SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#savol_javob

✏️Savol: Qanday hollarda yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi. ?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021-yildagi 6243-sonli farmonining 3-bandiga asosan.

🔵 qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga asosan;

🔵agrosanoat klasterlariga — yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablag‘i depozitga qo‘yilganda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan;

🔵 eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga ko‘ra ortib boradi) bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun — loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablag‘ avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtirilganda;

🔵 chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq to‘lagan holda (xalqaro birlashmalar va tashkilotlardan tashqari).

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #murojaatlar #foydali

📩 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kechiktirilgan bo‘lsa ya’ni o‘z vaqtida murojaat qilinmagan bo‘lsa, mulk egasi kadastr idoralari tomonidan jarimaga tortiladimi

🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga asosan 👍Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarma, tuman (shahar) boʻlimi inspektorlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik holati boʻyicha jarima qoʻllash vakolati berilgan.

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 68-prim 1-moddasiga asosan jarima miqdori fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa oʻn besh baravarini tashkil etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan bo'sh yer uchastkasini boshqa odamdan sotib olib, o'zimning nomimga o'tkazsam bo'ladimi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 71-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan, yer uchastkalarini xususiylashtirish «Yerxususiylashtirish» AAT orqali amalga oshiriladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan mulk huquqi berilganligi yuzasidan Davlat orderi taqdim etilib, davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan so'ng, yer uchastkasini notarial tartibda oldi-sotdi qilsa bo'ladi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM