SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.2K photos
2.33K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#kadastr_raqamlarda

🌟 Жисмоний ва юридик шахслар эгалигида бўлган турар-жой объектлари рақамларда.

Республика бўйича жами:
🏠 Якка тартибдаги турар жойлар - 5 870 113 та;
🏢 Кўп қаватли уйлардаги квартиралар – 1 449 281 та.

Энг кўп
Якка тартибдаги турар жойлар Самарқанд вилоятида 688 080 та;
Кўп қаватли уйлардаги квартиралар Тошкент шаҳрида 531 465 та.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Yurtimizdagi qadamjolar▪️

🕌 O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunda jami moddiy madaniy meros obyektlari soni 8 210 tani tashkil etmoqda. Har birining alohida tarixi, alohida diqqatga sazovor jihatlari mavjudki, ular haqida to'liqroq bilish vatandoshlarimiz qalbida faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.

🫥 Mazkur yangi loyihamiz orqali yurtimiz bo‘ylab sayohat qilasiz va ana shunday maskanlar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishasiz.

📍 Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri - "Pur Siddiq" majmuasi

👨‍💻 Bir necha asrlardan beri o‘z mahobati va o‘zgacha me’moriy ko‘rinishi bilan Marg‘ilon ko‘rkiga alohida xusn bag‘ishlab turgan me’moriy yodgorliklar ko‘p. Bugun sizlarga ular qatorida alohida o‘rniga ega - "Pur Siddiq" – el tilida «Kaptarlik» majmui haqida ma’lumot taqdim etamiz:
🌐 https://youtu.be/aJFrDIFxu8w

#DavKadastrPalata #yurtimizdagi_qadamjolar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

🫥«Telegram» ijtimoiy tarmog‘ining « ekologuz» kanali orqali “ Surxondaryo Viloyat Qumqo‘rg‘on tumani Xujamulki mahallasi atrofidagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududning ahvoli, fuqarolar tomonidan yerlar noqonuniy egallanib olinayotgan ekan” sarlavhasi ostida qilgan murojaatlar yuzasidan Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilib chiqildi.

🔵O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan yer uchastkalari Surxondaryo viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga qarashli “Janubiy Surxon” suv ombori hududida joylashgan. “Janubiy Surxon” suv omborining yer hisobotiga ko‘ra jami 6717,8 gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, Surxondaryo viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi ushbu yer maydonlaridan qonunda belgilangan tartibda tasarruf etish huquqiga egadir.

🔵O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022 yildagi “YER UCHASTKALARIDAN FOYDALANISHDA DAVLAT NAZORATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi PQ-138-son qarorining 6-bandida Suv xo‘jaligi vazirligi uch oy muddatda o‘z tizimidagi korxona va tashkilotlarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish hamda keyinchalik doimiy ravishda yer uchastkalaridan samarali foydalanilishini o‘rganib borishi, har chorakda o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha maʼlumotlarni Bosh prokuraturaga taqdim etishi belgilangan.

🔵Mazkur bandda nazarda tutilgan vazirlik va idoralar rahbarlariga biriktirilgan yer uchastkalaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi hamda ular talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘yicha shaxsiy masʼuliyat yuklatilgan.

🔵Surxondaryo viloyati Suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risida"gi 981-sonli qarorining 60 va 61-bandlariga buzilganligi, «Xo‘jamulki» mahallasida tutash bo‘lgan hududda fuqarolar tomonidan “Janubiy Surxon” suv ombori hududidagi yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan yer egallanib qishloq xo‘jaligi ekinlari ekib, ushbu ekinlarga har-xil turdagi kimyoviy dorilar ishlatilganligi yuzasidan Qumqo‘rg‘on tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limiga qonunbuzilish sodir etgan fuqarolarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilinganligini ma`lum qilamiz.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident

🇺🇿 Президент аҳолининг турмуш шароитлари, бунёдкорлик ишлари билан танишиш мақсадида Тошкент шаҳрининг Шайхонтоҳур туманига ташриф буюрди.

Ҳозир кўп тадбиркорлар фаолиятини кенгайтирмоқчи, ҳаммага малакали ишчи керак. Мақсадимиз - корхоналар амалий мономарказга айланиб, соҳага мутахассис тайёрласин. Бунинг учун давлат инфратузилма, молия, солиқ бўйича енгилликлар беради. Иш ўринлари кўпайгани, аҳолининг харид қобилияти ошгани ҳисобидан бу пул пировардида иқтисодиётга қайтиб тушади. Энг муҳими, бу амалиёт ёшлар учун фақат иш ўрганиш эмас, ҳаёт мактаби бўлади.

Ўзбекистон Республикаси Президенти
Шавкат Мирзиёев
.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Surxondaryo viloyati, Boysun tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ahmadjon Suyunov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 18-may, soat 11:00 dan

⬇️ Manzil: Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Mustaqillik mahallasi, Ostona ko‘chasi, 1-uy, "Boysun tumani 2-son kasb-hunar maktabi" davlat muassasasining faollar zali

📱 Qabulga yozilish uchun +998 99 445 91 91 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️15-may - "Butunjahon oila kuni"▪️

🔵Butun dunyoda 1994 yildan beri 15-may “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlanib kelmoqda. Ushbu kunning belgilanishidan maqsad oilaning ko‘plab muammolariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishga qaratilgan.

👨‍👩‍👧‍👦 Inson o‘z umrini o‘tkazadigan, orzu-umidlari, baxtu saodatini hamda tinchligini ta’minlaydigan maskan – oilaning mustahkam bo‘lishiga bog'liqdir.

🌀 Oilada Vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdiriladi. Oiladagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, ota-ona va farzandlarning jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

💠Zero, yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr pasporti uchun qancha pul to‘lanadi?

Ko‘chmas mulk ob’yektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢 Ko‘p kvartirali uydagi kvartiralarga 3 ish kuni mobaynida — ob’yektning 1 kv. m. uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi,

🏡 Yakka tartibdagi turar joylarga 5 ish kuni mobaynida — ob’yektning 1 kv.m. uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
#Yer_nazorati

🌀O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini yer egasiga qaytarish tartibi qanday?

💠O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

🗣Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

🗣 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalariga
2023 yil 08-
-12 aprel kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

✉️ Jami kelib tushgan murojaatlar soni – 213 ta

🔴Yer maydoni ajratish bo‘yicha 33 ta

🔴Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 40 ta

🔴 Nizoli holatlar bo‘yicha 27 ta

🔴 Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 39 ta

🔴So‘rovnomalar 53 ta

🔴Boshqa masalalar bo`yicha 21 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami
213 ta murojaatdan 98 ta ijobiy hal qilingan, 179 ta murojaat muddatida yopilgan.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💰16-may Xalqaro biograflar kuni.

🔵Bugun aytish mumkinki, agar kimdir tarjimai hol yozyapti, demak, ularni kimdir o’qiyapti va bugun xuddi o’sha kun, qachon sevimli yozuvchining yoki artistning biografiyasini qaytadan o’qish mumkin. Vaqt topib o’z avtobiografiyamizni yoza boshlaymiz. Nimaga xuddi bugun? Chunki 16-mayda biograflar kuni nishonlanadi. Bugun bilarmonlar va qiziquvchi odamlar bilan birinchi uchrashuvi yilligini nishonlaydilar.

🔵Biograf qadimgi grek ikkita sơzidan olingan — hayot va yozyapman. Boshqa so’zlar bilan aytganda, biografiya deb odamning boshqa odam yoki bir necha odamlar tomonidan yaratilgan tarjimai holini ataydilar. Ko’pchilik hollarda biror odam haqida bilmoqchi bo’lsak tarjimai hol ma'lumotlarning eng birinchi manbai bo’ladi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Sariosiyo tumanida kadastr aholi manfaatlari yo'lida 🔹

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman,shahar filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida  kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

💠Xususan, Sariosiyo tumani filiali xodimlari tomonidan tumanning Feruz, Sarijar, Marjona, Xulkar, va Gulobod mahallalaridan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etilgan.

💠Ma'lumot o'rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Sariosiyo tumani filialiga 109 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 109 ta murojaatdan 52 ta ijobiy hal qilingan, 49 ta huquqiy tushunchalar berilgan,6 ta rad etilgan.

🟡Asosan murojaatlar kadastr hujjatini rasmiylashtirish, mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish va yer maydon ajratish masalalarida bo'lgan.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaatlar #qonun
✏️Murojaatlarni ko‘rib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor ?

🦅Qonunchilikka ko‘ra,

🫥 jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

🫥 murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

🫥 murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

🫥 murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

🫥 jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik

🌀 mansabdor shaxslarga 330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_Infografika.
🫥Surxondaryoda 2023 yilning I-chorak davomida 🌟Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasiga kelib tushgan murojaatlar tahlili.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #davlat_xizmatlari

🌟Kadastrga murojaat qildingiz, ammo murojaatingiz qaysi jarayondaligini bilmaysizmi? Endilikda ⭐️Kadastr agentligi tomonidan ko'rsatiladigan bir nechta davlat xizmatlari jarayonlarini onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

🔽 BULAR:🔽

💠Kadastr pasportini shakllantirish bo'yicha;
💠 Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha arizalar;
💠 Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha arizalar;
💠 O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish;
💠 Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
💠 Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma olish;
💠 Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish.

⚠️ Eslatib o'tamiz: Ko'chmas mulk obyektlari bilan bog'liq bir qancha xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM