SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.9K photos
2.3K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Zamin kunida DKP▪️

🌱 Yoshlarni yerni asrab-avaylash, undan oqilona foydalanishga chaqirish hamda iste'dodli va zamonaviy bilimlarga ega kadrlarni ishga jalb qilish, soha rivojiga yanada hissa qo'shishga undash maqsadida har yili Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan joylarda turli tadbirlar tashkil etiladi.

◼️ Kuni kecha "TIQXMMI" milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan uchrashuv ham shular jumlasidandir.

▶️ Tadbirning batafsil tafsilotlari bilan mazkur video orqali tanishing.

#DavKadastrPalata #yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #yer_kuni #kollej

🥰🥰 😇🥰😇😇🥰🥰🥰

🌍 “22-aprel ˗ Butunjahon yеr kuni” munosabati bilan Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining yangidan rekonstruksiya qilingan binosining ochilishi marosimi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya - taraqqiyot dushmani

🔵Har qanday yo'nalish va sohani tubdan rivojlantirishda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirishdan lozimdir. Bunda insonning tarbiyasi, oilasidagi muhit katta ahamiyatga ega.

💫Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xonalar qanday raqamlanadi ?▪️

⚜️ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ko'chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi 1010-son qaroriga ko'ra alohida ajratilgan xonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi.

◼️Agar loyihada raqamlash belgilanmagan bo‘lsa yoki u bo‘lmasa, raqamlash asosiy imoratning chapdagi eng chekka kirish yo‘lidan eng chekka kirish yo‘ligacha, binoning pastki qavatidan boshlanadi.

◼️ Bitta qavat doirasida, kirish yo‘li bo‘lgan taqdirda esa — kirish yo‘li qavati doirasida chapdan o‘ngga qarab raqamlanadi. Alohida ajratilgan xonalarga toq raqamlar yo‘lakning chap tomonidan va juft raqamlar yo‘lakning o‘ng tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘p darajali alohida ajratilgan xonalar binoning pastki qavati bo‘yicha bir darajali alohida ajratilgan xonalar qanday raqamlangan bo‘lsa, shunday raqamlanadi.

◼️ Agar qurilish loyihasiga muvofiq alohida ajratilgan joylarni raqamlashda tartib raqamlarining takrorlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, xonalarning funksional vazifasiga qarab, ular eng avval berilgan raqamdan keyingi tartib raqamdan boshlab qayta raqamlanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_sohasida_atamalar #atama
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri — ma’lum bir hudud uchun ularga mos bo‘lgan holda kompyuter yordamida o‘qiladigan toponimlarni (geografik nomlarni) o‘z ichiga olgan raqamli ma’lumotlar bazasi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ

🫥 Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma'lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Ana shunday illatlardan biri korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

🫥 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Termiz tuman bo‘lim (filial) xodimlari uchun hududiy boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O‘.Xamraevlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

🫥Davra suhbatida xodimlarga korrupsiyaning oldini olish, bunday huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat uchun jazo muqarrarligi, har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi, xizmat vazifasini suiiste'mol qilmasligi nafaqat tizim, balki o‘z oilasi uchun ham foydali ekanligini unutmasligi tushuntirildi.

🫥Jumladan xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, kiyiniy madaniyatiga rioya etish, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Bilishingiz muhim

📃 Davlat kadastrlari palatasiga taaluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun mazkur loyihamiz foydali bo‘lmoqda.

🤝 Sizlarning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimingizni yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

⁉️ Fuqarolar nomlarida turarjoy bor yoki yo'qligi haqida ma'limot berish - qog'oz shaklida taqdim qilish vakolatiga egami? Shunday savol bilan kadastrga murojaat qilishlari ko‘p uchramoqda.Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr aholi manfaatlari yo'lida▪️

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining barcha tumani filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️Xususan, Qumqo‘rg‘on hamda Sho`rchi tumanlarining Qoraariq, Ezgulik, Yangi obod, hamda Yangi shahar mahalla fuqarolari tomonidan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganilib chiqilib ijobiy hal etilgan.

◼️Ma'lumot o'rnida, viloyatda joriy yilning 17-20-aprel kunlari oralig‘ida jami 169 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 110 tasi ijobiy hal etilgan, qolgan 59 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

#DavKadastrPalata #Kadast_aholi_manfaatlari_yo_lida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'quv tanishuv amaliyoti davom etmoqda....

💠Termiz agrotexnologiyalar va innojvatsion rivojlanish instituti Matematika, tabiiy va gumanitar fanlar kafedrasi assistenti X. Norqobilov ikkinchi bosqich O'rmonchilik ta'lim yo'nalishi talabalariga Muhandislik geodeziyasi va topografik chizmachilik fanidan o'quv-tanishuv amaliyotini o'tash maqsadida Termiz shahridagi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida bo'lishdi.

💠Amaliyot davomida talabalar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llab ko'rishdi. Sayyor darsni Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Matbuot kotibi B.Safarov hamda soha faollari bilan birgalikda Kadastr sohasiga oid ma`lumotlar berilib talabalarning Kadastr sohasiga oid nazariy bilimlari mustahkamklandi. Talabalarning fanga bo'lgan qiziqishi yanada ortdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM