SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
​​🔹1-noyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?🔹

▪️ Davlat kadastrlari palatasi 1-noyabrdan qonunchilikdagi ro'y beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

✔️Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi.

✔️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati kengaytiriladi.

✔️Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.

✔️Sirdaryo viloyatida nikoh tuzish va nikohdan ajratish bo‘yicha arizalarni davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi.

✔️Tibbiyot muassasalaridagi vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralari ko‘riladi.

✔️Eksportchilarga soliq bazasini kamaytirish imtiyozi umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qo‘llanadi.

✔️Intellektual mulk huquqlarini buzganlarga huquqiy ta’sir choralari maxsus portal orqali amalga oshiriladi.

✔️Mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

✔️Sinov tariqasida fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha maxsus planshet orqali ro‘yxatga olish boshlanadi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar
#TAYINLOV

Urozov Husniddin Hazratqulovich - Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

🔷 Ma'lumot uchun, Urozov Husniddin Hazratqulovich shu kunga qadar Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Yer va kadastr nazorati bo`limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi jamoasi Urozov Husniddin Hazratqulovichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilaydi!

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabuli
♻️Xabaringiz bor kuni kecha Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori birinchi o`rinbosari A.Allaberganov hamda Komplayens-nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i B.Shomansurov va Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i M.Abdiraxmanov boshchiligida Sho`rchi tumani Oqkamar mahallasi 3-sektor hamda Mustaqillik ko'chasi, 7-son Bolalar musiqa va san'at maktabi binolarida 2 kun davomida sayyor qabul o‘tkazildi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#PQ_346_son #2022_yil_1_noyabrdan

⚡️Ko’p qavatli uylarning umumiy mulki hududida qo’shimcha obyekt qurish taqiqlandi

🏢 Qurilish-montaj ishlari tugallangan ko‘p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qo‘shimcha ko‘p kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk bo‘lmagan obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Jahon banki missiyasi Buxoroda

“Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish”
investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Rozanna Nitti boshchiligida Jahon banki missiyasi 👍Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarida bo‘ldi.

➡️Batafsil o'qish uchun

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol: Yerni xususiylashtirish qanday toifadagi yerlarga amal qiladi

Javob: Avvalo shuni aytishimiz kerak - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

BULAR...

⭕️yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
⭕️O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
⭕️ xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari;
⭕️bo‘sh turgan yer uchastkalari.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Оммавий ахборот воситалари вакиллари учун навбатдаги брифингда 24-28 октябрь кунлари бўлиб ўтган ва шу ҳафтага режалаштирилган тадбирлар тўғрисида маълумот бердим.

Бошланган ҳафтада давлатимиз раҳбари ҳузурида турли соҳалар, хусусан, энергетика, маҳаллий саноат, суд-ҳуқуқ масалаларига доир йиғилиш ва тақдимотлар бўлиб ўтади.

1 ноябрь куни Президентимиз Германия ташқи ишлар вазири Анналена Бербок бошчилигидаги делегацияни қабул қилади.

3 ноябрь кунига эса БАА ҳукумат ишлари бўйича вазири Муҳаммад бин Абдуллоҳ ал-Гаргавий билан учрашув режалаштирилган.

Facebook|Instagram|Twitter
01-Noyabr, Butundunyoda veganlar kuni

💢Veganlar kuni -1994 yil 1 noyabrda Veganlar jamiyati o‘zlarining 50 yilligini nishonlagan vaqtlarida paydo bo‘lgan. Vegan so‘zi Donald Uotson tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, inglizcha so‘zning boshidan uchta va oxirgi ikki harfdan olingan.

🥕Veganizm- hayot shakli, veganlar - veganizm tarafdorlari - faqat sabzavotlarni iste'mol qiladilar, go‘sht mahsulotlarini umuman iste'mol qilmaydilar. Veganlar ovqat ratsionidan go‘sht va baliq mahsulotlarinigina emas, tuxum. sut, asal va shunga o‘xshash mahsulotlarni ham olib tashlaydilar. Veganlar teridan, mo‘yna, jun, ipakdan tayyorlangan kiyimlar kiymaydilar.

🥗Bularni rad etishni turli sabablari bo‘lishi mumkin, lekin asosiysi- bu hayvonlarni o‘limiga daxldor bo‘lib qolmaslik va ularga nisbatan shafqatsizlik qilmaslikdir. Veganlar kunida ko‘plab mamlakatlarning Vegan tashkiloti vakillari va boshqa faollar tomonidan bayram mavzusiga bag‘ishlangan turli ma'rifatparvar va xayr-ehson tadbirlari
o‘tkazadilar.
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

1-noyabrdan ko’p qavatli uylarning umumiy mulki hududida qo’shimcha obyekt qurish taqiqlandi.

⚜️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ko‘p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qo‘shimcha ko‘p kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk bo‘lmagan obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

▫️PQ-346-son qarori

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Surxondaryo viloyatida 47 ta Qishloq xo'jaligi yerlarini 30 yilga ijaraga oling

🔸 Angor tumanidan 4 ta (кўриш)
🔸Bandixon tumanidan 3 ta (кўриш)
🔸 Muzrabot tumanidan 1 ta (кўриш)
🔸Denov tumanidan 1 ta (кўриш)
🔸Qumqo`rg`on tumanidan 7 ta (кўриш)
🔸Sherobod tumanidan 30 ta (кўриш)
🔸Sho'rchi tumanidan 1 ta (кўриш)

Savdolarda qatnashish uchun qo'llanma 👉 (кўриш)

"E-AUKSION" mobil ilovasini yuklab oling!

https://t.iss.one/surxonkadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⁉️2 million 600 ming xonadon huquqlarini belgilovchi hujjatlari yo'qligining sababi nimada va ularning oldini olish bo'yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

⁉️Shu kunga qadar yurtimizda qancha yerlar auksionga chiqarilgan?

📝Bu savolga Davlat kadastrlari palatasi Koʼchmas mulk huquqlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish boshqarmasi boshlig'i Sanjar Аbdurazzoqov javob berdi.

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaatlar #statistika #tahlil
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalariga 2022 yil 24-28 oktabr kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

✉️Jami kelib tushgan murojaatlar soni – 167 ta

🔺Yer maydoni ajratish bo‘yicha 22 ta
🔺Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 49 ta
🔺Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 5 ta
🔺Nizoli holatlar bo‘yicha 34 ta
🔺So‘rovnomalar 57 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 167 ta murojaatdan 109 ta ijobiy hal qilingan, 167 ta murojaat muddatida yopilgan.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
🔹Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti🔹

📧
Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 25-oktabr-1 noyabr kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 589 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🗓O‘zbekistonda 1-noyabrdan nimalar o‘zgarmoqda ?

2022-yil 1-noyabrdan O‘zbekiston qonunchiligida ayrim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Quyida ularning elektron xizmatlarga bog‘liq qismlarini eslatib o‘tamiz.

➡️ O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladi

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.

Bunda, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida mazkur tizimda ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi.

➡️ Haydovchilar uchun beriladigan tibbiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi

Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarning avtomototransport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasini shakllantiriladi va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

➡️ Yoshlarga kompyuter sotib olish uchun iste’mol krediti ajratiladi

IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘mgacha) iste’mol kreditlari ajratiladi.

➡️ O‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaytiriladi

Yana 10 ta faoliyat turi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi.

➡️ Fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratiladi

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha yanada qulayliklar yaratish maqsadida ID-kartaga joylashtirilgan ERI kalitlari orqali Yagona portalning mobil ilovasida joriy etilgan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

https://t.iss.one/surxonkadastr
#коррупцияга_қарши #комплаэнс_назорат
⚡️Коррупцияга қарши курашиш – давр талаби

Жамиятда шундай иллатлар борки, у маълум бир соҳага эмас, балки бутун жамият тараққиётига тўғоноқ бўлади. Давлатни ич-ичидан емирадиган ана шундай иллат – коррупция ва порахўрликдир.

🔹Бугун Давлат кадастрлари палатаси Сурхондарё вилояти бошқармаси Комплаенс-назорат хизмати томонидан Бандихон туманнинг барча ходимлари иштирокида йиғилиш ўтказилди.

🔹Йиғилиш давомида ҳар бир ходим ўз вазифасига виждонан ёндашган ҳолда фаолият юритиши, хизмат вазифасини суиистеъмол қилмаслиги ҳамда ҳар бир ходим нафақат тизим учун балки биринчи галда ўз оиласи учун қадрли эканлигини унутмаслиги уқтирилди.

🔹Соҳада фирибгарлик ва тамагирлик омилларни бутунлай йўқотиш, коррупцияга қарши иммунитетни шакллантириш мақсадида ҳар бир ходим билан профилактик суҳбатлар ўтказилиши белгилаб олинди.
🔸DKPning yagona aloqa markazi🔸

♻️ Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati murojaat va savollaringizga ushbu aloqa markazi orqali javob berishda davom etmoqda!

☎️ (71) 207 00 03 telefon raqamlari orqali siz Davlat kadastrlari palatasining

🔸Kanselyariya;
🔸Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi;
🔸Tashkiliy nazorat bo‘limi;
🔸Manzillar yagona reyestrini yuritish bo'limlari mutaxassislariga ulanish imkoniyatiga egasiz.

#DavKadastrPalata #call_center

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида жорий йилнинг октябрь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔹Hududlarni kuzatib boring🔹

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining 14 ta hududiy boshqarmalari faoliyati, yutuqlari, jamoatchilik bilan aloqalari keng yo'lga qo'yilgan.

🔵 Ularni har bir hududda tashkil etilgan ijtimoiy tarmoqlari orqali Siz ham kuzatib boring:

▫️Toshkent shahri
https://t.iss.one/kadastr_uzb

▫️ Jizzax viloyati
https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot

▫️Samarqand viloyati
https://t.iss.one/samkadastr

▫️Surxondaryo viloyati
https://t.iss.one/surxonkadastr

▫️Sirdaryo viloyati
https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

▫️ Namangan viloyati
https://t.iss.one/namkadastr

▫️ Qaraqalpog'iston Respublikasi
https://t.iss.one/qrkadastr

▫️ Qashqadaryo viloyati
https://t.iss.one/Qashkadastrpress

▫️ Toshkent viloyati
https://t.iss.one/tvkad

▫️ Buxoro viloyati
https://t.iss.one/buxkadastr

▫️Xorazm viloyati
https://t.iss.one/xorazm_kadastr_press

▫️ Farg'ona viloyati
https://t.iss.one/fargonakadastr

▫️ Andijon viloyati
https://t.iss.one/andijonkadastr

▫️ Navoiy viloyati
https://t.iss.one/navkadastr

#DavKadastrPalata #hududlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube