SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Namunali kadastrchi-yoshlar uchun ustoz▫️

❇️ Tizimda o‘z faoliyati, mutaxassisligi bo‘yicha amalga oshirgan ishlari bilan yoshlarga namuna bo‘larli kadastrchilarimiz talaygina. Ularni har bir hududlarimizda uchratishimiz mumkin.

❇️ Bugun Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi o‘zining faxrli kadastrchilaridan biri haqida so‘zlaydi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

⭐️🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalist va ommaviy axborot vositalari vakillariga “2022-yilda amalga oshirgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusiga oid ma’lumotlar taqdim etildi.

▶️ Ushbu anjuman bir necha ommaviy axborot vositalari qatorida “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturida keng yoritildi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Tartib va intizom - yuqori natijalarning birlamchi omili▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatining Inson resurslarini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Misirov tomonidan Surxondaryo viloyati boshqarmasining Termiz shahar, Denov va Boysun tuman filiallari xodimlari bilan yuzma-yuz davra suhbati o‘tkazildi.

◼️Suhbat davomida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati hamda xodimlarning odob-axloq va ichki mehnat-tartib qoidalariga amal qilish, filiallarga tashrif buyurayotgan fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish lozimligi yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.

◼️Ushbu mavzudagi keyingi davra suhbatlari Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida▪️

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda tuman (shahar) filiallarida  inson manfaatlari, fuqarolar muammolarini ijobiy yechim toptirish va eng asosiysi, "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", shiori ostida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

◼️Jumladan, viloyatning  Termiz tumanida aholining kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan  mahallabay, xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

▶️ Batafsil mazkur videoda👆

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Yosh, namunali kadastrchi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar orasida sohaga alohida mehr qo‘ygan, o‘z hamkasblariga mehnatsevarligi va ishiga vijdonan yondashuvi bilan namuna bo‘ladigan yosh faollarni doimo qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

◼️ Bugun, mazkur video orqali Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xalqning roziligi yo'lida faoliyat olib borayotgan namunali kadastr xodimlaridan biri haqida so'zlaydi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar #namunali_kadastrchi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda nazorat ishlari

🌟 Tizimni yanada takomillashtirish, ishni sifatli tashkil qilish hamda aholiga xizmat ko'rsatish darajasini rivojlantirish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

💠 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan Farg'ona hamda Namangan viloyatlarida o'rganish ishlari olib borildi. Hududlarning tuman filiallarida ishlarning tashkil etilishi holatlari tahlil etildi.

▶️ Batafsil videorolikda👆

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer hisobi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinmoqda

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Davlat Yer kadastrini yuritish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan hududiy boshqarmalardagi yer hisoboti mutaxassislarining vazifalari hamda "UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlaridagi xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari o'rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berilmoqda.

◼️Mazkur hafta Davlat kadastrlari palatasining quyidagi hududiy boshqarmalarida o'rganish ishlari olib borildi:

▫️Buxoro viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Samarqand viloyati

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar #UzKAD

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda geografik obyekt nomlari o'rganilmoqda

🌟 Davlat kadastr palatasi Respublika toponimika xizmati boshqarmasi tomonidan hududlarda yo'nalishda olib borilayotgan ishlarni o'rganish va tahlili natijalari bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

◼️Geografik obyektlarning nomlari ekspertizasi hamda Ko'chmas mulk manzillarining yagona reyestrini yuritish bòlimlari mutaxassislari viloyatlar va tumanlarda bòlib yo'nalish mutaxassislari uchun seminarlar tashkil etishmoqda. Unda barcha turdagi ko‘chalarni elektron maʼlumotlar bazasiga to‘g‘ri kiritish hamda faoliyatdagi har bir ma'lumotga e'tibor bilan yondashish bo'yicha ko‘rsatmalar berildi.

▫️Namangan viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Xorazm viloyati

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda ta'limga e'tibor

🫥 Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi va Davlat Kadastrlari Palatasi hamda uning bir necha hududiy boshqarmalarida Oliy ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik o'rnatib kelishuv shartnomalari tuzilmoqda.

◼️Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Guliston davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro tarmoq kelishuv shartnomasi asosida xaftaning har shanba kunlari talabalar amaliyot o‘tayotgan bo'lsa, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida o‘zaro tarmoq kelishuv shartnomasi imzolanganini qayd etish mumkin.

📃 Bugungi kunda boshqarmada mazkur universitetning kafedrasi filialini yo‘lga qo‘yish, o‘quv hamda amaliyot jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi.

Kadastr sohasiga qiziquvchan, zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlarni kashf etishga xizmat qiluvchi mazkur o‘quv jarayonlari haqida yana batafsil ma’lumot berib boramiz.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari
hududlarda

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 41-sonli yig'ilish bayonida berilgan vazifalarni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Namangan viloyatida olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish va amaliy yordam berish maqsadida Mingbuloq va Namangan tumanlarida yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni qisqa vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini o‘rganilmoqda.

🇺🇿 O'rganish davonida muammoli masalalarda amaliy yordam berilib, fermer, dehqon xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlarini joyiga chiqqan holda yer egalari bilan uchrashib huquqiy tushunchalar berildi. Hozirda yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha viloyatning qolgan hududlarida ham o‘rganish ishlari davom etmoqda.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda o'rganish ishlari


🇺🇿 Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 41-sonli yig‘ilish bayonida berilgan vazifalarni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash va joylarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Davlat kadastrlar palatasi rahbariyati Namangan viloyatining Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi.

◼️Fermer va  dehqon xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlaridan foydalanayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib ijara shartnomalarini  tuzish ishlari bo‘yicha tushunchalar berildi.

▶️ Batafsil mazkur videoda 👆

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun mazmun-mohiyati seminarlarda


⭐️🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari hamda tuman, shahar filiallarida xodimlar uchun muntazam ravishda huquqiy seminarlar o'tkazib kelinmoqda.

◼️Seminarlarni o'kazishdan O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonunini keng jamoatchilikka targ'ib qilish, xodimlarning huquqiy ongini oshirish va fuqarolarga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsad qilingan.

◼️O'tayotgan hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda shu mavzuda huquqiy bilimlar soatlari tashkil qilindi:

▫️Surxondaryo viloyati

▫️Jizzax viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer hisobini yuritishda mas’ul xodimlar uchun o‘quv seminar
i

⭐️🌟 Avval xabar berganimizdek, Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi tomonidan viloyat tuman, shahar filiallaridagi Yer hisobotini yuritish mutaxassislari uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi.

◼️Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2024 yildagi “Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 614-sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda amalga oshirilishi belgilangan ishlar tahlil etilib, "Yer hisoboti AAT" hamda yer balansining 2025-yil 1-yanvar holatiga tayyorgarlik, hududlarda yer hisobi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama etilib, mutaxassislarga bu yo‘nalishda ham tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

◼️O'tgan hafta mobaynida shu kabi uchrashuvlar quyidagi hududiy boshqarmalarda o'tkazildi:

▫️Xorazm viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Toshkent shahri

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM