SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.2K photos
2.34K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Yer_nazorati #Termiz tumani_tumani

YER EGASIZ EMAS, UNI SO‘ROVCHILARI BOR.

🌟Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning Gulbahor mahallasi hududida yer nazorati tartibida monitoring ishlari o‘tkazildi.

🤔Monitoring davomida fuqaro A.Choriyev tomonidan hech qanday hujjatlarsiz Tuman hokimligi zahira yer maydonidan 0.03 gektar egallab olinib, o'zboshimchalik bilan 76.83 kv.metrdan iborat Molxona binosi qurib olganligi aniqlandi.

🧡Inspektorlar tomonidan fuqaro A.Choriyevga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi uchun MJTKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

Shundan so‘ng fuqaro tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy bartataf etildi.

🌟 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Termiz_tumani

⚖️Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda ⚖️

⭐️Kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Termiz tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanningi Yangi xayot mahallasida yashovchi fuqaro Y.Q tomonidan hech qanday hujjatlarisiz Yangi obod mahallasi hududidan o'zboshimchalik bilan 0.01 gektar yer maydonini egallab olib, 82.84 kv.metrga Avtomobillar texnik xizmat ko'rsatish binosi qurib olganligi aniqlandi.

🏃‍♂️Bo‘lim inspektorlari tomonidan berilgan yozma ko'rsatma hamda ko‘rilgan choralar natijasida bugungi kunda ushbu qurilishlar fuqoro Y.Q tomonidan o‘z ixtiyori bilan bartaraf etilshiga erishildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Termiz_tumani

⚡️ Yerning har bir qarichi hisobli

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning M-39 magistral yo'li muhofaza zonasidan fuqaro Sh.T.A tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.01 gektar yer maydonini egallab olib, 21.25 kv.metrdan iborat savdo do'koni uchun bostirma qurib olganligi aniqlangan.

📃 Aniqlangan holat yuzasidan Termiz tuman inspektorlar tomonidan fuqaro Sh.T.A ga noqonuniy qurilmaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 60-modda, 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib ushbu qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xati berildi.

⚡️ Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etildi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube