SURXONDARYO KADASTR
2K subscribers
20.8K photos
2.46K videos
22 files
12.1K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
⚜️Prezident aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan qarorni imzoladi.

◼️ Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-maydan boshlab benefitsiari byudjet va korporativ buyurtmachi hisoblangan to‘lovlar bo‘yicha to‘lov xizmatlari ko‘rsatganlik uchun vositachilik haqi (yig‘imlar) to‘lov shaklidan qat’i nazar to‘lovchi – jismoniy shaxsdan emas, balki to‘lov summasidan chegirib qolish yo‘li bilan undiriladi.

◼️ Bunda, vositachilik haqi miqdori to‘lov summasining bir foizigacha, biroq jami summasi Markaziy bank tomonidan belgilanadigan chegaraviy miqdorlardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi.

◾️Ushbu tartib:

- barcha turdagi davlat boji va ma’muriy jarimalar bo‘yicha to‘lovlar;

- davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlariga to‘lovlar;

- “E-auksion” elektron savdo platformasi va “K-Savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to‘lovlar;

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #Prezident_qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KUN HIKMATI

♻️Qo‘lingizdan keladigan va o‘zingizga yarashadigan ishni bajarishga harakat qiling. Shundagina maqsadingiz amalga oshadi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Navbatdagi _siyosiy-maʼrifat# soat

🇺🇿Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari hamda uning tuman, shahar bo'limlari va filiallari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

📰 Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi:

✔️ ko‘chmas mulk joylashgan ma’muriy — hududiy birlik o‘zgarganda;
✔️ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda, obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
✔️ ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
✔️ nomsiz ko‘chalarga nom berilishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
✔️ qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno).

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#kadastr_yer nazorati_Infografika
♻️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasida 2023-yil
yanvar-fevral oyi davomida yerga oid qonunlar ijrosi yuzasidan o`tkazilgan xatlovlarda aniqlangan xolatlar to`g`risida

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Servitut qanday maqsadlarda belgilanishi mumkin?

🔹o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;
🔹o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;
🔹mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;
🔹o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
🔹Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin. Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
"E-auksion" platformasi orqali dehqonchilik uchun yerlarni ijaraga oling!

60 mingdan ortiq yerlar 30 yilga ijaraga berilmoqda!

▪️ Andijon viloyatidan 4117 ta (ko'rish)
▪️ Buxoro viloyatidan 3932 ta (ko'rish)
▪️ Jizzax viloyatidan 1066 ta (ko'rish)
▪️ Qashqadaryo viloyatidan 6949 ta (ko'rish)
▪️ Navoiy viloyatidan 693 ta (ko'rish)
▪️ Namangan viloyatidan 10548 ta (ko'rish)
▪️ Samarqand viloyatidan 4003 ta (ko'rish)
▪️ Surxondaryo viloyatidan 3484 ta (ko'rish)
▪️ Sirdaryo viloyatidan 2320 ta (ko'rish)
▪️ Toshkent viloyatidan 5147 ta (ko'rish)
▪️ Farg'ona viloyatidan 15017 ta (ko'rish)
▪️ Xorazm viloyatidan 235 ta (ko'rish)
▪️ Qoraqalpog'iston Respublikasidan 3017 ta (ko'rish)

🔔Tanlovda qatnashish tartibini o'rganish (video)

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Umumxalq xayriya hashari 18-mart kuni o‘tkaziladi

⭕️“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida 2023-yil 11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi haqida avval xabar berilgan edi.

⭕️Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023-yil 11-martdan 18-martga ko‘chirildi.

🔰Eslatib o‘tamiz, hashar mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#kadastr #qonun

“Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–821-son, 09.03.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

🇺🇿 Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

⭕️Davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek quyidagi asoslarga ko‘ra ham yuzaga keladi:

🟢shartnomalar va boshqa bitimlar tuzilganda;

🟢mol-mulkni yoki mol-mulkdan foydalanish huquqini, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan dividendlarni xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish yo‘li bilan ulushni olishda;

🟢sud qarorlari asosida.

Qonunga ko‘ra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi, jumladan:

➡️O‘zbekiston hududi doirasidagi yer, yer osti boyliklari, suv omborlari, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi;

➡️moddiy madaniy meros obyektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bog‘lari;

🟢 Davlat mulkini boshqarish subyektlari quyidagilardan iborat:

Vazirlar Mahkamasi;

Agentlik;

maxsus vakolatli davlat organlari;

davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

🏢 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

📝 Davlat mulki reyestrini yuritish Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va shaklda Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

🗒 Agentlik har yili 1 avgustgacha davlat ishtirokidagi korxonalarning o‘tgan moliya yilidagi faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni o‘z rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

✔️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Murojaatlar tahlili🔹

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 3-11-mart kunlari jami 1 436 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 45
▫️Andijon viloyati - 40
▫️Buxoro viloyati - 105
▫️Samarqand viloyati - 103
▫️Sirdaryo viloyati - 40
▫️Surxondaryo viloyati - 178
▫️Qashqadaryo viloyati - 143
▫️Toshkent shahar - 179
▫️Toshkent viloyati - 226
▫️Navoiy viloyati - 11
▫️Namangan viloyati - 61
▫️Xorazm viloyati - 110
▫️Jizzax viloyati - 87
▫️ Farg‘ona viloyati - 94
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 14

Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KUN HIKMATI

♻️Yukning eng og‘iri eng kuchlilarga tushadi. Musibatning eng og‘iri eng yaxshilarga tushadi. Sinovlarning eng og‘iri eng buyuklarga tushadi.
Qiynalyapsizmi demak o‘sayapsiz. Faqat nolimang. Bu ojizlarning ishidir.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube