#savol_javob
✏️ Savol: Qanday hollarda yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi. ?
✅ Javob: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021-yildagi 6243-sonli farmonining 3-bandiga asosan.
🔵 qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga asosan;
🔵 agrosanoat klasterlariga — yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablag‘i depozitga qo‘yilganda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan;
🔵 eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga ko‘ra ortib boradi) bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun — loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablag‘ avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtirilganda;
🔵 chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq to‘lagan holda (xalqaro birlashmalar va tashkilotlardan tashqari).
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.
🌐 Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#savol_javob #murojaatlar #foydali
❓ 📩 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kechiktirilgan bo‘lsa ya’ni o‘z vaqtida murojaat qilinmagan bo‘lsa, mulk egasi kadastr idoralari tomonidan jarimaga tortiladimi❓
🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🔤 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga asosan 👍 Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarma, tuman (shahar) boʻlimi inspektorlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik holati boʻyicha jarima qoʻllash vakolati berilgan.
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 68-prim 1-moddasiga asosan jarima miqdori fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa oʻn besh baravarini tashkil etadi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM