SURXONDARYO KADASTR
1.97K subscribers
19.7K photos
2.38K videos
22 files
11.7K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Kadastr_agentligi #imtiyoz

⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilgan.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilgan.

Bu norma 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra belgilangan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Termiz_shahri

🫥🫥Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda🫥🫥

⭐️Kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan shaharning Kattabog' mahallasi hududidan fuqaro P.A. tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz shahar hokimligi zahira yer maydonidan 45.0 kv.metr o'lchamda noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlandi.

🔴Ushbu holat yuzasidan shahar inpektorlari tomonidan fuqaroga MJTKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ushbu yer maydonini 15 kun muddatda ixtiyoriy ravishda qurilgan qurilishlarni bartaraf qilinib, o'z holatiga qaytarish bo'yicha fuqaroga rasman ogohlantirish berildi.

🔄Natijada fuqaro tomonidan berilgan muddat ichida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoniga qurilgan qurilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilinib, yer maydoni o'z holatiga qaytarilishiga erishildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Matbuot xizmati

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥Kadastr aholi manfaatlari yo'lida🫥

💠 Xabaringiz bor, murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularga yechim topish, aholini qiynab kelayotgan bir qancha muammolarini qonun doirasida bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyatida «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining barcha tuman (filial) xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida yoshlar daftari va temir daftarga kiritilgan yoshlar va ayollarning kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.
💠Jumladan Sho`rchi tumanining Ko‘klam, Bobotog‘, Elbayon, hamda Ibn-Sino mahalla fuqarolari tomonidan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganilib chiqilib ijobiy hal etilgan.

📊 Ma'lumot o'rnida, o‘tgan hafta mobaynida Sho‘rchi tumani filialiga 10 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami10 ta murojaatdan 5 ta ijobiy hal qilingan, 4 ta huquqiy tushunchalar berilgan, 1 ta rad etilgan.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ALBATTA QATNASHING!

KADASTR AGENTLIGINING RASMIY SAHIFASINI QAYSI HUDUDDAN KUZATIB BORASIZ?
Anonymous Poll
9%
Samarqand viloyati
24%
Qashqadaryo viloyati
38%
Surxondaryo viloyati
4%
Buxoro viloyati
4%
Navoiy viloyati
4%
Xorazm viloyati
17%
Toshkent shahar
KUN HIKMATI
🌀 Hayotimizda ikki muhim kun bor.
🫥Birinchisi - dunyoga kelgan kunimiz.
🫥Ikkinchisi - nima uchun dunyoga kelganimizni anglagan kunimiz.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_sohasida_atamalar

🫥 Qurilishi tugallanmagan obyektlar – qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin belgilangan kunida tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, ammo qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnomasi asosida foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar.

#terms_in_the__cadastral_field

🫥 Unfinished objects - buildings and structures whose construction began in accordance with the approved project documents on a plot of land allocated in the prescribed manner, but were not completed on the specified date, or the construction of which was completed, but the construction (reconstruction) of buildings and structures was completed and was not accepted for use based on a permit for the use of buildings and structures.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyagaqarshi_Termiz tuman

⚡️“Korrrupsiyasiz taraqqiyot sari”

🔵 Bugun ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Termiz tuman filialida Korrrupsiyasiz taraqqiyot sari mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔵Davra suhbatida xodimlarga korrupsiyaning oldini olish, bunday huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat uchun jazo muqarrarligi, har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi, xizmat vazifasini suiiste'mol qilmasligi nafaqat tizim, balki o‘z oilasi uchun ham foydali ekanligini unutmasligi tushuntirildi.

🔵Umuman olganda, korrupsiya xodisasiga so’zning keng ma’nosida yondashadigan bo’lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holatidir. Shunday ekan, o'ylaymizki, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz ma’suldirlar.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM