SURXONDARYO KADASTR
1.95K subscribers
19.6K photos
2.37K videos
22 files
11.6K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

XATLOVDAGI TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, 2024-yilning 8-noyabridan respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📍 FARG‘ONA VILOYATIDAGI XATLOV NAZORATI

⭐️ Kadastr agentligining 🌟 Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev Farg'ona viloyatida bo'lib, Quva, Buvayda tumanlari hamda Qo'qon shahrida O‘zbekiston Respublikasi 937-sonli Qonuniga ko'ra o'tkazilayotgan xatlov jarayonlari ijrosi bilan tanishdi. Unda:

💬Kadastr hujjatlari yuritilishi, yer maydonlarining huquqiy holati va amalga oshirilayotgan xatlov ishlari ko‘rib chiqildi.

💬 Xatlov jarayonlaridagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

▪️Nazorat ishlari davom etmoqda...

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Egalik huquqini e'tirof etish uchun bir martalik to'lov miqdorlari


➡️ Toshkent shahrida - BHMning besh baravari miqdorida;

➡️ Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida - BHMning uch baravari miqdorida;

➡️ viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda - BHMning ikki baravari miqdorida;

➡️ boshqa aholi punktlarida - BHMning bir baravari miqdorida.

😮 Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 😀😃😄😆😊

So'ragan edingiz...


Ko'plab murojaatlar orasida "Auksionda qatnashish boyicha nima qilishim kerak, bu tizim qanday ishlaydi?"- degan savollarga ham ko'p bora duch kelamiz. Ana shu savolingizga mazkur videoqo'llanma mazmunli javob bo'ladi degan umiddamiz.

"E-AUKSION" platformasidan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma quyidagilarni o'z ichiga oladi:

🔘ro'yxatdan o'tish
🔘ma'lumotlarni to'ldirish
🔘bepul elektron raqamli imzo kalitini olish
🔘shaxsiy hisobni to'ldirish
🔘lot uchun ariza berish
🔘mablag'ni shaxsiy kabinetdan qaytarish
🔘ariza bergan ishtirokchilar soni bilan tanishish
🔘auksionlarni ro'yxatdan o'tmasdan kuzatib borish

#DavKadastrPalata #auksion #so_ragan_edingiz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi


📃 Qonun (O'RQ-1028-son, 12.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Qonun bilan “Ipoteka to'g'risida”gi, “Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida”gi, “To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida”gi qonunlarga ipoteka munosabatlariga elektron garov xatini joriy etishni, bunday garov xati bilan ta'minlangan majburiyatlarni bajarishni, u bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazishni va undan foydalanishga doir boshqa mexanizmlarni belgilashni, shuningdek talab qilish huquqlari hamda garov xati tugatish massasiga kiritilmasligini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

🎚 Bunda, “Ipoteka to'g'risida”gi qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:

🔹Elektron garov xatiga o'zgartirishlar kiritish garov xatining qonuniy egasi va garovga qo'yuvchi tomonidan elektron garov xatiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi kelishuv (qo'shimcha kelishuv) shaklini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida to'ldirish orqali amalga oshiriladi;

🔹Elektron garov xatlari bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish depo hisobvarag'iga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Elektron garov xatiga doir huquqlar oluvchining depo hisobvarag'iga tegishli yozuv kiritilgan paytdan e'tiboran unga o'tadi va depo hisobvarag'idan ko'chirma bilan tasdiqlanadi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar


◼️Barchamizga ma'lumki, korrupsiya bugun butun dunyo miqyosidagi global muammolardan biri bo'lib, unga qarshi kurashish jamiyatning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Ayni shu yo'nalishda Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan ham samarali ishlar amalga oshirib borilmoqda.

◼️ Xususan hududlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi mutaxassislari tomonidan xodimlar o'rtasida “O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi O'RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda uning ijrosini ta'minlash jarayonida manfaatlar to'qnashuviga, korrupsion holatlarga yo'l qo'ymasliklari haqida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

▫️Jizzax viloyati
1 2 3 4
▫️Navoiy viloyati
▫️Sirdaryo viloyati 1 2
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi 1 2 3
▫️Toshkent viloyati 1 2 3
▫️Surxondaryo viloyati 1 2 3
▫️Xorazm viloyati 1
▫️Toshkent shahri 1
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerni ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi

📃 “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-26-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

◼️ Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-maydan “Yangi O'zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib o'rnatiladi:

yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolarida qatnashish, ko'p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizatsiya qilishga faqat QQSni to'lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;

yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obyektni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko'rsatiladi;

auksion savdolarida yer uchastkasini ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo'yicha yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi;

🗓 2025-yil 1-martdan “Yangi O'zbekiston” massivlarida ko'p kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan ko'pi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovdan xabarlar


📍Qashqadaryo viloyati , Qarshi shahri

➡️ Bizni kuzatib boring, zero navbatdagi videolarimizda sizning yaqiningiz fikr bildirishi mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar


Ko‘chmas mulkni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish — ko‘chmas mulkni tekshirish natijalari asosida ko‘chmas mulkning mavjudligi, joylashgan yeri, tarkibi, maydoni, holati, qiymati va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘plash, aniqlash hamda ularga ishlov berishdir.

▫️ Asos: O'RQ-803 28.11.2022

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bino va inshootlar haqida onlayn maʼlumot oling!

◼️Hozirgi kunda fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

📃Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

- joylashuv manzili;
- kadastr raqami;
- turar joy yoki noturar joyligi;
- umumiy maydoni;
- huquqiy egasi (egalari);
- bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
- huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
- cheklanish mavjudligi;
- kadastr qiymati.

◼️Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Milliy liboslar – ulug'vorlik va faxr!


🇺🇿 O‘zbek milliy liboslarining go‘zalligini namoyon etish va boy madaniyatimizni targ‘ib qilish maqsadida "Milliy liboslar kuni" haftaning har juma kuni o'tkazilmoqda. Bu tashabbus xalqimizning an’ana va urf-odatlarini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi jamoasi ushbu targ‘ibot tadbirida faol ishtirok etib, milliy liboslarimizni kiyish va qadrlash an’anasini davom ettirishmoqmoqda. Chunki milliy libos – bu nafaqat kiyim, balki millatning necha yillardan beri saqlanib, qadri yanada oshib kelayotgan bebaho merosidir!

👍 Siz ham o‘zbek bosh kiyimi va liboslarida yanada ulug‘vor ko‘rinishingizni unutmang!

#DavKadastrPalata #milliylik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦🟦

Kadastr muhandisligi uchun malaka imtihonlari

🗓 Rejaga muvofiq, kecha va bugun Davlat kadastrari palatasi Markaziy apparatida ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandislarining belgilangan talablarga mos ekanligini tekshirish maqsadida navbatdagi imtihonlar o'tkazilmoqda.

56 nafar talabgorlar bosqichma-bosqich test sinovlarida ishtirok etmoqdalar hamda muvaffaqiyatli topshirgan muhandislar malaka shahodatnomasiga ega bo'ladilar.

▶️ Jarayonlarni Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali jonli efirga uzatilib kelinmoqda. Navbatdagi imtihon jarayonlarini siz ham kanalimizga obuna bo'lgan holda kuzatishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun respublika kadastrchilari milliy libosda


🇺🇿 Dunyo xavas qiladigan milliy liboslarimiz bor: o‘zbek do‘ppisi, milliy liboslari, beqasam to‘ni.

🇺🇿 Uni kiyganda har bir o‘zbek - o‘z millatining qanchalik boy tarixga ega ekanligini qalbida his qiladi. Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining butun respublika jamoasi bu ulug‘vor tuyg‘uni qalbidan o‘tkazdi.

🫥 Siz ham mazkur tashabbusga qo‘shiling, o‘zbekning ko‘rkam liboslarida namoyon bo‘ling!

#DavKadastrPalata #milliylik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM