SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.2K photos
2.33K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🔹Hududlar kesimida 1 kv. kilometrga toʻgʻri keladigan aholi soni🔹

🔷2021–yil 1– yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida 1 kv. kilometr maydonga oʻrtacha 77 nafar aholi toʻgʻri keladi -deya ma'lumot bermoqda Davlat statistika qo'mitasi.

Hududlarda:
▫️Qoraqalpogʻiston R. – 11,5 nafar
▫️Andijon – 741,4 nafar
▫️Buxoro – 48,4 nafar
▫️Jizzax – 66,5 nafar
▫️Qashqadaryo – 116,7 nafar
▫️Navoiy – 9,1 nafar
▫️Namangan – 385,4 nafar
▫️Samarqand – 235,4 nafar
▫️Surxondaryo – 133,4 nafar
▫️Sirdaryo – 201,1 nafar
▫️Toshkent – 195,1 nafar
▫️Fargʻona – 565,1 nafar
▫️Xorazm – 312,9 nafar
▫️Toshkent sh. – 7554,4 nafar
▫️Toshkent shahri – respublikamizning aholisi eng zich joylashgan hudud hisoblanadi!

#DavKadastrPalata #statistika #hudud

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #ishonch_raqami #1097

🏢 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, 🕐 lekin vaqtingiz yo'qmi?

Bu muammo emas!

📱1097
ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

☎️ 1097 sizning xizmatingizda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Surxondaryo #Bandixon #yer_nazorati

♻️Kadastr agentligi Bandixon tuman bo'limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning "Boysun 2-uchastka" massivi hududidagi qishloq xo'jalik xaritasining 474-dala konturidagi 0.05 gektar yer maydoniga Qumqo`rg`on tumani "Artiqoshgan" mahallasida yashovchi fuqaro G.Boltayeva tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olinib uy-joy qurayotganligi holati aniqlandi.

📝 Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Bandixon tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan fuqaroga 15 kunlik muddatda ushbu holatni o'z ixtiyori bilan bartaraf etishi ushbu belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilmasa tegishli tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilishi yuzasidan rasmiy ogohlantirish xati berilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda bartaraf etish yuzasidan izchil choralar ko'rilmoqda.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
KUN HIKMATI

▪️Imkonsiz tuyulgan ishlarni uddalashni muvaffaqiyat deyish mumkin.
🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
🔹O‘zbekiston Respublikasi hududiy strukturasi🔹

🔲O’zbekiston Respublikasida 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra: ▫️8 934 tasi
– mahalla fuqarolar yig‘ini;
▫️195 tasi - ovul fuqarolar yig‘inlari mavjud.

🔲Eng ko‘p mahalla:
▫️Samarqand viloyatida bo‘lib u— 1 102 ta mahallaga ega.
▫️Undan so‘ng Toshkent viloyati - 10 53 ta,
▫️Farg‘ona viloyati 1041 ta mahalla bilan keyingi o‘rinlarni band qilgan.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Surxondaryo #Qiziriq #yer_nazorati

♻️Kadastr agentligi Qiziriq tuman bo'limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning Qiziriq massivi hududida joylashgan tuman hokimligi zahirasida bo`lgan qishloq xo'jalik xaritasining 1145-dala konturidagi 0.10 gektar yaylov yer maydoniga Gilambob mahallasida yashovchi fuqaro E.Bobojonov tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olinib 5 xonali uy-joy qurish maqsadida poydevor (fundament) quyganligi holati aniqlandi.

📝 Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Qiziriq tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan fuqaroga 15 kunlik muddatda ushbu holatni o'z ixtiyori bilan bartaraf etishi ushbu belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilmasa tegishli tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilishi yuzasidan rasmiy ogohlantirish xati berilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda bartaraf etish yuzasidan izchil choralar ko'rilmoqda.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
#prokuratura #tabrik
8 yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni

🇺🇿Jamiyatda adolatni qaror toptirish, inson huquqlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta'minlash sharafli vazifadir.

🇺🇿Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tizimning barcha xodimlarini samimiy muborakbod etamiz.

Hurmat bilan, Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi.
#kadastr_murojaat_Infografika
♻️Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida 2021 yil davomida fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
💠Elektron onlayn auksion - E-AUKSION.UZ savdo portali bugun sizga 32 mingdan ortiq tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini ko'rib chiqib, munosibini tanlash uchun imkoniyat beradi.

💠Yer uchastkalarini investitsiya majburiyatisiz sotib oling!

✔️Qoraqalpog'iston Respublikasidan 2414 ta (ko'rish)
✔️Andijon viloyatidan 2264 ta (ko'rish)
✔️Buxoro viloyatidan 2817 ta (ko'rish)
✔️Jizzax viloyatidan 2945 ta (ko'rish)
✔️Qashqadaryo viloyatidan 3285 ta (ko'rish)
✔️Navoiy viloyatidan 1472 ta (ko'rish)
✔️Namangan viloyatidan 2553 ta (ko'rish)
✔️Samarqand viloyatidan 2790 ta (ko'rish)
✔️Surxondaryo viloyatidan 2877 ta (ko'rish)
✔️Sirdaryo viloyatidan 1297 ta (ko'rish)
✔️Toshkent shahridan 27 ta (ko'rish)
✔️Toshkent viloyatidan 534 ta (ko'rish)
✔️Farg'ona viloyatidan 4128 ta (ko'rish)
✔️Xorazm viloyatidan 2596 ta (ko'rish)

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Кадастр хужжатлари ва қайта хатловдан ўтказиш
#4jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Korrupsiya_taraqqiyot_dushmani

Kadastr agentligi tomonidan o'tkazilgan “Korrupsiya – taraqqiyot dushmani” mavzusidagi videoroliklar tanlovining "Eng yaxshi ssenariy" nominatsiyasini Kartografiya ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi tomonidan tayyorlangan videorolik qo'lga kiritgan edi.

Marhamat tomosha qilib baho bering😊

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹DAVLAT KADASTRLAR PALATASI hafta ichida🔹

🔷Davlat kadastrlari palatasi 2022-yil yanvar oyidan kuchga kiradigan tizimga aloqador milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar haqida eslatib o'tdi.
👉Batafsil

🔷O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston24” telekanali orqali “Maxsus reportaj” tahliliy dasturida kadastr xujjatlari va qayta xatlovdan o'tkazish ishlariga to‘xtalindi.
👉Batafsil

🔷 05.01.2022 yildan boshlab Malaka shahodatnomasini olish uchun arizalar elektron tarzda qabul qilish xizmati - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham ishga tushdi.
👉Batafsil

🔷2021 yilda Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari taqdim etildi.
👉Batafsil

🔷2021–yil 1– yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida 1 kv. kilometr maydonga oʻrtacha toʻgʻri keladigan aholi soni e'lon qilindi.
👉Batafsil

🔷Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2021 yilda ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etdi.
👉Batafsil

🔷Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2021 yil boyicha jami 96 181 ta murojaatlar kelib tushgan.
👉Batafsil


#DavKadastrPalata #hafta_ichida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
KUN HIKMATI

♻️Nochor ahvolda yashash har doim ham kambag'allik belgisi emas, ba'zilarda dangasalik belgisi hamdir. Zero, mehnat orzular ro'ybi uchun xizmat qiladi.
🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
#kadastr_ma`muriy_Infografika
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 2021 yil davomida ko`rib chiqilgan ma`muriy jazo qo`llash to`g`risidagi ishlar

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
❗️SSV: Yurtimizda Omicron shtammi aniqlandi, ehtiyot choralari kuchaytiriladi

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani, ushbu kasallikka qarshi zarur choralar ko‘rishni davom ettirish lozimligi qayd etildi.

🦠Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatimizga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19ning yangi Omicron shtammi joriy yilning 7 yanvar kuni aniqlangan.

Yig‘ilishda koronavirus pandemiyasiga qarshi choralar ko‘rishni qat’iy davom ettirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

📌Xususan, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

🔺Bunda, barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotiga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.

🔹Vazirlik va idora rahbarlari, tashkiliy shaklidan qat’iy nazar, barcha tashkilotlarda ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘riladi.

👨🏻‍🎓Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilanadi.

❗️Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2022 yil 15 yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy qilinmoqda:

🔻Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadlarini ko‘zda tutib, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

🇺🇿 telegram | instagram | facebook