SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #bilasizmi

🫥Endi xususiy mulkni elektron auksion orqali sotish mumkin🫥

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2023-yildagi 540-son qarori, bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

narxni oshirib borish tamoyili asosida;
eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

⚖️ Savdoda ishtirok etish uchun savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish zarur.

➡️Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.

Savdolar quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:

💠savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
💠savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;
💠to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Termiz_tumani

⚖️ Yerlarni noqonuniy, o'zboshimchalik bilan egallashda jazo muqarrar.

🖇 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tuman hokimligi zahirasida bo'lgan yer maydonini tumanning "Yangi hayot" MFYda yashovchi fuqaro I.O.A tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.02 gektar yer maydonini egallab olib, 15.0 kv.metrdan iborat bostirma binosi qurib olganligi holati aniqlandi.

🧩 Aniqlangan holat yuzasidan Termiz tuman bo'limi boshlig'i tomonidan fuqaro I.O.A ning noqonuniy qurilmasiga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ogohlantirish xati berilgan.

Shundan so'ng, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilgan qurilishlarini fuqaro I.O.A tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni tuman hokimligi zahirasiga qaytarilishi ta'minlandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
♻️Huquqiy ma'lumot♻️

⚖️ YER TUZISH LOYIHALARIDAN O'ZBOSHIMCHALIK BILAN TAKRORAN CHETGA CHIQISHDA JAVOBGARLIK BORLIGIDAN XABARDORMISIZ ?

🔱 Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Yer tuzish loyihalaridan o'zboshimchalik bilan takroran chetga chiqqan taqdirda 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 68-modda, 2-qismi bilan Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barovari, mansabdor shaxslarga esa 10 (o'n) barovarigacha jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi. !

Kadastr
agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
#huquq #kadastr_xizmati

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

🏠Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

💠Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.11.2021 yildagi O‘RQ-728-son

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPda 2023-yil sarhisobi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar xususida boshqarma va bo’lim mas'ullari hisobotlarini taqdim etamiz.

😞😡😞😟 Yil davomida Davlat kadastrlari palatasi tomonidan kadrlar malakasini oshirish, o'qitish va metodologiya yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar haqida Davlat idoralari bilan ma'lumotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Erkin Umarxodjayev ma’lumot berdi.

#DavKadastrPalata #yilnoma #tahlil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OAV BIZ HAQIMIZDA

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz tuman bo'limi inspektorlari tomonidan "Yerlarni noqonuniy egallashda, jazo muqarrar" sarlavhasida barcha tuman (shahar) hokimliklarining ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritib borilmoqda.

🔗 Sariosiyo tuman hokimligi
🔗 Qumqo'rg'on tuman hokimligi
🔗 Bandixon tuman hokimligi
🔗 Muzrabot tuman hokimligi
🔗 Oltinsoy tuman hokimligi
🔗
Uzun tuman hokimligi
🔗 Termiz tuman hokimligi


Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshqarmalar faoliyati va davlat xizmatchilarining samaradorligini o‘rganish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda davlat kadastrlari palatasi va kadastr agentligining viloyat boshqarmalarida bo‘ldi.

Boshqarmalar faoliyati bilan tanishilib, mutasaddilar bilan kadastr, ko‘chmas mulk, yer qonunchiligi hamda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1761

#Surxondaryo #kadastr #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#surxon_kadastr #davra_suhbati #korrupsiyasiz_hayot_sari
🫥Korrupsiyaga qarshi kurash🫥

🌟Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Jarqo‘rg‘on tuman bo‘lim (filial) xodimlari uchun hududiy boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O‘.Xamraevlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

🔴 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔴Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, qonun va qarorlar hamda korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

🔴 Jumladan yig‘ilganlarga mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, xizmat mashinalaridan maqsadli foydalanish, odob axloq qoidalaridan chetga chiqmagan holda bayramni kutib olish hamda halollik va masʼuliyat bilan ishlash lozimligi taʼkidlab o‘tildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonunchilikda yangiliklar


Yerga oid ishlarni ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi shart etib belgilandi

🇺🇿Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ–889, 25.12.2023 y.) bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

📃 Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.

✔️ Ishlar taftish tartibida Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida va alohida hollarda Oliy sud Rayosatida ko‘riladi.

🚫 Yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilindi.

Shuningdek, yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarni ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokuror ishtirok etishi shartligi belgilandi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navbatdagi _siyosiy-maʼrifat# soat
🇺🇿Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashishmoqda. Zero siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik jamiyat rivojiga hissa qo‘shishda faol bo‘lishni taʼminlaydi.

🌀Mazkur "Siyosiy - maʼrifiy soat" haftaning har juma kunida xodimlarning o‘z xonalarida tashkil etilmoqda.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram Facebook Instagram YouTube