SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.9K photos
2.31K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Surxondaryo kasaba uyushmasi qo‘mitasining Konferensiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

💠Kuni kecha Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining Konferensiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi unda kun tartibidagi masalalar Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash borasida bo‘ldi.

💠Yig‘ilishda O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari Respublika kengashining Surxondaryo viloyati birlashgan qo‘mita raisi Х.Qo‘zimurodov , va rayosat aʼzosi Sh.Saitmurotov , Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Shaymardonov hamda soha xodimlari qatnashib bir ovozdan Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib J.Xoldorov saylandi.

🌀Maʼlumot uchun: Кasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki o‘qish turi bo‘yicha umumiy manfaatlar bog‘lab turadigan ixtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Kasaba uyushmalari maqsadi – o‘z aʼzolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilish.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

🇺🇸 AQShning Florida shtati Orlando shahrida Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida geodezistlar ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

🎞 Batafsil videoda

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️O‘rmon fondi yerlari yer fondining 26,15%ni tashkil etadi▪️

◼️ Bugungi kunda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tasarrufidagi o‘rmon fondi yerlari maydoni respublika bo‘yicha 11,8 million gektarni tashkil qiladi. O‘rmon fondi yerlarining o‘rmon bilan qoplanganlik darajasi ko‘rsatkichi o‘rmon xo‘jaligida muhim faoliyat indikatori bo‘lib, hozirgi kunda mazkur ko‘rsatkich mamlakatimizda 5,3 million gektarni tashkil etadi.

◼️ O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga asosan o‘rmon fondi yerlari maydonini 14 million gektarga, shundan o‘rmon bilan qoplangan yerlarni 6 million gektarga yetkazish belgilangan.

Batafsil 📰 : https://uza.uz/uz/posts/namangan-viloyatida-1514-ming-gektar-samarqand-viloyatida-esa-703-ming-gektar-ormon-fondi-erlari-mavzhud_488840

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Чўлпонотада Европа Кенгаши Президенти Шарль Мишель билан музокара ўтказди ҳамда Марказий Осиё мамлакатлари ва Европа Иттифоқи етакчилари учрашувида муҳим ташаббусларни илгари сурди

Президент Шавкат Мирзиёев провел переговоры с Президентом Европейского Совета Шарлем Мишелем и выступил с важными инициативами на встрече лидеров Центральной Азии и Европейского Союза в Чолпон-Ате

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▪️5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni▪️

🌀Har yili 5-iyunda o‘tkaziladigan Atrof muhitni muxofaza kuni BMT ning butun jahon jamiyati e'tiborini atrof muhitni muxofaza muammolariga jalb qilishdan iborat. Bu bayram 1972- yil 5-iyunda Atorof muhitni muxofaza qilish bo‘yicha Stokgolmda o‘tkazilgan konferensiyaning rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi.

🌀Bu kunning nishonlanishi har bir inson Atrof muhitni muxofaza qilish uchun o‘z xissasini qo‘shishga undaydi. Bu kunning maqsadi - xamma davlatlar birlashgan holda atrof muhitni muhofaza qilish uchun kurashishlari kerak.

🌀 Atrof muhitni muxofaza qilish inson faoliyatiga bog‘liq. Buning chun oiladan boshlab ekologik xuquqiy ta'lim va tarbiyani yosh avlodimiz ongiga singdirib, ona - tabiatni - vatani ardoqlashni o‘rgatishimiz kerak.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi jamoasi barchani atrof-muhitni asrab-avaylashga chaqiradi.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔘Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent loyihasi uchun qancha yer ajratilayotgani va undan kimlar foydalanishi ma'lum qilindi🔘

💠Loyiha konsepsiyasiga ko‘ra, birinchi bosqich doirasida 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, davlat idoralari uchun ma’muriy binolar, bog‘lar, ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar barpo etilishi rejalashtirilgan va bu yangi shahar poytaxtning sharqiy qismida, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

➡️Batafsil UZREPORT.NEWS maqolasida

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️"O'zbekiston24"- biz haqimizda▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tashkillashtirilgan "Yer uchastkasini auksion savdolariga chiqarish bo'yicha taklif kiritish tartibi" mavzusidagi press tur bir qancha tashqi OAVlarida keng yoritildi.

▶️ Jumladan mazkur matbuot tadbiri haqida "O'zbekiston24" telekanali jurnalisti "Махсус репортаж" ko'rsatuvi uchun keng tahliliy dastur tayyorlagan.

#DavKadastrPalata #press_tur #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalariga
2023 yil 26-maydan
02-uyun kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

✉️ Jami kelib tushgan murojaatlar soni – 190 ta

🔴Yer maydoni ajratish bo‘yicha 19 ta

🔴Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 30 ta

🔴 Nizoli holatlar bo‘yicha 30 ta

🔴 Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 9 ta

🔴So‘rovnomalar 78 ta

🔴Boshqa masalalar bo`yicha 24 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami
190 ta murojaatdan 116 ta ijobiy hal qilingan, 150 ta murojaat muddatida yopilgan.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #kadastr_xizmati #bilasizmi
💰Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tqazish majburiydir.

⚖️Qonunchilikka muvofiq ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

❗️Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.

💫Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💸Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

💠Umumiy maydoni 100 kv.metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish - BHMning 1,25 baravari (375,000 so‘m)

💠Umumiy maydoni 101 kv.metrdan 300 kv.metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish - BHMning 2,0 baravari (600,000 so‘m)

💠Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish - BHMning 3,0 baravari (900,000 so‘m)

💫Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va cheklovlar

🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi 803-sonli qonuniga ko'ra joriy yilning 1-martidan boshlab quyidagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🗣mulk huquqi;
🗣doimiy egalik qilish huquqi;
🗣doimiy foydalanish huquqi;
🗣meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
🗣ijara huquqi;
🗣ikkilamchi ijara huquqi;
🗣xo‘jalik yuritish huquqi;
🗣operativ boshqarish huquqi;
🗣ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
🗣bepul foydalanish huquqi;
🗣renta;
🗣ipoteka;
🗣servitut;
🗣ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​RASMIY MUNOSABAT

«Telegram»
ijtimoiy tarmog‘ining « EFFECT.UZ saytining rasmiy Telegram kanali orqali “ Masjid uchun ajratilgan yer “tuya” qilinganmi?” sarlavhasi ostida qilgan murojaatlar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilib chiqildi.

🔵O‘rganish jarayonida Guliston SIU, Uzunqishloq mahallasi hududidan 1200.0 kv.m yer maydoni Uzunqishloq mahallasi oqsoqollar yig‘inining 20.04.1995 yildagi 20-sonli majlis bayoniga asosan fuqaro O‘.Xidirov shaxsiy mablag‘i hisobidan masjid qurish uchun ajratilganligi, lekin o‘sha vaqtda masjidlarni faoliyati to‘xtatilganligi sababli fuqaro K.Xidirova tomonidan tadbirkorlik qilish maqsadida Uzun tumani hokimining 22.09.2009 yildagi №419-sonli qarori bilan “Maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi” qurishga ruxsat berilganligi, fuqaro K.Xidirova o‘z mablag‘i hisobidan 16.07x6.50=104.45 kv.m hajmda maishiy xizmat nuqtasi qurib, Uzun tumani hokimining 24.01.2020 yildagi “qurib bitkazilgan binoga bo‘lgan mulk huquqini tan olish haqida”gi №q-68-sonli qarori tasdiqlanib 24.02.2020 yilda №10862: 10145 raqami bilan davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

🔵 Ushbu “Maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtasi” joyi amalda 922.98 kv.m bo‘lib, 2020-yil 06-mart kunidagi Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnomasiga asosan 400.0 kv.m joyi turar joy toifasiga o‘tkazilgan. Uzun tumani notarial idorasining 12.03.2021 yildagi oldi sotdi shartnomasiga asosan 400.0 kv.m yer maydoni va 52.26 kv.m qurilish maydonidan iborat turar joy fuqaro M.Xujamqulovaga sotilgan va kadastr hujjatlari shakllantirib, davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilganligi aniqlandi.

🔵 Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur masala yuzasidan belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga shikoyat tartibida murojaat qilish huquqi borligi, hamda ushbu javob xatidan norozi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida" Qonuning 33-moddasiga muvofiq, yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqi borligini maʼlum qilinadi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Rasmiy munosabat

💠Joriy yilning 2-iyun kuni ijtimoiy tarmoq orqali Termiz shahar “Temiryo‘lchi” mahallasi, Uvaysiy ko‘chasi 17-uyda yashovchi fuqaro Sherova Malika Xamrayevna tomonidan xonadoniga kirib borishda ko‘chasi judayam torligi natijasida "tez yordam" chaqirilganda yoki favqulodda vaziyat bo‘lsa ko‘chadan mashina kira olmasligini va shu ko‘chani ochib berish masalasida mutasaddi tashkilotlardan amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llangan.

💠Ushbu murojaat Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi bo‘limi mutaxassislari ishtirokida o‘rganib chiqildi va quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davomini o‘qish...

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 FIG PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.

🌍 Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida 🇺🇿O’zbekiston nomidan ishtirok etgan 🌟Kadastr agentligi vakillari hamda FIG Prezidenti Diane Dumashie xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Diane Dumashie xonim Xalqaro geodezistlar haftaligida O’zbekiston vakillari ishtirok etayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi va ushbu ishtirok global hamkorlik yo’lidagi muhim qadam ekanligini alohida ta'kidladi.

➡️Muzokara doirasida FIG komissiyasi sessiyalarida ishtirok etib dunyo mamlakatlarining yer resurslarini samarali boshqarish, geoaxborot tizimlarini qo'llash sohalarini kengaytirish, so'ngi texnologiyalarni qo'llanilishi va ilg'or tajribalarni o'rganish yurtimizda sohani yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek Kadastr agentligi vakillarida “Yer boshqaruvi va kadastr” yo‘nalishidagi 7-komissiyaning sessiyalari, ESRI kompaniyasining maxsus labaratoriyasidagi amaliy mashg‘ulotlar hamda ko’rgazmadagi geodeziya va kartografiya sohasidagi zamonaviy smart o‘lchov texnologiyalari katta qiziqish uyg’otgani aytib o’tildi.

🌍 Xalqaro geodezistlar federatsiyasi (FIG) bilan hamkorlikni faollashtirish, FIGning “Yosh geodezistlar salohiyatini oshirish”da O‘zbekiston vakillari ishtirokini oshirish, akademik davra imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Dumashie xonim 🌟Kadastr agentligiga FIGning navbatdagi sessiyalarida yer ma’muriyatchiligi, geodeziya va kartografiya yo‘nalishida 🇺🇿O‘zbekiston tajribasi bilan o’rtoqlashilishidan umidvor ekanligini bildirdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM