SURXONDARYO KADASTR
1.88K subscribers
18.7K photos
2.27K videos
22 files
11.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
▫️Yutuqlar o‘zimizniki, kamchiliklar bartaraf etilmog‘i lozim▫️

🔳 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan hududiy boshqarma xodimlarining maoshlari o‘z vaqtida to‘lanishini nazorati qilish, ularni qonuniy oshirilib borilishini ta’minlash maqsadida muntazam moliyaviy monitoring ishlari olib boriladi. Yutuqlar doimo alohida e’tirof etiladi ammo, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni ham qayd etish o‘rinlidir.

🔳 2021-yilning 4-choragi va 2022-yilning yanvar-aprel oylari davomida ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari evaziga tushgan pul mablag‘larining maqsadli ishlatilishi, hamda oylik ish haqlarini hisoblanishda amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi yuzasidan hududiy boshqarmalarda ana shunday o‘rganishlar o‘tkazildi. Bugun Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligida yuqoridagi o‘rganish natijalariga ko‘ra hududiy boshqarmalar ishtirokida Zoom platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘rganishlar natijasida boshqarmalarda jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Jumladan:

- xodimlarga oylik ish haqlarini hisoblashda mas’ul hisobchilar tomonidan xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi va buning oqibatida xodimlarga noto‘g‘ri ish haqlari hisoblanganligi aniqlangan;

- bir necha boshqarmalarning boshliqlari va bosh hisobchilari tomonidan asosli xujjatlarsiz moddiy rag‘batlantirishlar ham amalga oshirilgan;

- Davlat kadastrlari palatasining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom talablariga amal qilmagan holda ish yuritilganligi kuzatilgan.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar alohida tahlil etildi.

🔳 Faoliyati davomida bir qator jiddiy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ayrim mutasaddilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Bir necha mutasaddilarga “hayfsan” intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

#DavKadastrPalata #hududlar_o_rganilganda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиевнинг мамлакатимизга давлат ташрифи якунланди.
Президентларнинг мулоқоти жуда самарали бўлди. Икки мамлакат ўртасидаги стратегик шерикликни чуқурлаштириш ва ҳар томонлама ҳамкорликни кенгайтириш тўғрисида декларация ҳамда кўплаб бошқа ҳужжатлар имзоланди. Давлат раҳбарларининг самимий мулоқоти Хоразмда давом этди.
Олий мартабали меҳмонни аэропортда давлатимиз раҳбари кузатиб қўйди.

Государственный визит Президента Азербайджанской Республики Ильхама Алиева в нашу страну завершился.
Президенты провели плодотворные переговоры. Подписаны Декларация об углублении стратегического партнерства и расширении всестороннего сотрудничества, множество других документов. Искренний диалог лидеров продолжился в Хорезме.
В аэропорту высокого гостя проводил глава нашего государства.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚜️Mulohaza vaqti⚜️

🏞 Biz har kuni atrofimizdagi olamga qaysidir ma'noda o'z hissamizni qo'shamiz. Kundalik amallarimiz bu ulushning sifatini belgilab beradi va aynan qanday hissa qo'shayotganimizni ham aniqlashtirib olish asosiy masaladir.

🖌 Jeyn Gudoll

#DavKadastrPalata #ibratli_fikrlar #aforizmlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr #ko`p_uchraydigan_savollar

Savol: Menga bo'sh yer kerak tadbirkorlik qilmoqchiman. Hokimyatga borsam kadastrga jo'natdi, kadastrga borsam bizda yer berishga vakolat yo'q deyapti. Kimga ishonay?

Javob: Hurmatli fuqaro Siz O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga ishoning. Qonun hujjatlariga ko‘ra bugungi kunda Respublikamizda uy-joy qurish hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer maydonlarini ajratish auksion orqali amalga oshirilishi belgilab berilgan. Buning uchun maxsus e-auksion.uz sayti faoliyat yuritadi. Agarda sizga kimdir yer olib berishni va’da qilgan bo‘lsa, bu firibgarlik hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda uy-joy qurish hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer maydonlarini ajratish faqatgina onlayn auksion savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Ko‘chmas mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish;

🔹Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🔹Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish;

🔹Kadastr ob’yektiga ta’qiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🔹Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 127 ta texnik loyiha hamda 56 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 49 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 12 420 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 79 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

🖥 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 15-22 iyun kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📝 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 21 198 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🇺🇿Prezident qarori. Yerga oid yangiliklar.
“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–168-son, 18.03.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-apreldan mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan bo‘sh turgan davlat obyekti yoki yerlar aniqlanib:

2 000 kvadrat metrgacha obyektlar – hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksionga chiqariladi;

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar – “Yerelektron” tizimi orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma 3 kunda tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqiladi va ijobiy xulosa bo‘lganda, 2 haftada onlayn-auksionga chiqariladi;

Vazirlik va idoralar, hokimliklarning, 3 oydan ko‘p foydalanilmasdan bo‘sh turgan obyektlari ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZ

⚡️Yerlarni xatlovdan o‘tkazish ishlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnikalar

👉Batafsil

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt