SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.9K photos
2.31K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Korrupsiya bu - jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.

Surxondaryo viloyatidagi kadastr bo'limlari va filiallarida “Korrupsiya - taraqqiyot dushmani” mavzusida davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda.

🔹Navbatdagi davra suhbati viloyat boshqarmalarining Termiz tumani bo'lim va filialida o'tkazildi.

🔹Ushbu davra suhbatida bo`lim va filialda ishlovchi 23 nafar mutaxassislar ishtirok etishdi.

Komplayens-nazorat xizmati xodimlari tomonidan yig'ilish ishtirokchilariga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 06-iyuldagi korrupsiya to`g`risidagi PF-6257-son farmoni va xizmat intizomining buzilishi, tamagirlik, firibgarlik kabi korrupsion holatlar hamda ularning huquqiy oqibatlari xususida aniq misollarga tayangan holda atroflicha tushuntirish berib o'tildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Telegram Instagram YouTube Facebook
Savol:

Uyimni kadastr qilganimdan so‘ng yana yoniga qo‘shimcha uy solganman. Bu holatda kadastr hujjatlarimga qo‘shimcha kiritamanmi?

Javob:

📓Kadastr hujjatlari tayyorlangan turar-joyingizda kelishilgan loyiha va belgilangan ruxsatnoma asosida qo‘shimcha qurilgan uy-joyni ham kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishingiz zarur bo‘ladi. Bunda sizda mavjud kadastr pasportiga o‘zgartirish kiritilib, yangilab beriladi.

Kadastr xizmatlariga to‘lanadigan belgilangan xizmat haqi faqat qo‘shimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud bo‘lmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi. Undan so‘ng qo‘shimcha qurilgan binoni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Telegram Instagram YouTube Facebook
▫️Hududiy yangiliklar▫️

💠 Xabaringiz bor, shu kunlarda Vazirlar Mahkamasining "Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» gi 71-son qarori yuzasidan Respublikamizning barcha viloyat boshqarmalarida seminarlar tashkil qilish rejalashtirilgandi.

💠 Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan oʻquv amaliy seminarida yer uchastkalaridan oqilona va maqasadli foydalanishni ta’minlash, muhofaza qilish, yangi yerlarni o’zlashtirish hamda qayta muomalaga kiritish borasida so’z bordi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹Mulkdor ayollari ko‘p hudud - ?!🔹

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2022-yil 1-sentabr holatiga jami obyektlar soni 8 092 590tani tashkil etadi.

👨🏻‍⚕️💼 Shundan, ko‘chmas mulklari eng ko‘p bo‘lgan erkak mulkdorlar Samarqand viloyatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, viloyatda ularning soni – 694 822 ta.

🤵🏼‍♀️👜 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p mulkdor ayollari bo‘lgan hudud esa poytaxtimiz Toshkentga to'g'ri kelar ekan. Keyingi o'rinlarda Toshkent va Farg'ona viloyatlari, so'nggida esa Sirdaryo viloyatini ko'rishimiz mumkin. Infografikada batafsil👆

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Korrupsiya davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari

Agarda siz kadastr sohasidagi korrupsiоn holatlarga guvoh boʼlsangiz, kadastr xodimlari sizdan noqonuniy talablarni qo'yib pul yoki moddiy ko'rinishdagi narsalarni talab qilganlik holatlariga duch kelsangiz Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Komplayens-nazorat xizmatiga murojaat qilishingiz so'raladi.

📲 tel: 90 072-00-21
Shuhrat Maksumov;

📲 tel: 99 677-00-78
O`ktam Xamrayev

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
🔰Surxondaryo viloyati aholisi diqqatiga!

🏚 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tizimida muammolarga duch kelyapsizmi? Siz vujudga kelgan muammolar bo'yicha quyidagi telegram botga murojaat qilishingiz mumkin👇

https://t.iss.one/surxon_ygkbot

❗️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining rasmiy telegram kanali https://t.iss.one/surxonkadastr orqali tizimdagi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

🏢 Kadastr agentligining Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig`i.
Abdiraxmanov Menglimamat Abdushukurovich
📱 Tel: +99855 451-22-14

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining yer va kadastr nazorati bo`limi boshlig`i.
Xolboyev Akbar Shomurotovich
📱 Tel: (91) 075-93-03

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining ma'muriy amaliyot bo`limi boshlig`i.
Murodov Erkin Jo`rayevich
📱 Tel: (99) 710-52-66

📝Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Axborot siyosati bo`yicha bosh mutaxassisi
Jumayev Shohruh Shavkat o`g`li
📱 Tel: (99) 847-65-06

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Tashkiliy-nazorat va tahlil sho'basi bo`limi boshlig`i.
Rahmonov Zayniddin Ravshanovich
📱 Tel: (91) 232-03-27

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Termiz Shahar bo`limi boshlig`i.
Buzurukov Abdimurot Dovlatovich
📱 Tel: (90) 246-34-65.

🏢 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Angor tuman bo`limi boshlig`i.
Tilovov Anvar Almuratovich
📱 Tel: (93) 639-87-40

🏢 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Bandixon tuman bo`limi boshlig`i.
Mardanov Jo`rabek Xolmo`minovich
📱 Tel: (97) 531-92-92

🏢 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Boysun tuman bo`limi boshlig`i.
Ramazonov Xolbek Ne'matovich
📱 Tel: (97) 786-00-79

🏢 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Denov tuman bo`limi boshlig`i.
Bobomuradov Bahriddin Egamberdiyevich
📱Tel: (97) 536-91-19

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Jarqo`rg`on tuman bo`limi boshlig`i.
Jo‘rayev Nuriddin Nortojiyevich
📱 Tel: (91) 588-21-12

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Qiziriq tuman bo`limi boshlig`i.
Ashurov Jo`rabek Xolmatovich
📱 Tel: (97) 534-12-00

🏢 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Qumqo`rg`on tuman bo`limi boshlig`i.
Yo`ldoshev Xumoyun Ashurovich
📱 Тел: (99) 362-70-49

🏢 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Muzrabot tuman bo`limi boshlig`i.
Davlatov Sirojiddin Jumayevich
📱 Tel: (99) 451-28-71

🏢 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Oltinsoy tuman bo`limi boshlig`i.
Eshqobilov Abdirahmon Abdunazarovich
📱 Tel: (91) 585-59-55

🏢 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Sariosiyo tuman bo`limi boshlig`i.
Xoliqov Ixtiyor Baxtiyorovich
📱 Tel: (94) 266-10-33

🏢 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Termiz tuman bo`limi boshlig`i.
Yakubov Musurmon G`anisherovich
📱 Tel: (93) 633-95-90

🏢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Uzun tuman bo`limi boshlig`i.
Qoraqulov Nodir Ergashovich
📱 Tel: (99) 683-99-87

🏢 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Sherobod tuman bo`limi boshlig`i.
Norquvatov Yuldosh O`tanazarovich
📱 Tel: (91) 228-78-82

🏢 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Sho`rchi tuman bo`limi boshlig`i.
Mamaraimov Xolmat Urazovich
📱Tel: (90) 295-63-64

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мамлакатимизнинг ички ва ташқи туризм салоҳиятини янада ошириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам дальнейшего повышения потенциала внутреннего и въездного туризма в нашей стране.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.

Давлатимиз раҳбари бу йили туризм учун пандемиядан кейин қайта тикланиш даври бошланганини таъкидлади. Жумладан:

- сентябргача бўлган даврда юртимизга келган хорижий туристлар сони 2021 йилга нисбатан 3 бараварга кўпайди ва 3,1 миллион нафарни ташкил этди;

- йил бошидан туризм экспорти ҳажми 926 миллион доллар бўлди (2019 йил давомида 951 миллион доллар бўлган);

- юртимизга келган меҳмонларнинг саёҳати ўртача 4-5 кунгача, сарфлаган маблағи 305 долларгача кўпайди (бу 2019 йилда ўртача 3 кунни ташкил этиб, улар 195 доллар сарфлаган);

Ички саёҳат қилувчилар сони ҳам ўтган йилга нисбатан 3,5 бараварга ўсиб, 7,5 миллион нафарни ташкил қилди.

Туризмда топилган даромаднинг 30 фоизи одамларнинг қўлига иш ҳақи бўлиб бориши, саноатда ва бошқа тармоқларда бу 10 фоиздан ошмаслиги кўрсатиб ўтилди. Туризм соҳасида яратилган битта иш ўрни турдош тармоқларда қўшимча иккита иш ўрни пайдо бўлишига туртки беради.

Буни тушунган вилоят, туман ва шаҳар ҳокимлари тадбиркорлар билан ишлаб, сайёҳлар келадиган жойларни кўпайтираяпти.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда таъкидланганидек, йил бошидан Самарқанд900 минг, Фарғона850 минг, Андижон650 минг ички сайёҳларни қабул қилиб, бу борада пешқадам бўлди.

Лекин, айрим вилоят, туман ва шаҳарлар натижалари яхши эмас. Сирдарёга – 151 минг, Навоийга – 262 минг, Жиззахга – 275 минг ички сайёҳ ташриф буюриб, бу уларнинг салоҳиятидан анча кам бўлди.

Четдан келган туристлар учун кўрсатилган хизматлар Қашқадарёда жуда паст бўлиб, Шаҳрисабз, Яккабоғ, Қамаши, Касби туманларида туризм хизматлари умуман кўрсатилмаган.

Шу билан бирга, Жиззах, Навоий, Сирдарё, Наманган ва Сурхондарёда ҳам хорижий туристларга хизмат кўрсатишдан тушумлар қолган ҳудудлардан анча орқада.

Айниқса, Шеробод, Олтинсой, Косонсой, Тўрақўрғон, Арнасой, Кармана, Ургут, Гулистон, Янгийўл, Хива туманларида туризм хизматлари умуман кўрсатилмаган.

Ишларни етарли даражада ташкил этмагани учун:

- Қашқадарё вилояти ҳокими М.Азимовга ҳайфсан берилди;

- Шаҳрисабз, Яккабоғ, Қамаши, Касби, Косонсой, Тўрақўрғон, Арнасой, Кармана, Ургут, Шеробод, Олтинсой, Гулистон, Янгийўл, Хива туманлари ҳокимлари бугун ишдан олиниб, ўзгариш қилиш учун уларга уч ой синов муддати берилади.

Facebook|Instagram|Twitter
Бундан буён вилоят, туман ва шаҳар ҳокимлари ҳафтасига бир марта туроператор, меҳмонхона ва дам олиш масканлари вакиллари билан учрашиб, уларнинг муаммоларини ҳал қилиб борадиган тизим жорий қилинади.

Сўнгги йилларда туризм соҳаси олдидаги 11 та катта муаммолардан 6 таси ҳал қилинди. Хусусан:

1) Сайёҳларга виза бериш кескин либераллаштирилди.

2) Аэропортларда навбатлар ва текширишларга барҳам берилди, яшил йўлаклар қилинди, вокзалларда ҳам қулай шароитлар яратилди.

3) Меҳмонлар электрон рўйхатдан ўтказиладиган бўлди, улар эркин ҳаракатланиши учун ҳамма шароитлар яратилди.

4) Валюта айирбошлашга чекловлар бекор қилинди.

5) Меҳмон ўринлари сони 3 баробарга кўпайиб, 125 мингтага етди (2017 йилда 37 мингта эди).

6) туристик корхоналар учун ижтимоий солиқ ва айланма солиқ ставкалари 1 фоиз этиб белгиланди, ер солиғи ва мол-мулк солиқ ставкалари 90 фоизга камайтирилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun toʻlovlarni toʻlashda l va ll guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun imtiyozlar bormi
Anonymous Quiz
13%
Xa 10 % imtiyoz bor
13%
Xa 30 % imtiyoz bor
62%
Xa 50 % imtiyoz bor
11%
Imtiyozlar yoʻq
KUN HIKMATI

🌀 Ishongan insoningizni mas'uliyatsizligi yoki beparvoligi sabab amalga oshmagan rejangiz uchun qayg'urmang. Qalbingizga tugib qo'ygan rejani amalga oshirish uchun boshqatdan harakat qiling.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Telegram Instagram YouTube Facebook
🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga joriy yilning 8 oyi davomida jami 1772 ta murojaatlar kelib tushgan.

Ushbu murojaatlar tahlil qilinganda.

1656 ta murojaat qanoatlantirilgan.

❇️ 14 ta murojaatga huquqiy maslahat va ma'lumot berish orqali berish orqali hal etilgan.

❇️ 86 ta murojaatga umumiy tushuntirish berilgan.

❇️16 ta murojaat ayni paytda ko'rib chiqilmoqda.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Telegram Instagram YouTube Facebook
SURXONDARYODA KADASTR BO'YICHA NAZORAT QANDAY?!

🔰Kadastr
agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 01.01.2022 yildan 31.08.2022 yilga qadar 1368 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqilgan.

📌Jumladan,

🔹Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 2-qismi bilan 218 ta, 60-moddasi 3-qismi bilan 74 ta, 60¹-modda bilan 11 ta, 68-modda 1-qismi bilan 100 ta, 68-modda 2-qismi bilan 2 ta, 68¹-moddasi bilan 889 ta va 69-moddasi bilan 64 tani tashkil etadi.

📄Ko‘rib chiqilgan ma’muriy ishlar bo’yicha 5 milliard 377 million so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

📋Qo‘llanilgan jarimalarning 1 milliard 350 million so‘mi undirildi. 348 ta holatda 60-modda 2-qismi bilan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar huquqbuzarlar tomonidan bartaraf etilganligi sababli, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi bilan tugatilib, egallab olingan yer maydonlari tuman zaxirasiga qaytarildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
⚡️Qonunga muvofiq, sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan chora ko'rmaslik, ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilsa,

🔰BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima
🔰yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari
🔰yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari
🔰yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash
🔰yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O'sha qilmish:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa,

🔰BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima
🔰yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash
🔰yoki3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

❗️Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta'minlasa hamda uning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
#Kadastr #YERELEKTRON

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-sonli Farmoniga asosan, 2022-yilda "Yangi O‘zbekiston" massivlarida quriladigan ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarining elektron-auksion savdolariga chiqarish holati yuzasidan "YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilgan.

📄"YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilganlar soni 619 tani tashkil qiladi.

📌Shundan Yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan soni 84 ta maydoni 4.48 gektar ochiq elektron savdolariga chiqarilgan.

📄Shuningdek auksion savdolarida sotilganlar soni 585 ta maydoni 30,0 gektar sotilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#bilasizmi #yer_nazorati

🔰Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, yer nazorati hokimliklar, Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

Kadastr nazoratini esa Kadastr agentligi olib boradi.

Yer nazorati quyidagi asoslarga ko‘ra 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi:

🔹yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;

🔹elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;

🔹yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga ko‘ra;

🔹OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;

🔹sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

❗️Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (30 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.
📧SAVOL: Uyimiz 1950-yillarda qurilgan, kadastr qilinmagan. Ota-onam o‘tib ketgan hozirda aka-uka shu hovlida istiqomat qilamiz. Arxivdan uy hujjatlari topilmadi, biladigan qarindoshlarim o‘tib ketgan. Bunday holatda qay tartibda uyni kadastr qildirsak bo‘ladi?

🧾JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-sonli qaroriga asosan, Yer kodeksi amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asos bo‘ladi. Shuningdek, davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube