SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#yer_nazorati_Qiziriq_tumani

⚡️Yer nazorati tadbirlari Qiziriq tumani hududida ham olib borilmoqda.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Qiziriq tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan, tumanning "Yakka terak" mahallasi hududida yashovchi fuqaro tomonidan davlat zaxirasidagi 0.05 gektar yer maydonini  o‘zboshimchalik bilan egallab olib, 50.0 kv.metrdan iborat Molxona binosi qurib olganligi holati aniqlandi

Ushbu holat yuzasidan, Kadastr inspektorlari tomonidan fuqaroning noqonuniy Molxona binosiga nisbatan O‘zR MJTKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xati berildi.

❗️Unutmang! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌱Yosh kadastrchi

🇺🇿 Respublikamizda “2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan yoshlarga ko'plab imtiyoz va imkoniyatlar yaratilmoqda. Buni navbatdagi tayyorlangan lavhadagi Surxondaryolik yosh kadastrchi misolida ko'rishingiz mumkin.

📹 Mazkur videorolikda 2022-yil Oliy ta'lim muassasida "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan tashkillashtirilgan tanlovda g'olib bo'lib, Kadastr agentligi direktorining imtiyozli ishga qabul qilish vaucherini qo'lga kiritib, hozirda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz tuman filialida ish olib borayotgan "Yosh kadastrchi" faoliyati yoritilgan.

#DavKadastrPalata #yosh_kadastrchi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali
#Kadastr

▶️ Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

❗️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5,1 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati
⚡️Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

✉️Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

Xizmatdan foydalanish hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
BHMning 0,03 baravar miqdorida (10 200 ming so‘m);
my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,027 baravari
(9 180 ming so‘m).


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


🌐 Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi

◼️Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli tashkilotlar “YERELEKTRON” AAT orqali:

- tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan muhofaza zonalari hududlarning geografik joylashuvini;
- ushbu hududda olib borilishi mumkin bo‘lmagan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyat turini hamda qurilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxatini keltirgan holda hududlarning geografik joylashuvini Kadastr agentligiga taqdim etib borishlari shart.

◼️Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarning geografik joylashuvi “YERELEKTRON” AAT orqali Kadastr agentligi tomonidan belgilanadigan shaklda taqdim etiladi.

◼️Hududlarning geografik joylashuvi davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar tomonidan real vaqt rejimida WGS-84 koordinatalar tizimida yangilanadi.
Ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligi yuzasidan davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlari javobgardir.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Surxondaryo viloyati, Angor tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

◼️Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Abdiraxmanov hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ i Sh.Suvonov ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 29-Iyun, soat 10:00 da

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Angor tumani, Sharq guli mahallasi, , 9-sonli Bolalar Musiqava sanat maktab binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 (55) 451-22-19 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с Днем работников печати и средств массовой информации группы работников сферы"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"RAHBAR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI

🇺🇿Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani juda ham ahamiyatlidir. Barcha sohada bo‘lgani kabi Kadastr tizimida ham bugungi kunda intiluvchan yoshlarni qo‘llab quvvatlashga alohida eʼtibor berilib kelinmoqda.

🔴 Bugun Termiz muhandislik texnologiya instituti hamkorligida Geogezya kadastr va kartografiya yo‘nalishidagi talabalari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

🔴 Unda⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Abdiraxmanov hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sh.Suvonov ishtirok etishib kadastr sohasida yoshlarga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar borasida so‘z yuritdi.

🔴Rahbar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Eʼtiborlisi tadbirda, bitiruvchilar tomonidan kadastr sohasini rivojlantirish borasida yangicha taklif va g‘oyalar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, yoshlar ishga joylashish, sohada amaliyot o‘tash va amaliy mashg‘ulotlar uchun paligonlar masalalari yuzasidan murojaat qilishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi.

Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy.

Batafsil yuqoridagi infografikada.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat


⚡️Kecha va bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Uyingizni kadastr hujjatlarini yo‘qotib qo‘yib arxivdan ham topa olmayotgan bo‘lsangiz siz uchun foydali tavsiya” mazmunidagi postda ayrim ma'lumotlar noto‘g‘ri ekanligi bo‘yicha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi ogohlantirib, mazkur video orqali batafsil ma'lumotlarni taqdim etadi.

Shu o'rinda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va faollaridan ommaga taqdim etayotgan ma’lumotlar huquqiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini, davriy o‘zgarish va yangilanishlarga mosligini tekshirib olishlarini so'rab qolamiz!

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida🟢

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining barcha 15 ta tuman (shahar) filiallari xodimlari “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etish uchun "mahallabay", "xonadonbay" ish tashkil qilingan.

🫥Shu bois, ⭐️Kadastr xodimlari tomonidan "Aholi manfaatlari yo'lida" Denov tumanlarida yashovchi bir qancha fuqarolarga Kadastr sohasiga oid murojaatlar borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🫥Maqsadimiz xalqimizni kadastr xizmatidan rozi qilishdir.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Matbuot xizmati

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM