SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
19K photos
2.32K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
🎬 “Korrupsiya – taraqqiyot dushmani” mavzusidagi videoroliklar tanlovining finalchilari aniqlab olindi.

🌐 “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida videoroliklar tanlovini eʼlon qilgan edi.

🎬 Tanlovga 20 dan ortiq materiallar kelib tushdi.

Agentlik buyrug‘iga muvofiq tuzilgan maxsus komissiya tomonidan kelib tushgan video roliklar mavzu dolzarbligi, go‘yaning mukammalligi, ijro mahorati hamda boshqa bir qancha mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqildi.

Komissiya aʼzolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra finalga munosib deb topilgan videoroliklar saralab olindi.

📌Yaqin kunlarda ko‘rik tanlovning yakuniy bosqichi o‘tkaziladigan kun va uning ishtirokchilari to‘g‘risida batafsil maʼlumot beramiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Бугун ҳамма ходимлар 1 соат вақтли кетиши керак!

Меҳнат кодекси 121-моддасига биноан, байрам (ишланмайдиган) кунлари арафасида кундалик иш (смена) муддати барча ходимлар учун камида бир соатга қисқартирилади.

Эртага 8 декабрь — Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун, дам олиш куни сифатида белгиланган байрам. Демак, бугун, 7 декабрь куни барча ходимлар 1 соат вақтлироқ уйига кетишига қонуний ҳаққи бор.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
#o‘quv_ seminari _Surxondaryo

🔰Kuni kecha Muzrabod tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24-noyabrdagi "QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI IJARAGA BERISH TARTIBIGA DOIR NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA"gi 709-sonli qaror mazmun mohiyati tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

🔰O‘quv seminarda Viloyat prokuraturasi, Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, O`zdavyerloyiha D.I.L.I hamda Sherobod, Muzrabod, va Angor tuman Davlat tashkilot rahbarlari ishtirok etishib qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi
.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🔊Hurmatli yurtimiz aholisi!

🔷Davlat kadastrlari palatasi sizning kadastr sohasi bo‘yicha murojaatlaringizni uzluksiz ravishda qabul qilish va javob berib borish maqsadida o‘z telegram botini yaratdi.

👉 @Dkpuz_bot 👈

🔷Barcha savollaringizni mazkur botga yo‘llab, mutaxassislarimizdan javob olishingiz mumkin.

☝️Bundan tashqari, kadastr tizimi xodimlarining xatti-xarakatlaridan norozi bo‘lgan taqdiringizda ham ushbu botga murojaat qilishingiz mumkin.

🔷Botga yo’llangan murojaatlar Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati nazoratida!


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
♻️Kuni kecha bo‘lib o‘tgan viloyat hokimi To‘ra Bobolovning navbatdagi "Tadbirkorlar qabuli" tafsilotlari.....
💠Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan yurtimizda yer munosabatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng jamoatchilikka tanishtirish hamda Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan “Yer islohotlarining ilk natijalari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda, Qishloq xo‘jaligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi mutaxassislari va tizimga oid qator tashkilotlardan vakillar qatnashdilar.

💠Sohani raqamlashtirish borasida qator amaliy ishlar bajarganligi yig‘ilishda qayd etildi. Hususan, Jahon banki bilan hamkorlikda axborot tizimlari hamda 7,5 mln.ta ko‘chmas mulk ob’ektlarining arxiv hujjatlari raqamlashtirildi. Yer va bino inshootlarini hisobga olish bo‘yicha 2021 yil 1 noyabr holatida 7954,8 ming ob’ekt hisobga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #konstitutsiya

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi jamoasi Respublikamizning Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bilan butun O'zbekiston xalqini tabriklaydi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Konstitutsiya
Har qanday davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi. Konstitutsiya so‘zi lug‘aviy jihatdan "Nizom", "Qoidalar to‘plami" degan ma’nolarni anglatadi. Lekin mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim va katta ahamiyatga ega ekanligini alohida e’tirof etish joiz.

Mamlakatimiz Bosh Qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilish hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlari belgilab berilgan. Amaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi.
Konstitutsiyamiz xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tomonidan e’tirof etilganligi esa davlatimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini oshirmoqda va mustahkamlamoqda.
🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘qqiz yilligi barchamizga muborak bo‘lsin!

🇺🇿Go‘zal yurtimizni tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizni fayzu baraka aslo tark etmasin! Sohalar ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI

#DavKadastrPalata #tabrik #qomusim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
​​#Konstitutsiya_bosh qomusimiz
🇺🇿Har qanday davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi. Konstitutsiya so‘zi lug‘aviy jihatdan "Nizom", "Qoidalar to‘plami" degan ma’nolarni anglatadi. Lekin mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim va katta ahamiyatga ega ekanligini alohida e’tirof etish joiz.

♻️Mamlakatimiz Bosh Qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilish hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlari belgilab berilgan. Amaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi.

♻️Ta’kidlash kerakki, 1992 yil 8 dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

♻️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘lib, unda mamlakatimizning huquqiy, demokratik jihatdan rivojlantirishning asosiy prinsiplari belgilangan.

♻️Konstitutsiyamiz xalqaro tashkilotlar va ekspertlar tomonidan e’tirof etilganligi esa davlatimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini oshirmoqda va mustahkamlamoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Bosh Qomusimiz "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish"ning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

♻️Barchangizni Konstitutsiyamizning 29 yilligi bilan Davlat Kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi jamoasi nomidan chin dildan samimiy qutlab qolamiz.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🇺🇿Qomusimiz erkin va farovon hayotimiz kafolati!

🇺🇿8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

#Konstitutsiya #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Ўзбекистон МДҲ давлатлари орасида нечанчи бўлиб ўз конституциясини қабул қилган?

Собиқ Иттифоқ парчаланганидан сўнг 15 та республика мустақилликка эришгач, ўзларининг конституцияларини қабул қилган. Қуйида кетма-кетлик билан танишишингиз мумкин:

🇹🇲 Туркманистон - 1992 йил 18 май;
🇪🇪 Эстония - 1992 йил 28 июн;
🇱🇹 Литва - 1992 йил 2 ноябр;
🇺🇿 Ўзбекистон - 1992 йил 8 декабр;
🇰🇬 Қирғизистон - 1993 йил 5 май;
🇱🇻 Латвия - 1993 йил 6 июл;
🇷🇺 Россия Федерацияси - 1993 йил 25 декабр;
🇧🇾 Беларус - 1994 йил 15 март;
🇲🇩 Молдова - 1994 йил 27 август;
🇹🇯 Тожикистон - 1994 йил 6 ноябр;
🇦🇲 Арманистон - 1995 йил 5 июл;
🇬🇪 Грузия - 1995 йил 24 август;
🇰🇿 Қозоғистон - 1995 йил 30 август;
🇦🇿 Озарбойжон - 1995 йил 27 ноябр;
🇺🇦 Украина - 1996 йил 28 июн.
📖Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 709-son qarori bo'yicha qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi quyidagicha👆

#DavKadastrPalata #qaror #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |