SURXONDARYO KADASTR
1.97K subscribers
21.5K photos
2.54K videos
22 files
12.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#huquq #bilasizmi

⚡️Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

💠xususiy mulk huquqini tan olish;

💠xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;

💠bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;

💠davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish;

💠xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;

💠burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

💠zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash;

💠xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash;

💠davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi;

💠mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yetim bolalarga ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari uchun davlat boji undirilmaydi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

Asos: 29.04.2022-yildagi PQ-230-son Qaror

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer nazorati tadbirlari Muzrabot tumanida.

⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Muzrabot tuman bo'lim inspektorlari tomonidan tumanning "Fayziobod" mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan davlat zaxirasida bo'lgan 0.04 gektar yer maydonidan o'zboshimchalik bilan egallab, foydalanib kelayotganligi holati aniqlandi.

⭐️ Aniqlangan holat yuzasidan, Muzrabot tuman bo'limi inspektorlar tomonidan fuqaroning o'zboshimchalik bilan egallab olgan yer maydoniga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 60-modda, 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu yer maydonini o'z holatiga qaytarish bo'yicha ogohlantirish xati berildi.

Shundan so'ng, fuqaro tomonidan egallab olingan yer maydoni ixtiyoriy ravishda davlat zaxirasiga qaytarilishi ta'minlandi.

✔️ Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 01-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko'rib chiqiladi.


❗️ Unutmang ‼️ Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺 SURXONDARYODA XATLOV JARAYONLARI

🗓 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

➡️Suratlarda: 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Uzun tuman filliali xodimlari ishtirokida "Yangiroʻzgʻor ” MFY" mahallasida xatlov jarayonlari.

🗣Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Egalik huquqiga doir hujjatlar "E'tirof" AAT dasturida kelishiladi


🇺🇿 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli ma’lumotlarni va hujjatlarni kelishish Kadastr agentligining "E'tirof" avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

🫥 Bunda ma’lumotlar hamda hujjatlar avtomatlashtirilgan axborot tizimiga Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan kiritiladi.

🫥 Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 SURXONDARYODA XATLOV JARAYON DAVOM ETMOQDA

🫥 Joriy yil 8-noyabridan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

⭐️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassislari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari nazoratdan o‘tkazildi.

Ayni damda, 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Jarqo'rg'on tuman filiali xodimlari ishtirokida tumanning "Qo'ldovli” MFY" mahallasida xatlov ishlariga jalb qilingan xodimlarning korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliglari, ish faoliyatlarini to‘g‘ri va xolis olib borishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, ish jarayonlari alohida nazoratga olindi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥 Navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

💠 Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda ⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari hamda ⭐️ Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi xodimlari ham ishtirok etishdi.

➡️ Mazkur o‘quv soatida spikerlar tomonidan hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz  platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠Hududlarda xatlov ishlari o‘tkazilmoqda

🌏 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida ⭐️Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

◾️Qoraqalpog‘iston Respublikasi
◾️Andijon viloyati
◾️Buxoro viloyati
◾️Farg‘ona viloyati
◾️Jizzax viloyati
◾️Namangan viloyati
◾️Navoiy viloyati
◾️Qashqadaryo viloyati
◾️Samarqand viloyati
◾️Sirdaryo viloyati
◾️Surxondaryo viloyati
◾️Toshkent viloyati
◾️Xorazm viloyati
◾️Toshkent shahri

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM