SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
19K photos
2.33K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
💸Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

💠Umumiy maydoni 100 kv.metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish - BHMning 1,25 baravari (375,000 so‘m)

💠Umumiy maydoni 101 kv.metrdan 300 kv.metrgacha bo‘lgan turarjoy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish - BHMning 2,0 baravari (600,000 so‘m)

💠Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kv.metrdan ortiq bo‘lgan turar-joy ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma olish - BHMning 3,0 baravari (900,000 so‘m)

💫Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va cheklovlar

🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi 803-sonli qonuniga ko'ra joriy yilning 1-martidan boshlab quyidagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🗣mulk huquqi;
🗣doimiy egalik qilish huquqi;
🗣doimiy foydalanish huquqi;
🗣meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
🗣ijara huquqi;
🗣ikkilamchi ijara huquqi;
🗣xo‘jalik yuritish huquqi;
🗣operativ boshqarish huquqi;
🗣ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
🗣bepul foydalanish huquqi;
🗣renta;
🗣ipoteka;
🗣servitut;
🗣ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​RASMIY MUNOSABAT

«Telegram»
ijtimoiy tarmog‘ining « EFFECT.UZ saytining rasmiy Telegram kanali orqali “ Masjid uchun ajratilgan yer “tuya” qilinganmi?” sarlavhasi ostida qilgan murojaatlar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilib chiqildi.

🔵O‘rganish jarayonida Guliston SIU, Uzunqishloq mahallasi hududidan 1200.0 kv.m yer maydoni Uzunqishloq mahallasi oqsoqollar yig‘inining 20.04.1995 yildagi 20-sonli majlis bayoniga asosan fuqaro O‘.Xidirov shaxsiy mablag‘i hisobidan masjid qurish uchun ajratilganligi, lekin o‘sha vaqtda masjidlarni faoliyati to‘xtatilganligi sababli fuqaro K.Xidirova tomonidan tadbirkorlik qilish maqsadida Uzun tumani hokimining 22.09.2009 yildagi №419-sonli qarori bilan “Maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi” qurishga ruxsat berilganligi, fuqaro K.Xidirova o‘z mablag‘i hisobidan 16.07x6.50=104.45 kv.m hajmda maishiy xizmat nuqtasi qurib, Uzun tumani hokimining 24.01.2020 yildagi “qurib bitkazilgan binoga bo‘lgan mulk huquqini tan olish haqida”gi №q-68-sonli qarori tasdiqlanib 24.02.2020 yilda №10862: 10145 raqami bilan davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

🔵 Ushbu “Maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtasi” joyi amalda 922.98 kv.m bo‘lib, 2020-yil 06-mart kunidagi Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnomasiga asosan 400.0 kv.m joyi turar joy toifasiga o‘tkazilgan. Uzun tumani notarial idorasining 12.03.2021 yildagi oldi sotdi shartnomasiga asosan 400.0 kv.m yer maydoni va 52.26 kv.m qurilish maydonidan iborat turar joy fuqaro M.Xujamqulovaga sotilgan va kadastr hujjatlari shakllantirib, davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilganligi aniqlandi.

🔵 Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur masala yuzasidan belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga shikoyat tartibida murojaat qilish huquqi borligi, hamda ushbu javob xatidan norozi bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida" Qonuning 33-moddasiga muvofiq, yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqi borligini maʼlum qilinadi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Rasmiy munosabat

💠Joriy yilning 2-iyun kuni ijtimoiy tarmoq orqali Termiz shahar “Temiryo‘lchi” mahallasi, Uvaysiy ko‘chasi 17-uyda yashovchi fuqaro Sherova Malika Xamrayevna tomonidan xonadoniga kirib borishda ko‘chasi judayam torligi natijasida "tez yordam" chaqirilganda yoki favqulodda vaziyat bo‘lsa ko‘chadan mashina kira olmasligini va shu ko‘chani ochib berish masalasida mutasaddi tashkilotlardan amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llangan.

💠Ushbu murojaat Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi bo‘limi mutaxassislari ishtirokida o‘rganib chiqildi va quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davomini o‘qish...

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 FIG PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.

🌍 Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida 🇺🇿O’zbekiston nomidan ishtirok etgan 🌟Kadastr agentligi vakillari hamda FIG Prezidenti Diane Dumashie xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Diane Dumashie xonim Xalqaro geodezistlar haftaligida O’zbekiston vakillari ishtirok etayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi va ushbu ishtirok global hamkorlik yo’lidagi muhim qadam ekanligini alohida ta'kidladi.

➡️Muzokara doirasida FIG komissiyasi sessiyalarida ishtirok etib dunyo mamlakatlarining yer resurslarini samarali boshqarish, geoaxborot tizimlarini qo'llash sohalarini kengaytirish, so'ngi texnologiyalarni qo'llanilishi va ilg'or tajribalarni o'rganish yurtimizda sohani yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek Kadastr agentligi vakillarida “Yer boshqaruvi va kadastr” yo‘nalishidagi 7-komissiyaning sessiyalari, ESRI kompaniyasining maxsus labaratoriyasidagi amaliy mashg‘ulotlar hamda ko’rgazmadagi geodeziya va kartografiya sohasidagi zamonaviy smart o‘lchov texnologiyalari katta qiziqish uyg’otgani aytib o’tildi.

🌍 Xalqaro geodezistlar federatsiyasi (FIG) bilan hamkorlikni faollashtirish, FIGning “Yosh geodezistlar salohiyatini oshirish”da O‘zbekiston vakillari ishtirokini oshirish, akademik davra imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Dumashie xonim 🌟Kadastr agentligiga FIGning navbatdagi sessiyalarida yer ma’muriyatchiligi, geodeziya va kartografiya yo‘nalishida 🇺🇿O‘zbekiston tajribasi bilan o’rtoqlashilishidan umidvor ekanligini bildirdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholi tomonidan sohamizga oid kelgan har qanday murojaatlar doim etibordadur.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining barcha tumani filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.

💠Jumladan Sho`rchi tumanining Ezgulik, Oqkamar, Ko‘klam, hamda Bobur mahalla fuqarolari tomonidan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganilib chiqilib ijobiy hal etilgan.

📊 Ma'lumot o'rnida, may oyi mobaynida Sho‘rchi tumani filialiga 70 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 71 ta murojaatdan 35 ta ijobiy hal qilingan, 27 ta huquqiy tushunchalar berilgan, 9 ta rad etilgan.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Bilishingiz muhim

📃 Davlat kadastrlari palatasiga taaluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qilishmoqda. Yurtdoshlarimizning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimlarini yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

⁉️ Binoni foydalanish uchun qabul qilishga ruxsatnomani Davlat kadastrlari palatasi beradimi? Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 30-may - 05-iyun, 2023-yil

⚖️ Jami: 390 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Самарқанддаги Конгресс марказида давлат ташрифи билан мамлакатимизда бўлиб турган Қатар Давлати Амири шайх Тамим бин Ҳамад Ол Сонийни расмий кутиб олиш маросими бўлди.

В самаркандском Конгресс-центре состоялась церемония официальной встречи Эмира Государства Катар шейха Тамима бин Хамада Аль Тани, пребывающего в нашей стране с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Qatar #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter