SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.2K photos
2.33K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#yer_nazorati #Bandixon_tumani

NOQONUNIY EGALLANGAN YER MAYDONI BARTARAF ETILMOQDA

🔷Kadastr agentligi Bandixon tuman bo'limi inspektorlari tomonidan 2022-yil 1-fevral kuni o'tkazilgan manitoring natijasida tumanning Oybek massivi hududida faoliyat yuritayotgan Yangi kuch MBA fermer xo`jaligiga qarashli qishloq xo`jalik xaritasining 194-dala konturidagi 0,45 gektar suvli yer maydonini Saroy mahallasida yashovchi E.S tomonidan o`zboshimchalik bilan egallab tomorqa sifatida foydalanib kelayotganligi holati aniqlanib, ushbu qonun buzilish holatini sodir etgan fuqaroga 15 kun muddat ichida ushbu noqonuniy egallangan yer maydonini bartaraf etishi to'g'risida rasman ogohlantirilgan.

Ayni damda ushbu o`zboshimchalik bilan noqonuniy egallangan yer maydoni fuqaro tomonidan bartaraf etilmoqda.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
#soha_ilgori

Sultonov Qudrat Abdiyevich.

🔰1971 yil 29 dekabrda Surxordaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent Arxitektura va qurilish institutini tamomlagan. Ish faoliyatini 1996 yil 2 sentyabrda Termiz tumani "Yerdan foydalanish va ko‘chmas mulk kadastri" boshqarmasi Kadastr bo‘limi boshlig‘i lavozimidan boshlagan.

🔰2017 yildan hozirda qadar Davlat kadastrlari palatasi Termiz shahar filialida bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda sohamizga bo‘layotgan yangidan-yangi qaror va farmonlar ijrosi bo‘yicha hamda raqamlashtirish jarayonlarida o‘z shogirdlari bilan birgalikda boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan darajada ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Hayotdagi shiorlari “Intilganga tole yor”.

🔰Sultonov Qudrat Abdiyevich ko‘p yillik samarali mehnati bilan yurtimiz ravnaqi va sohani yuksaltirish ishlariga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
#Kun_raqami
Yanvar oyida nechta ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani maʼlum bo‘ldi,

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, hududda yanvar oyida jismoniy va yuridik shaxslarning 3 ming 474 ta ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Shundan,

◾️ yakka tartibdagi turar joylar 1 ming 997 ta;

◾️ xususiylashtirilgan kvartiralar 537 ta;

◾️ yakka tartibdagi turar joy qurish uchun berilgan yer uchastkasi 542 ta;

◾️ noturar joy ko‘chmas mulk obyektlari 349 ta;

◾️ noturar joy obyektlari uchun berilgan yer uchastkalari 49 ta.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.

Telegram Instagram Facebook
#Kadastr #geodeziya_nazorati

Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiyaga oid 14 ta texnik loyiha, 6 ta texnik hisobot xamda
1:25000 mashstabli 2952,9 kv. m elektron raqamli kartalar ekspertizadan o‘tkazildi.

licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 16 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun 1 ta ruxsatnoma rasmiylashtirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
◽️Kadastr agentligi mas'ullari Angor hamda Qiziriq tumanlarida yer va kadastr nazorati bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Kadastr agentligi Yer va kadastr nazorati boshqarmasi bosh mutaxassislari Baxtiyor Normo'minov va Bexzod Taxirov Angor hamda Qiziriq tumanlari bo'limida bo'lib, yer va kadastr nazorati bo‘yicha 2021-yilda va 2022-yilning yanvar oyida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, "E-yer nazorat" va "E-ma'muriy ish" dasturlarini yuritilish holatini o‘rgandi.

Bundan tashqari, ma’muriy huquqbuzarliklarni ro‘yxatga olish kitobi, ma’muriy yig‘ma jildlar va ularning saqlanishi, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar, ushbu yo‘nalishdagi murojaatlarni ko‘rib chiqilishi e’tiborga olindi.

◽️Aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
◽️Kadastr agentligi mas'ullari Angor hamda Qiziriq tumanlarida yer va kadastr nazorati hamda ma'muriy amaliyot bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdilar.
📹Video lavha
🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
KUN HIKMATI

♻️ Agar sizga ta'lim qimmat tuyulayotgan bo'lsa, ilmsizlik qanchaga tushishini tekshirib ko'ring! Zero, shundagina ilm olish qanchalik muhim ekanligini his qilasiz.
🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
Денов тумани

▪️ Ташкил этилган
– 1926 йил 29 сентябрь
▪️ Майдони – 1,14 минг кв.км.
▪️ Таркиби – 1 та шаҳар, 11 та шаҳарча, 112 та қишлоқ аҳоли пункти, 103 та маҳалла
▪️ Аҳолиси – 399 963 киши (2022 йил 1 январь ҳолатига)
Шундан:
▫️ Шаҳар аҳолиси – 142 370 киши
▫️ Қишлоқ аҳолиси – 257 593 киши
▫️ Эркаклар – 204 345 киши
▫️ Аёллар – 195 618 киши

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
#Surxondaryo #yer_nazorati

🔹Kadastr agentligi Sariosiyo tumani bo'limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning G.Xidirov SIU hududida faoliyat yuritayotgan Melirajab-Agro chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo`jaligi rahbari o`ziga tegishli bo`lgan qishloq xo`jaligi xaritasidagi --dala konturidagi 3,0 gektar yer suvli maydonining bir qismiga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda uy-joy qurish maqsadida poydevor (fundament) quyganligi holati aniqlandi.

🔹Holat yuzasidan yer inspektorlari tomonidan fuqaroga tushuntirish targ'ibot ishlari olib borilib, qonunbuzarlikning yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlari haqida rasmiy ogohlantirish berildi.

Hozirda bartaraf etish yuzasidan izchil choralar ko`rilmoqda.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati