SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
19K photos
2.32K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Surxondaryo #yer_nazorati #Boysun

💢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Boysun tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning Chilonzor mahallasi xududida joylashgan O'zbekiston Respublikasi Qorako'lchilik va pillachilikni rivojlantirish qo'mitasiga qarashli qishloq xo'jalik xaritasining 990q-dala konturdagi 0,06 gektar yaylov yer maydoniga fuqaro O'.Abdurayimov tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olinib uy-joy qurish maqsadida tosh va shag'al to'kganligi holati aniqlandi,

📝 Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Boysun tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan fuqaroga 15 kunlik muddatda ushbu holatni o'z ixtiyori bilan bartaraf etishi aks holda tegishli tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilishi haqida rasmiy ogohlantirish xati berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.


Ayni paytda holat fuqaroning o'z ixtiyori bilan bartaraf etildi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlar va ularga tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Kadastr #jarimalar #ma'muriy_bo`lim

📌Joriy yilning o'tgan davr mobaynida Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining hududiy bo'limlar inspektorlari tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlari natijasiga ko'ra, jami 1418 ta holatda ma'muriy javobgarlikka tortilgan 2 927 872 600 mlrd. so‘m miqdorda maʼmuriy jarimalar qo‘llanilib, 250 636 516 mln. so‘m undirgan.

🔶Xususan, Muzrabot tumanida 169 ta (698 010 000 mln. so‘m qo‘llanilib, 37 355 500 mln. so‘m undirilgan), Qumqo`rg`on tumanida 219 ta (248 805 000 mln. so‘m qo‘llanilib, 68 608 966 mln. so‘m undirilgan), Termiz tumanida 126 ta (108 720 600 mln. so‘m qo‘llanilib, 23 524 550 mln. so‘m undirilgan), Bandixon tumanida 98 ta (154 480 000 mln. so‘m qo‘llanilib, 15 251 500 mln. so‘m undirilgan) Uzun tumanida 56 tani (84 426 000 mln. so‘m qo‘llanilib, 20 022 000 mln. so‘m undirilgan) tashkil etib, yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
​​Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yil davomida aniqlangan bo‘sh yer uchastkalari to‘g‘risida.

🔹💢 Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida jami 9 149 ta yaʼni
331,18 gektar
bo‘sh Yer uchastkalari aniqlanib 9 149 tasi YERELEKTRON avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlar muhokamasiga kiritilgan.

🔹🌏 Ushbu YERELEKTRON avtomatlashtirilgan axborot tizimi kiritilgan yer maydonlarining 4 244 ta, yaʼni 191,16 gektari auksion savdolariga chiqarilib, shundan 1234 tasi yaʼni 87,91 gektar auksion savdolari orqali 13 mlrd. 241 mln so‘m miqdorda auksion savdolari orqali sotilgan bo‘lib 4 980 ta ishchi o‘rin yaratilgan.

📝 YERELEKTRON avtomatlashtirilgan axborot tizimi kiritilib hozirda auksion savdolari orqali sotilgan yerlarni tumanlar kesimida tahlil qilinganda:

🔰 Angor tuman 97 ta
🔰 Bandixon tuman 50 ta
🔰Boysun tuman 86 ta
🔰Denov tuman 58 ta
🔰Qiziriq tuman 54 ta
🔰Sherabod tuman 100 ta
🔰Jarqo‘rg‘on tuman 99 ta
🔰Qumqo‘rg‘on tuman 105 ta
🔰Sho‘rchi tuman 48 ta
🔰Muzrabod tuman 111 ta
🔰Oltinsoy tuman 79 ta
🔰Sariosiyo tuman 54 ta
🔰Termiz tuman 137 ta
🔰Uzun tumanida 50 ta
🔰Termiz shahar 106 ta

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦 Davlat kadastrlari palatasi korrupsiyani oldini olishda izchil harakatlarni amalga oshirmoqda.

🟦 Bu illatga qarshi asosiy kuch insonning o‘zi ekanligini yaxshi anglagan holda, jiddiy xulosaga undovchi, tarbiyaviy ahamiyatga ega videoroliklar tayyorlashni boshladi.

🎞Ulardan ilk namunasini Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati taqdim etadi.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi #videorolik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasining
728-son qonunining 10-moddasiga asosan

Xususiylashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:

🔺Yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
🔺O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
🔺Xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari;
🔺Bo‘sh turgan yer uchastkalari.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo #yer_nazorati #Boysun

💢Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Boysun tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning Sayrob massivi hududida joylashgan O'zbekiston Respublikasi Qorako'lchilik va pillachilikni rivojlantirish qo'mitasiga qarashli qishloq xo'jalik xaritasining 990q-dala konturidagi 0,07 gektar yer maydoniga fuqaro U.Boyqobilov tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olinib 0,02 gektari uy-joy qurish maqsadida poydevor (fundament) quyilgan qolgan yer maydoni tomorqa sifatida foydalanib kelayotganligi holati aniqlandi,

📝 Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Boysun tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan fuqaroga 15 kunlik muddatda ushbu holatni o'z ixtiyori bilan bartaraf etishi aks holda tegishli tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilishi haqida rasmiy ogohlantirish xati berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.


Ayni paytda holat fuqaroning o'z ixtiyori bilan bartaraf etildi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati tomonidan o‘tayotgan yil davomida oldinga qo‘yilgan rejalar qay darajada bajarildi?

📆 Palataning boshqarma va bo‘limlari tomonidan 2021 yil davomida qilingan ishlar va kelgusi rejalar “Yilnoma”ning turkum ma’lumotlarida.

📊Davlat kadastrlari palatasi Yerlarni auksionga chiqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Zuhriddin Fahriddinov qilingan ishlar haqida ma’lumot beradi.

#DavKadastrPalata #yilnoma #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Tanqidiy fikrlash bilan "negativ" fikrlashning farqi nima?

Olaylik, "Manavi narsa noto'g'ri" deyildi. Keyin u narsa to'g'rilanadi yo to'g'rilashga harakat boshlandi. Tanqidchi "Xo'p, qani ko'raylikchi, nima bo'larkin?" deydi, nimadir bo'lsa, bo'lganini tan oladi, bo'lmasa, bo'lmaganini aytadi. YA'ni jarayonga qo'shilib, ichida turadi, shubha bo'ladi ichida, umid bo'ladi.

Negativ fikrlovchi esa "Nima qilsang ham, foydasi yo'q" deydi, nimadir o'xshamay qolishini kutadi, o'xshamay qolsa "Aytuvdim-ku" deydi, o'xshasa indamay ketadi (yaxshisi), yo o'xshamadi baribir deb tan olmay turaveradi (yomoni).

Tanqidchi o'zgartiradi, negativchi o'zgartirmaydi, tanqidchining fikri o'zgaradi, negativchiniki hech qachon, tanqidchi - ishtirokchi, negativchi - tomoshabin, tanqidchi o'sadi va o'stiradi, negativchi cho'kadi va cho'ktiradi, tanqidchi saralaydi, negativchi faqat qoralaydi, tanqidchi ochiq, negativchi yopiq va hokazo
🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
Kadastr test savollarida faol qatnashing.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining umumiy yer maydoni qancha?
Anonymous Quiz
56%
384638
23%
83444
2%
1515
7%
4274
12%
86202
KUN HIKMATI

🔰Odamning haq yo'lda bo'lishi uncha murakkab masala emas. Haq yo'lda ekaniga boshqalarni ishontira olishi mushkulroq.
🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo #yer_nazorati #Oltinsoy

Oltinsoy tumani Shirin massivida faoliyat yuritayotgan Sayfiddinov Abdulxamid fermer xo'jaligi qarashli qishloq xo'jalik xaritasining 350q-dala konturidagi 4x8 hajmdagi yer maydoniga Jobu mahallasida yashovchi fuqaro T.Mamatqulov tomonidan o'z boshimchalik bilan egallangan yer maydoni fuqaro tomonidan bartaraf etilib, fermer xo'jaligi hisobiga qaytarib berildi.
📹 Videorolik
🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
🔷 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlar va ularga tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Live #Navbatdagi _siyosiy-maʼrifat #soati

⭕️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqda.

🌀Mazkur "Siyosiy - maʼrifiy soat" haftaning har juma kunida tashkil etilmoqda.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati