SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
19K photos
2.33K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
КУН ҲИКМАТИ
Ҳеч нарсадан қўрқманг, чўчиманг, бир қадам ташланг ва сиз орзу қилган йўл ўз - ўзидан пайдо бўлади.

🇺🇿Бизларни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг:
Telegram Instagram YouTube
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Кадастр агентлиги фаолияти такомиллашмоқда
#22sept #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
# Инфографика
Сурхондарё вилояти Термиз тумани 8 та ер тоифалари бўйича

🇺🇿Кадастр агентлиги Сурхондарё вилояти бошқармаси матбуот хизмати:
https://t.iss.one/surxonkadastr
​​23-Sentabr, Saqich (zvachka) ixtiro qilingan kun.

🔴Bundan *166 yil oldin ya’ni 1848 yilda *saqich ixtiro qilingan. Saqich shirinlikning bir turi bo’lib, bu ixtiro muallifi Jon Kurtisdir. Eng qadimgi saqich turi eramizdan avvalgi *7-2 asrlarga* tegishli bo’lib, u Shimoliy Yevropadagi qazish ishlarida topilgan. U qora quyuq moddali yelim ko’rinishida odam tishlarining izi saqlanib qolgan.

🟣Qadimgi greklar mastika daraxtining (yelimini) shirasini chaynashgan. Mayya hindulari bo’lsa bundan ming yillar avval tishlarni tozalash maqsadida sapodilla daraxtining qotib qolgan shirasidan foydalangan. Janubiy Amerikada esa Mayyaning zamondoshlari ignabarg (xvoya) daraxtining qotib qolgan shirasini chaynashgan.

🟢Bu odatni ularda oq tanli ko’chmanchilar o’rganib, ignabarg daraxti shirasi va asalari mumidan saqich yaratib chaynashga
n. *1848 yilda* amerikalik *Djon Kurtis *qarag’ay (sosna) daraxtidan saqich ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Keyinchalik Kurtis o’z maxsulotiga parafinli xushbo’y hid beruvchi moddalarni qo’shishni boshladi.

🔵Asta-sekin ishlab chiqarish kengaysada, qotib qolgan yelim (smola) tarkibidagi aralashmalarni yo’qotish qiyin bo’lgani sababli saqichlarni sotish hajmi past edi.

🏢Davl
at kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🇺🇿A'zolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Йирик инвестиция лойиҳасини амалга ошириш учун энг яхши таклифлар танлаб олинади

Ҳукумат қарори (592-сон, 21.09.2021 й.) билан Йирик инвестиция лойиҳасини амалга ошириш учун энг яхши таклифни танлаб олишнинг маъмурий регламенти тасдиқланди.

💰 Маъмурий регламентга кўра, йирик инвестиция лойиҳаси дейилганда қиймати камида 10 миллион АҚШ доллари эквивалентидаги инвестиция лойиҳаси тушунилади.

☑️ Лойиҳани амалга ошириш учун энг яхши таклифлар Ташқи савдо, инвестициялар, маҳаллий саноатни ривожлантириш ва техник жиҳатдан тартибга солиш масалалари бўйича Ҳукумат комиссияси томонидан танлаб олинади.

🔰 Лойиҳа доирасида:

қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ерларда – фақат қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариши учун қишлоқ хўжалиги мақсадларида;

қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ерларда – қонунчилик билан тақиқланмаган ҳар қандай фаолиятни амалга ошириш мумкин.

⚠️ Якка тартибдаги уй-жой ва кўп квартирали уйлар қурилишини назарда тутувчи лойиҳалар йирик инвестиция лойиҳаси ҳисобланмайди ва кўриб чиқилмайди.

Танланган ерга бўлган ҳуқуқнинг бозор қийматидан кам қийматдаги йирик инвестиция лойиҳаси бўйича таклифлар кўриб чиқилмайди.

🖥 Бўш турган ер участкаси бўйича ҳужжатлар йиғма жилди Кадастр агентлигининг Давлат кадастрлари палатаси томонидан “YERELEKTRON” AAT орқали тайёрланади.

📝 Талабгор йирик инвестиция лойиҳасини амалга ошириш бўйича фақат ДХМ ва ЯИДХП орқали ариза билан мурожаат этади.

💰 Ариза ДХМ орқали тақдим этилганда БҲМнинг 1 баравари (270 минг сўм) миқдорида йиғим ундирилади.

🌐 ЯИДХП орқали мурожаат этилганда бу миқдор 243 минг сўмни ташкил этади.

Ишчи орган (Инвестициялар ва ташқи савдо вазирлиги) ариза ва ҳужжатларни 3 иш куни ичида кўриб чиқади.

🔎 Камчиликлар аниқланмаса, лойиҳа Ҳукумат комиссиясига киритилиб, 10 иш кунида концептуал жиҳатдан кўриб чиқилади.

📌 Лойиҳани амалга ошириш мақсадга мувофиқ деб топилган тақдирда, Давлат кадастрлари палатасига бўш турган ер участкасини аниқлаш бўйича сўров юборилади.

🔄 Давлат кадастрлари палатаси сўров келиб тушган кундан бошлаб 20 иш куни ичида электрон шаклда ер участкаси бўйича ҳужжатлар йиғма жилдини тайёрлайди ҳамда ваколатли ташкилотлар билан келишилади.

📲 Йирик инвестиция лойиҳасига муқобил таклифлар Ишчи органнинг расмий веб-сайтида эълон берилган кундан бошлаб 60 кун давомида (60-кун соат 24:00 гача) қабул қилинади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from E-AUKSION (Zohirshoh)
O'zbekistonning barcha hududlaridan tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini sotib oling.

19100 ga yaqin tadbirkorlik uchun yer uchastkalari

▪️
Qoraqalpog'iston Respublikasidan 1254 ta (ko'rish)
▪️Andijon viloyatidan 1483 ta (ko'rish)
▪️Buxoro viloyatidan 1004 ta (ko'rish)
▪️Jizzax viloyatidan 2332 ta (ko'rish)
▪️Qashqadaryo viloyatidan 1902 ta (ko'rish)
▪️Navoiy viloyatidan 588 ta (ko'rish)
▪️Namangan viloyatidan 917 ta (ko'rish)
▪️Samarqand viloyatidan 1757 ta (ko'rish)
▪️Surxondaryo viloyatidan 2414 ta (ko'rish)
▪️Sirdaryo viloyatidan 1061 ta (ko'rish)
▪️Toshkent shahridan 29 ta (ko'rish)
▪️Toshkent viloyatidan 512 ta (ko'rish)
▪️Farg'ona viloyatidan 2415 ta (ko'rish)
▪️Xorazm viloyatidan 1441 ta (ko'rish)

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Кадастр агентлиги фаолияти такомиллашмоқда
#22sept #uzbekiston24
O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 iyul 702-son qonuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan.

Ushbu qonun 5-bob 25-moddadan iborat.

5-modda. Qonuniylik prinsipi

Fazoviy ma’lumotlar sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

6-modda. Fazoviy ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi prinsipi

Fazoviy ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi:
davlat geodeziya, nivelir va gravimetriya tarmoqlarini ishlash holatida saqlab turish;
davlat topografik xaritalarini kartografik monitoring qilish va uzluksiz yangilab borish tizimini joriy etish;
tartibga solingan koordinatalar tizimlaridan va mavjud bazaviy fazoviy ma’lumotlardan davlat axborot resurslarini hamda yangi bazaviy fazoviy ma’lumotlarni yaratishda foydalanish;
bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlar hamda metama’lumotlarning doimiy monitoringi, ilmiy-texnik ekspertizasi va nazoratini amalga oshirish hisobidan ta’minlanadi.

7-modda. Bazaviy fazoviy ma’lumotlarning ochiqligi va ulardan foydalana olish prinsipi

Bazaviy fazoviy ma’lumotlarning ochiqligi va ulardan foydalana olish:
bazaviy fazoviy ma’lumotlar tarkibida davlat sirlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni, shuningdek foydalanilishi qonunchilikka muvofiq cheklangan boshqa axborotni tashkil etadigan ma’lumotlarning mavjud emasligi;
foydalanuvchilarga bazaviy fazoviy ma’lumotlardan erkin foydalanish, shu jumladan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘i orqali foydalanish imkoniyatini berish hisobidan ta’minlanadi.

8-modda. Fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarning himoyalanganligi prinsipi

Fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarga ishlov berish ularning himoyalanganligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarni himoya qilish:
shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish;
qonunchilikda belgilanadigan hollarda ushbu ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash;
ularning buzilishi va soxtalashtirilishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati.
🇺🇿A'zolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
Forwarded from Zarnews.uz
Кадастр агентлиги Росреестр билан ҳамкор бўлди

Кадастр агентлигида Росреестр раҳбари Олег Скуфинский бошчилигидаги делегация билан учрашув доирасида кўчмас мулкни рўйхатга олиш тизими, фазовий маълумотлар инфраструктураси мавзусида икки давлат тажрибаси алмашилди ҳамда ахборот тизимлари бўйича тақдимот бўлиб ўтди.

👉 https://zarnews.uz/q8h3

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube
Давлат фуқаролик хизматида коррупцияга қарши курашиш ва унинг олдини олишга оид Қўшма қарор имзоланди

Қарор билан:
🔷 давлат фуқаролик хизматида коррупцияга қарши курашиш ва унинг олдини олиш бўйича самарали ички назорат тизимини жорий этиш;

🔷 замонавий усуллар ва ахборот-коммуникация технологиялари асосида коррупцияга қарши мониторинг олиб бориш;

🔷 давлат фуқаролик хизматида коррупциянинг олдини олишга қаратилган самарали воситаларни жорий этиш орқали миллий бошқарув тизими ҳамда кадрлар маъмуриятчилигининг халқаро рейтингларда нуфузини ошириш чоралари белгиланди.

👉Батафсил👈

Facebook | Telegram | Twitter |YouTube| anticorruption.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Huquqiy_asoslar #Davlat_kadastrlari_palatasi #Vazifalar

🔰 Loyiha doirasida:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda – faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq xo‘jaligi maqsadlarida;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda – qonunchilik bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.

⚠️ Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investisiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlangan yerga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investisiya loyihasi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

🖥 Bo‘sh turgan yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali tayyorlanadi.

BATAFSIL
#ҳалк_билан_бирга #Узун _тумани

Мурожаатлар ўз ечимини топмоқда.

📘
Хабарингиз бор мурожаатларни ўз вақтида ўрганиш ва уларга ечим топиш аҳолини қийнаб келаётган бир қанча муаммоларини қонун доирасида бартараф этиш ва уларга тўғри йўл кўрсатиб маслаҳатлар бериш борасида Кадастр агентлиги ходимлари томонидан мурожаатлар ўрганилиб чиқилмоқда .

📚Жумладан Узун тумани Б.Очилов ҳудуди “Мустақилликнинг 22 йиллиги” маҳалласи яшовчи фуқаро А.Усаров Туманда фаолият юритиб келаётган "Аббос Абдураимов" фермер хўжалик раҳбари Ш.Хусанов хатти ҳаракатидан норози бўлиб, қилган мурожаати Кадастр агентлиги Сурхондарё вилояти бошқармаси мутахассислари томонидан жойида ўрганилиб, "Аббос Абдураимов" фермер хўжалигига тегишли 105қ-дала контуридан 0,06 гектар жами 0,12 гектар ер майдонини ўзбошимчалик билан эгаллаб 2 хонали уй-жой қуриб яшаб келаётганлиги аниқланиб тегишли чоралар кўрилди.

🏢 Давлат кадастрлари палатаси Сурхондарё вилояти ахборот хизмати.
🇺🇿Аъзолик— https://t.iss.one/surxonkadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #video_slayd
⭕️“Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–708-son, 16.08.2021 y.) O'zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan imzolandi.
🏢 Давлат кадастрлари палатаси Сурхондарё вилояти бошқармаси ахборот хизмати.
🇺🇿Аъзолик— https://t.iss.one/surxonkadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi
KORRUPSIYAHalokatga yo'l
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati.
🇺🇿A'zolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #jarimalar #mamuriy_bulim

🔰Joriy yilning 8 oyi davomida Agentlikning hududiy organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 23 584 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik holatlari aniqlanib, mazkur holat bo‘yicha ma’muriy ishlar Agentlikning hududiy organlari tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ma’muriy javobgarlikka tortilgan 23 584 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook