SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев инвестицияларни жалб қилиш ва саноатни ривожлантириш масалалари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам привлечения инвестиций и развития промышленности.

#Mirziyoyev #yigilish #investitsiya #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
KUN HIKMATI

🌀Hasad - insonni ilmsizligidan darak beradi. Kimgadir xusumat qilib, uning ortidan jamoaga so‘zlash esa tubanlikdir. G‘iybat qilish bilan emas, yaxshi xulqingiz bilan ibrat bo‘ling.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalariga
2023 yil 20-24
-fevral kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

✉️Jami kelib tushgan murojaatlar soni –254 ta

🔺Yer maydoni ajratish bo‘yicha 36 ta
🔺Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 93 ta
🔺Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 3 ta
🔺Nizoli holatlar bo‘yicha 33 ta
🔺So‘rovnomalar 70 ta
🔺
Boshqa masalalar bo`yicha 19 ta
📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami
254 ta murojaatdan 184 ta ijobiy hal qilingan, 222 ta murojaat muddatida yopilgan.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
#infografika
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #Aerogeodeziya #Surxondaryo_viloyati

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
23-apreldagi 299-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hududida xatlov ishlari olib borilmoqda.

♻️Qarshi tumanida hisobot bo‘yicha 18 ta hudud va 1 ta shahar mavjud bo‘lib, jami 91 ming 541,73 ga. yer maydonidan iborat. Shundan 2023-yil 22-fevral holatiga 35 ming 514 ga. yer maydonida deshifrovka ishlari amalga oshirildi. Dishifrovka ishlari jarayonida
10 ga. yer maydonida qonun buzilish holatlari aniqlandi.

♻️Tuman hududida 1 110 nafar yerdan foydalanuvchilar mavjud bo‘lib, shundan 50 ta yerdan foydalanuvchi yerlari to‘liq o‘rganib chiqildi.
⁉️Oʼzboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish qanday javobgarliklarga sabab boʼlishini bilasizmi?

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi (3-qismi)ga asosan;

📌Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

🔹Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

🔹Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#MFY_surxonkadastr
⚜️Surxondaryo viloyatida 721 ta Mahalla fuqarolar yig`ini mavjud.

📍Batafsil:

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Surxondaryo #Yer_nazorati

🔰DENOV TUMAN BO'LIMI INSPEKTORLARI TOMONIDAN
2023-YIL 28-FEVRAL HOLATIGA 22 TA YER QONUNBUZULISH HOLATLARI ANIQLANDI

❇️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Denov tuman bo'limi inspektorlari tomonidan 2023-yil davomida 22 ta holatda 4,54 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganlik holati aniqlangan.

❇️Shundan 2 ta holatda 0,02 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holati joyida bartaraf etilgan.

❇️4 ta holatda 0,63 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da`vo arizalari kiritilgan.

🟩 Yer qonunbuzulishi holatlarini keltirib chiqargan 14 nafar qonunbuzar shaxslarga 69 mln. 900 ming so’m miqdorida jarimalar qo‘llanilgan.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#kadastr

2022-yilda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri bazasiga jami 38 590 ta geografik obyekt nomi kiritilib, ro‘yxatga olindi.

🔺Amalga oshirilgan ishlar natijasida hozirgi kunda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrida maʼlumotlar bazasida 166 500 ta geografik obyektlarning nomlari jamlangan bo‘lib, shundan:

Maʼmuriy-hududiy birliklar nomlari 2 817 tani;
Aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari nomlari 156 011 tani;
Transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlari nomlari 2 077 tani;
Tabiiy obyektlar nomlari 5 585 tani tashkil qilmoqda.

😇Shu bilan birga, o‘tgan yili 🇺🇿Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov natijasida 10 mingdan ortiq nomsiz ko‘chalar aniqlanib, ularga nom berish bo‘yicha takliflar davlat ekspertizasidan o‘tkazildi va aksariyat viloyatlarda xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining qarorlari qabul qilinishi va maʼlumotlarni davlat reyestriga kiritilishi taʼminlandi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

⁉️Mahalla va ko‘chalarga boshqa nom berish uchun aholi qayerga murojaat qilish kerak?

Geografik obyektlarga nom berishda aholi fikri albatta inobatga olinadi. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar bilan buning tartibi aniqlashtirildi.

➡️ Batafsil "Kun.uz" lavhasi orqali bilib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM