SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Navbatdagi _siyosiy-maʼrifat# soat
⭐️Kadastr agentligi hamda🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqda. Zero siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik jamiyat rivojiga hissa qo‘shishda faol bo‘lishni taʼminlaydi.

🔵Mazkur "Siyosiy - maʼrifiy soat" haftaning har juma kunida har bir xodimlarning o‘z xonalarida tashkil etildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🚀Telegram 💬Facebook
📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eng, eng, eng... Surxondaryo viloyatining demografik koʻrsatkichlari raqamlarda

🏢 Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1- iyul holatiga Surxondaryo viloyatining demografik koʻrsatkichlari quyidagicha:

👨‍👩‍👧‍👦 Aholi soni 2 836 434 kishi
     🧍🏻‍♀️Ayollar soni 1 401 602 kishi
     🧍🏻‍♂️Erkaklar soni1 434 832 kishi

🌇 Shaharda yashovchilar1 027 561 kishi
🏘 Qishloqda yashovchilar1 808 873 kishi

👼Tugʻilish soni –  38 343 kishi
⚰️ Oʻlimlar soni6 743 kishi

👩‍❤️‍👨 Nikohlar soni8 571 kishi
😀 Ajrimlar soni1 472 kishi

💠Migratsiya
😀 Koʻchib kelganlar – 5 265 kishi
✈️ Koʻchib ketganlar – 6 898 kishi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
😀Telegram 💬Facebook
📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Termiz tumanida yer nazorati tadbirlari.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Termiz tuman bo'limi tomonidan tumanda olib borilgan yer nazorati tadbirlarida tumanning "M.Eshtemirov" mahallasi hududida nazorat monitoringi o'tkazildi.

🫥Tadbir davomida fuqaro tomonidan tomorqa qilish maqsadida 1.10 gektar yer maydoniga qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlandi.

🫥Mazkur yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi hamda ushbu yer maydondagi noqonuniy qurulish ishlari amalga oshirilganligi buzib olmasligining huquqiy oqibatlari Kadastr inspektorilari tomonidan tushuntirildi.

🫥Olib borilgan tushuntirish ishlari va yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatini to'g'ri anglanishi natijasida yer qonun buzilishi holati ixtiyoriy bartaraf etildi.

❗️Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi !

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #live
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmon ijrosi tahlili mavzusida matbuot anjumani boshlandi.

Anjumani tafsilotlari haqida yana batafsil ma'lumot beramiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos

▪️OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YERLARNI QAYTARISH▪️

◼️ Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga gʻayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga koʻra qaytariladi.

◼️ Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

◼️ Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

🇺🇿Asos: Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, 91-moddasi

🚀Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bayramda necha kun dam olamiz▪️

🇺🇿 Prezident farmoniga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi:

▫️ 1 sentyabr — juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
▫️ 2 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
▫️ 3 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

➡️ Demak, 4 sentyabr, dushanba ish kuni hamda barcha ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, sharafli ammo mashaqqatli kasb egalari bo‘lmish soliq organi xodimlari kuni!

🇺🇿 Rivojlanib borayotgan Davlatimizda, uning iqtisodiy, ijtimoiy yo‘nalishidagi islohotlarida soliq xizmatining alohida o‘rni bor. O‘tgan yillar davomida puhta o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiya asosida sohani har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejalar amalga oshirildi. Bu yo‘lda soliq tizimidagi sharafli kasb egalarining, uning boshqaruv va quyi qatlamlaridagi zahmatkash xodimlarining ulkan hissalari bor.

Yuqori kasbiy mahorat, prinsiplarga sodiqlik va qo‘yilgan topshiriqqa mas’uliyat bilan yondashish tizim xodimlarining munosib obro‘ va hurmatiga sazovor bo‘lishiga asos bo‘lmoqda.

Barcha soliq organlari xodimlariga sog‘lik, baxt-saodat, xotirjamlik va mamlakat farovonligi yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Sohaning rivojida, uning shaffof va oson tizim sifatida tashkil etilishda yelkama-yelka turgan tizim fidoiylarini bayramlari bilan Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi qizg‘in qutlaydi.

Cheksiz ehtirom ila,
Davlat kadastrlari palatasi jamoasi

#DavKadastrPalata #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr atamalari▪️

⚖️ Auksionda obyektning baholangan qiymati — auksion obyektini baholash haqidagi hisobotda (baholash talab etilmaydigan holatlardan tashqari) yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi qarorida yoxud sud qarorida ko‘rsatilgan qiymat.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_sohasida_atamalar

🗣Obyektning ichki manzili — obyektning maʼmuriy-hududiy yoki hududiy birlik hududida joylashuvini tavsiflovchi manzilning tarkibiy elementi.

🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊
#terms_in_the__cadastral_field

🗣 The internal address of the object is a structural element of the address describing the location of the object in the territory of the administrative-territorial or territorial unit.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

✏️Savol: Qanday hollarda yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi. ?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021-yildagi 6243-sonli farmonining 3-bandiga asosan.

🔵 qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga asosan;

🔵agrosanoat klasterlariga — yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablag‘i depozitga qo‘yilganda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan;

🔵 eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga ko‘ra ortib boradi) bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun — loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablag‘ avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtirilganda;

🔵 chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq to‘lagan holda (xalqaro birlashmalar va tashkilotlardan tashqari).

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM