHIRILADI

🌏O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5 apreldagi PQ-153 sonli Qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq;

🏛 tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni   elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim joriy etiladi,
🗺 yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari ⚖️“E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi” ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi,

🏠 yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

🪙 zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

🎋 sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug‘oriladigan ekin maydonlari;

🌳🍇 bog‘dorchilik-uzumchilik yo‘nalishlari uchun ko‘p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog‘lar yer maydonlari;

☘️dorivor o‘simliklar yetishtirish, chorvachilik yo‘nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo‘ljallangan, lalmi, bo‘z, yaylov va yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda “bir massiv - bir mahsulot” tamoyili asosida ijaraga beriladi.

💠Bunda, elektron ⚖️onlayn auksion savdolarida 1 nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, auksion o‘tkazilgan hisoblanadi hamda ushbu imtiyozli shartlar asosida o‘tkaziladigan auksion savdolarida yoshlarga yer maydonini faqat bir marotaba ijaraga olishga ruxsat beriladi.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Zamonaviy Geodezik vositalarni o'qitish ishlari davom etmoqda.


⭐️Kadastr agentligining🌟Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi va uning hududiy filiallariga katta hajimdagi ishlarni bajarishda aniqligi yuqori, vaqt tejamkorligi bilan qulayliklarga ega bo'lgan topografik, geodezik o'lchov vositalari bilan ta’minlanayotgani haqida ma’lumot bergandik.

🫥Ayni damda zamonaviy yangi avlod o‘lchov vositalaridan foydalanish o‘rgatish maqsadida boshqarmaning tuman va shaharlarida faoliyat olib boradigan topograflarga amaliy seminar tashkil etildi .

🫥Seminar davomida🌟 Davlat kadastrlari palatasi Topografik ishlarni muvofiqlashtirish bo'limi mutaxassisi O'.Alimov hamda
⭐️ Respublika Aerogeodeziya markazi bo'lim boshlig'i X.Allayevlar tomonidan yangi topografik o‘lchov vositalardan foydalanib ishlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi .

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X