SURXONDARYO KADASTR
1.87K subscribers
18.8K photos
2.28K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, garov xatini rasmiylashtirish toʻlov miqdori qancha

📃 Ipotekani, shuningdek, ijara huquqini (yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi bundan mustasno), yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish uchun toʻlov miqdori Bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari (425 000 so'm) etib belgilandi.

📄Asos: 🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023-yildagi 424-son qarori.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA🫥

⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

⚖️ Sho'rchi tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda tuman yo'llardan foydalanish U/K ga tegishli bo'lgan yo'lning muhofaza zonasidan 0,01 gektar yer maydoni fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olib, bostirma o'rnatib olganligi holati aniqlandi.

🫥 Aniqlangan holat yuzasidan, fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.

Shundan so‘ng fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilma joyning o‘zida bartaraf etildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati:

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

OAV biz haqimizda

⭐️🌟Xabar berganimizdek, kuni kecha Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida ""UZKAD" tizimiga o'tish jarayonlari" mavzusida matbuot tadbiri bo'lib o'tgan edi.

▶️ "UZKAD" tizimi va unga o'tish jarayonlari, imkoniyatlar, afzalliklari va qulayliklar haqida batafsil yoritilgan lavha "Toshkent" telekanali "Poytaxt" informatsion dasturining o‘zbek va rus tilidagi dasturlarida efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata  #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligi xodimlari 🇰🇷Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi Yer va fazoviy maʼlumotlarni axborotlashtirish (LX) korporatsiyasining Seuldagi Global markazida malaka oshirdi.

Malaka oshirish kurslari 20-29 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik masʼullari:

📱 Koreya manzillar reestri tizimi bilan tanishuv;
🌐Koreya yer siyosati va kadastr tizimi bilan tanishuv;
🌐Fazoviy maʼlumotlar yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash siyosatini joriy etish;
🗺Koreyaning geofazoviy axborot siyosatining joriy holati;
⌨️Sunʼiy yo‘ldosh tasvir platformasi va tasvir tahlilini joriy etish;
📍Ko‘chmas mulk hujjatlarining tizimi bilan ishlash kabi mavzular bo‘yicha malakali mutaxassislar hamda professor o‘qituvchilardan bilim va ko‘nikmalar oldi.

Shuningdek, Geofazoviy axborot akademiyasi, LX malaka oshirish instituti, Milliy geografik axborot instituti (NGII), Incheon Metropolis shahri yer departamenti, Smart Seul hamda Koreya hududlarni rivojlantirish muzeyi faoliyati bilan tanishildi.

Malaka oshirish kurslari yakuni bo‘yicha agentlik masʼullari sertifikatga ega bo‘lishdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_Infografika.
🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 2024-yilning 3 oy davomida kelib tushgan murojaatlar tahlili.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
◾️ Халқ депутатлари Тошкент шаҳри Кенгашининг навбатдан ташқари сессияси бўлиб ўтмоқда. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.

◾️ 979 та ер участкасини аукционга чиқариш, қишлоқ хўжалигидан саноат ва аҳоли пункти тоифасига ўтган 175 гектар ерларни тадбиркорларга бериш орқали янги лойиҳаларни амалга ошириш мумкин.

◾️ Шаҳар ҳокимини тайинлаш масаласи овозга қўйилди. Овоз бериш натижаларига кўра, Шавкат Умурзоқов Тошкент шаҳри ҳокими этиб тасдиқланди.

◾️ Юнусобод туманида 6 минг хонадонли янги уй-жойлар қурилди, 8 мингта янги ўқувчи ўрни ташкил қилинди, 3 та олийгоҳ очилди. Хусусий боғча, мактаб ва шифохоналар сони бўйича ҳам Юнусобод пойтахтдаги етакчи туманлардан бирига айланди.

◾️ Президент пойтахтдаги 12 та туман бир-бири билан туташиб кетгани, уларни иқтисодий чегараси йўқлиги боис тадбиркорларга шароит яратиш ва аҳоли даромадларини ошириш бўйича бошқача ёндашув кераклигини таъкидлади.

◾️ Шундай лойиҳаларни банк филиаллари ўрнида ҳамда давлат ташкилотлари эгаллаб турган 24,5 гектар негизида ҳам амалга ошириш мумкин.

◾️ Президент ер ўта чекланган шароитда бор инфратузилмани вертикал ўстириш орқали саноат ва савдони ривожлантириш зарурлигига алоҳида эътибор қаратди.

◾️ Ижтимоий соҳада хусусий шериклик лойиҳаларини кўпайтириш орқали ҳам иш ўринларини яратиш мумкинлиги таъкидланди.

◾️ Шунингдек, тумандаги 44 та мактабни ўтган йили 4 минг 400 нафар ўқувчи битирган бўлиб, 1 мингтаси IELTSдан юқори балл олган. Улардан 3,5 мингтаси ёки 78 фоизи олийгоҳларга кирган.

◾️ Йиғилишда Юнусободда ўтказилган бир ҳафта ўрганиш давомида 600 миллион доллар инвестиция жалб қилиш, 35 мингта юқори даромадли иш ўрни яратиш учун имкониятлар аниқлангани қайд этилди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM