SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
▫️Yerlarni xususiylashtirishdagi masalalar▫️

Bugun, «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 71-son qarori bo‘yicha tizimda qilinayotgan ishlar tahlil qilindi.

Yiig‘ilishda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari qatnashib, bu yo‘nalishdagi belgilangan vazifalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.

#DavKadastrPalata #xususiylashtirish #qaror

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press-klubning “Yer hisobi va davlat kadastri tizimi: maqsadli foydalanish, nazorat hamda raqamli texnologiyalar” mavzuidagi sessiyasi

Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Allaberganovning aholiga murojaati

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕑Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 11 – 15 aprel kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🗓 18.04.2022
🌙
Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 17 kuni

☀️Saharlik vaqti – 04:17
🌛Iftorlik vaqti – 19:08

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
KUN HIKMATI

♻️ Insonning asl qiyofasi uning baxtiga emas, balki baxtsizlikka bo'lgan munosabatida namoyon bo'ladi.
🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ayrim kadastr xizmatlari mobil ilova orqali ishga tushirildi

📲 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasining yangi takomillashtirilgan talqini ishga tushirilgan bo‘lib, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarni soni 100 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Kadastrga oid quyidagi xizmatlar portalning mobil ilovasida to‘liq ishga tushirildi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestridan ko‘chirmalar olish;

🔹Ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma berish;

🔹Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.

👉Mobil ilovani yuklab olish

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🌐 Yer o'z resurslari bilan odamzod ehtiyojlarini qondirishga qodir, biroq uning nafsini emas.

✏️Mahatma Gandi


#DavKadastrPalata #ibratli_fikrlar #aforizmlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Aholi murojaatlarini ko'rib chiqish, mavjud muammolarni ijobiy hal etish bo'yicha Kadastr agentligining faoliyati haqida O'zbekiston telekanali orqali efirga uzatiladigan "Xalq qabulxonasida bir kun" ko'rsatuvida so'z bordi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Qoraqalpog'iston Respublikasi fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahrida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 22-aprel kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, Chimboy guzar ko'chasi 121/1-uy, Nukus olimpiya zahiralari kolleji binosi

🔰Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr #yer_nazorati #infografika

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-chorak holatiga viloyatda 302 ta holatda yer qonunbuzilish holati aniqlangan.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
🗓 19.04.2022
🌙
Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 18 kuni

☀️Saharlik vaqti – 04:15
🌛Iftorlik vaqti – 19:09

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Yerni o‘zboshimchalik bilan egallash holati bo‘yicha ma’lumot bering▫️

Hukumat qarori (183-son, 14.04.2022 y.) bilan Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, yer nazorati hokimliklar tomonidan, Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

Kadastr nazoratini - Kadastr agentligi olib boradi.
Yer nazorati quyidagi asoslarga ko‘ra 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi:
▫️yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;
▫️elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;
▫️yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga ko‘ra;
▫️OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;
▫️sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

🔸Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foyzi (27 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 62 ta texnik loyiha hamda 40 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 26 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 5 460 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 47 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Yerni xususiylashtirish qanday toifidagi yerlarga amal qiladi?

Javob: Avvalo shuni aytishimiz kerak - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.
Bular:
🔹Yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
🔹O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
🔹Xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk ob'ektlari joylashgan yer uchastkalari;
🔹Bo‘sh turgan yer uchastkalari.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan Kadastr (yig'majildi) pasporti Yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklida yangi kadastr pasporti nechi ish kuni mobaynida beriladi?
Anonymous Quiz
16%
1 ish kuni mobaynida
32%
2 ish kuni mobaynida
38%
3 ish kuni mobaynida
14%
5 ish kuni mobaynida
Qashqadaryoda rahbar kadrlar malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda

Ayni kunlarda Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan rahbar o'rinbosarlari va tuman, shahar filiallari rahbarlari Davlat boshqaruv akademiyasining Qarshi shahar filialida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.

Kadrlarning ish samaradorligini oshirish hamda boshqaruv sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan malaka oshirish kurslari 18-apreldan 23-aprel qadar davom etadi.

Aytish kerakki, darslar Akademiya filialining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan interfaol usullarda olib borilmoqda.

Mazkur o'quv kurslarining asosiy maqsadi boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish, ularning kasbiy va rahbarlik mahoratini doimiy ravishda rivojlantirishga ko‘maklashish, tinglovchilarning kasbiy bilimini yangilab borishdan iborat.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook
🔹Xizmatlarimiz sifati oshirilmoqda🔹

◻️ Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida bunyod etilgan va zamonaviy IT-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazining 1300 kvadrat metr maydonga ega yangi binosi kuni kecha o‘z faoliyatini boshladi.

◻️ Endilikda kadastr masalalarida fuqarolar mazkur DXMiga ham murojaat etishlari mumkin. Murojaatchilarga bir vaqtning o‘zida 170 dan ortiq turdagi xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratildi. Bu yerda elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish va salomatlik burchaklari, bolalar maydonchasi hamda mini-kutubxona tashkil qilingan.

◻️ Fuqarolar davlat xizmatlardan mustaqil foydalanishlari shuningdek, turli imkoniyatlardan xabardor bo‘lishlari uchun axborot stendlari va posterlar qo‘yilgan.

◻️ Hozirda Toshkent shahrida 12 ta Davlat xizmatlari markazi mavjud bo‘lib, ularning 7 tasi zamonaviy jihozlangan binolarga ega.
Qashqadaryoda rahbar kadrlar malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.

Ayni kunlarda Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan rahbar o'rinbosarlari va tuman, shahar filiallari rahbarlari Davlat boshqaruv akademiyasining Qarshi shahar filialida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.

Kadrlarning ish samaradorligini oshirish hamda boshqaruv sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan malaka oshirish kurslari 18-apreldan 23-aprelga qadar davom etadi.

Aytish kerakki, darslar Akademiya filialining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan interfaol usullarda olib borilmoqda.

Mazkur o'quv kurslarining asosiy maqsadi boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish, ularning kasbiy va rahbarlik mahoratini doimiy ravishda rivojlantirishga ko‘maklashish, tinglovchilarning kasbiy bilimini yangilab borishdan iborat.