SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.9K photos
2.31K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
15 sentyabr – Telefon aloqasi ishga tushirilgan kun

🌀 O’zbekistonda umumiy foydalaniladigan 200 raqamli dastlabki telefon stansiyasi Toshkentda 1904 yil 15 sentyabrda ishga tushirilgan.

♻️Telefon tarmog’i bir simli bo’lib, yer ikkinchi o’tkazgich vazifasini bajargan. 1924 yilga kelib stansiyalarining sig’imi 1700 raqamni tashkil etdi.

🔰Telefonlar faqat shaharlardagina bor edi 1932 yil Toshkentda 5500 raqamli birinchi avtomatik telefon stansiyasi (ATS) ishga tushirildi. Shu davrdan telefon tarmoqlarini rivojlantirish ATSni joriy etish yo’nalishida rivojlandi. 1940 yilda O’zbekistonda montaj qilingan umumiy sig’imi 17,5 ming raqamli 118 telefon stansiyasi ishladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram
Instagram YouTube Facebook
Халқ депутатлари вилоят Кенгашининг эллик тўққизинчи сессияси жонли эфирда намойиш этилмоқда

Халқ депутатлари Сурхондарё вилояти Кенгашининг эллик тўққизинчи сессияси Ангор тумани ҳокимлиги фаоллар залида танқидий -таҳлилий руҳда видеоконференцалоқа тарзида ўтказилмоқда.

Сессия кун тартибидан ўрин олган дастлабки – Ангор туманини комплекс ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича секторлар раҳбарлари ва тегишли масъуллар томонидан амалга оширилаётган ишларни ўрганиш натижалари тўғрисида вилоят ҳокими Тўра Боболовнинг маърузаси тингланди.

Айни пайтда Ангор тумани ҳокими ва секторлар раҳбарлари туманни комплекс ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш борасида амалга оширилган ишларни ўрганиш натижасида аниқланган хато ва камчиликларга изоҳ ҳамда депутатлар саволларига жавоб беришмоқда.

Маълумот ўрнида сессия кун тартибида ўн учта масала кўриб чиқилиб, тегишли тартибда қарор қабул қилинади.

Жонли эфир: https://youtu.be/Gs6PLdp2JCs

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

You Tube каналга уланиш:
https://bit.ly/3GgMbWd
Telegram | Facebook | Instagram | Web-site
#Surxondaryo #DavKadastrPalata #xatlov

Surxondaryoda turar-joylar xatlovdan o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 18-iyul kunida davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig'ilishida kadastr hujjatiga ega bo‘lmagan, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan yakka tartibdagi uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqni ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyatning tumanlarida kadastr xodimlari tomonidan joylarda o'tkazilayotgan xatlovlar ishlari hamda egalik huquqi bo'lmagan xonadonlarga oid ma’lumotlar "Uzkad" elektron bazasiga kiritish ishlari olib borilmoqda.
🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram Instagram YouTube Facebook
Uzun tumanida antikorrupsiya tadbiri o'tkazildi.

Xabaringiz bor Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari komplayens nazorati xizmati bo`limi bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O`.Xamrayevlar tomonidan kadastr bo'limlari va filiallarida “Korrupsiya - taraqqiyot dushmani” mavzusida davra suhbatlari har bir xodim bilan individual tartibda o'tkazib kelinmoqda.

🔹Navbatdagi davra suhbati Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalarining Uzun tuman bo'limi va filialida o'tkazildi.

Mazkur tadbirlar viloyatning qator hududlarida o'tkazilmoqda.

▫️Denov tumani

▫️
Termiz shahar

▫️Jarqo`rg`on tumani

▫️Sariosiyo tumani

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram
Instagram YouTube Facebook