SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Товар-хомашё биржасида савдоларни ва унда маҳаллий корхоналар иштирокини кенгайтириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Давлатимиз раҳбари маҳаллий маҳсулотларни биржага қўйишда туманларни фаоллаштириш зарурлигини таъкидлади. Бу борадаги тартиб соддалаштириладиган бўлди.
Биржада экспорт-импорт маҳсулотлари савдоси ҳажмини ошириш масаласига ҳам алоҳида эътибор қаратилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по расширению торгов на товарно-сырьевой бирже и участия в них местных предприятий.
Глава государства поставил задачу активизировать участие районов в выставлении местных товаров на биржу. Определены меры по упрощению этой процедуры.
Особое внимание уделено увеличению объемов экспортно-импортных торгов на бирже.

#Mirziyoyev #videoselektor #birja #savdo

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
XORIJDA KADASTR TIZIMI
Kadastr Skandinaviya mamlakatlarida

🏳️Bu mamlakatlarda xususiy mulk uchun yagona, aniq yirik masshtabli, ko'p maqsadli markaziy reyestrli kadastr yuritish asosan nemischa andozalar bo'yicha yaratilganligi e'tiborlidir.

🇸🇪Shvetsiyada ko'chmas mulk haqidagi axborot tizimi uzoq vaqt davomida shakllangan. Bu davlatda yer kadastri 2ta registrdan iborat holda yuritiladi.

🇳🇴Shvetsiya singari Norvegiya yer kadastri ham egaliklar, manzillar va binolar tillari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan informatsion kadastr tizimiga birlashtirilgan.

🇫🇮Finlandiyada obyektni yer kadastri baholash ishlarini tashkil etishning o'ziga xos xususiyati, qishloq hududlarining registri davlat tomonidan, shahar hududining registri esa munisipial ma'muriyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

🇩🇰Daniyada yer kadastri, asosan, yer maydonlarini yirik masshtabda kartalashtirishni ko'zda tutadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
​​18-may Xalqaro muzeylar kuni. (1977-yil)

🏛🌐Muzeylar har bir xalq tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy an'ana va qadriyatlarini o’rganish, ularni targ’ib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda muzeylar tashkil etish XIX asrning 70-yillariga borib taqaladi.

*🔰💢1876-yilda tashkil etilgan* O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi Markaziy Osiyodagi ilk muzeylardan sanaladi. Ushbu muzeyda yurtimiz hududidagi ibtidoiy jamoa tuzumidan to shu kunga qadar madaniy hayotdan darak beruvchi arxeologik topilmalar, turli davrdagi taraqqiyot, fan va madaniyatning yuksalgan davri, foto hujjatlar, tasviriy san'at namunalari o’rin olgan.

🔰⭕️Muzeyda har oyning oxirgi juma kunid
a *"Ochiq eshiklar kuni" *tashkil etib kelinadi. Bundan tashqari, to’garaklar faoliyati ham yo’lga qo’yilgan bo’lib, unda muzey tematikasiga oid mashg’ulotlar o’tkaziladi hamda o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalar mustahkamlab boriladi.

🔰
*Jumladan Surxondaryo viloyatida Termiz arxeologiya muzeyi O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va loyihasi bo'yicha Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan viloyat hokimining 2001 yil 26 noyabrdagi 218-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Muzeyning rasman ochilgan kuni 2002 yil 2 aprel.

*♻️💢Termiz arxeologiya muzeyi mamlakatimizda yagona arxeologiya yo'nalishdagi muzey bo'lib, ixtisoslashgan muzeylar sirasiga kiradi. Bu muzey qadim Surxon vohasining ko'p ming yillik tarixini o'zida jonlantiruvchi shahrimizning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri hisoblanadi.

🔰Termiz arxeologiya muzeyi kirish zali, 9 ta asosiy ko'rgazma zallari, numizmatika ko'rgazma zali, yapon arxeolog olimi Kato Kyudzoga bag'ishlangan ko'rgazma zali, kichik ko'rgazmalar zali va ayvon osti galereyasidan iborat. Shuningdek, muzeyda nodir qo'lyozmalar va adabiyotlar saqlanadigan kutubxona ham mavjud.

🔰Kirish zal qismida bronza davridan (mil.avv. 3-2 ming yillik) eramizning XV asrigacha bo'lgan davr topilmalari o'rin olgan;
Kato Kyudzo ko'rgazma zali - Yaponiyalik olim Kato Kyudzoning hayoti va ilmiy tadqiqotlariga bag'ishlangan ko'rgazma zal hisoblanadi.

🔰 Ayvon osti galereyasida yirik hajmdagi eksponatlar joylashgan.
Kutubxonada 3700 dan ortiq qo'lyozmalar, tarixiy adabiyotlar va badiiy kitoblar mavjud.

🔰2020 yil holatida Termiz arxeologiya muzeyi fondidagi jami eksponatlar soni 100 mingdan ortiqni tashkil etadi. Shundan, 70 mingdan ziyot arxeologiyaga oid eksponatlar bo'lsa, 30 mingga yaqini numizmatika fondiga tegishli eksponatlar hisoblanadi
.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi majlislar zalida o`quv seminari bo`lib o`tdi.

🔰Kuni kecha Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlariga
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish hamda Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni jadallashtirish to`g`risida Surxondaryo viloyat sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Sudyasi Х.Xakimov tomonidan o`quv seminar-trening bo`lib o`tdi.

▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
⚡️Biz Korrupsiyaga qarshimiz!

🏢 Davlat Kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Bino inshootlar va davlat yer kadastrini yuritish bo'lim boshlig`i Sh. Suvonov tomonidan Kadastr agentligi direktori F.Po'latovning zoom platformasi orqali joriy yilning 14-may kuni o`tkazilgan yig`ilishda berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyat boshqarmasi bino inshoot va davlat yer kadastrni yuritish bo'limi hodimlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi.

🔹Yig'ilish ishtirokchilariga ijro intizom, sohada olib borilayotgan ishlar va tamagirlik, poraxo'rlik, tovlamachilik va firibgarlik hamda boshqa shu turdagi korrupsion jinoyatlar, bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida ko`plab qayd etilayotganligi, ularning huquqiy oqibatlari muhokama qilinib ushbu holatlar sohada takrorlanmasligi alohida takidlab o`tildi.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
​​Davlat kadastrlari yagona tizimi nima?

💢Davlat kadastrlarining yagona tizimi bu O‘zbekiston Respublikasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini, baholanishini taʼminlashga mo‘ljallangan ko‘p maqsadli axborot tizimidir.

*Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi:

*♻️ davlat yer kadastri;
♻️ foydali qazilma konlari belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri;
♻️ davlat suv kadastri;
♻️ davlat o‘rmon kadastri;
♻️ o‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri;
♻️ hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastri;
♻️ muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri;
♻️ binolar va inshootlar davlat kadastri;
♻️ davlat shaharsozlik kadastri;
♻️ gidrotexnika inshootlari davlat kadastri;
♻️ moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastri;
♻️ avtomobil yo‘llari davlat kadastri;
♻️ temir yo‘llar davlat kadastri;
♻️ transport quvurlari davlat kadastri;
♻️ aloqa obyektlari davlat kadastri;
♻️ energetika obyektlari davlat kadastri;
♻️ chiqindilarni ko‘mib tashlash va utillashtirish joylari davlat kadastri;
♻️ tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan tegralar davlat kadastri;
♻️ texnogen xavfi yuqori bo‘lgan tegralar davlat kadastri;
♻️ kartografiya-geodeziya davlat kadastri;
♻️ hududlar davlat kadastri
.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 86 ta texnik loyiha hamda 54 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 34 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 7 430 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 52 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💢Surxondaryo viloyatida “Madaniy meros” yodgorliklari haqida nimalarni bilasiz.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari
palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook