SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.2K photos
2.33K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ayrim kadastr xizmatlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi

📌Kadastr bilan bog‘liq quyidagi 8 turdagi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashni talab etmaydi:

Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish;
Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);
Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik

⚡️Davlat mulki xaridoriga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi

🌏 Qonunga ko‘ra, xususiylashtiriladigan davlat mulki bo‘yicha:

🏠 Davlat ko‘chmas mulk obyektining oldi-sotdi shartnomasi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari, xaridor hamda balansda saqlovchi ishtirokida, shu jumladan elektron shaklda tuziladi;

🖥davlat muassasalarining, davlat unitar korxonalarining, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushining oldi-sotdi shartnomasi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari va xaridor o‘rtasida, shu jumladan elektron shaklda tuziladi.

📃 Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha barcha majburiyatlar bajarilganidan keyin, 5 ish kuni ichida xaridorga davlat xizmatlari markazlari orqali yoki YAIDXP (my.gov.uz) vositasida QR-kod qo‘yilgan holda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi.

Davlat mulkini xususiylashtirish va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot vakolatli davlat organining yoki uning hududiy boshqarmalarining, jalb qilingan savdolar tashkilotchisining hamda investitsiya vositachisining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM