SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🔲 Ayni dam, Davlat kadastrlari palatasining Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasi boshqarmasi xodimlari “Koreyaning rivojlanishga rasmiy yordam” grand loyihasi asosida “O‘zbekistonda milliy geografik axborot tizimi uchun fazoviy ma’lumotlarni standartlashtirish va ulardan foydalanish” dasturi bo‘yicha seminar treningda qatnashmoqdalar.

🔲Ushbu malaka oshirish kurslariga yig‘ilgan tizim xodimlari koreyalik mutahassislardan - Fazoviy ma’lumotlarni standartlashtirish, ISO/INSPIRE standartlar tizimi hamda UML & JML modellashtirish kabi mavzularda ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.


#DavKadastrPalata #hamkorlik #Koreya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
📸 Oltinsoyni "Yashil makon"ga aylantirishda kadastr xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Davlat rahbarining "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslari bugun, mamlakatning barcha hududlarida o‘z aksini topmoqda.

🌳Bu borada, viloyat markazidan tortib to chekka tumanlar hududlarida ham hasharlar tashkil etilib, har bir tashkilot ko‘chat ekish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Oltinsoy tuman bo'limi hamda filial hodimlari ham "Yashil makon" umummilliy loyihasini davom ettirgan holda daraxt ekish ishlarini amalga oshirishdi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
Forwarded from Kadastr - Live
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Бугун Ўзбекистон Республикаси Коррупцияга қарши курашиш агентлиги ва Кадастр агентлиги раҳбар ҳамда ходимлари иштирокида ZOOM орқали видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Йиғилишда “Коррупцияга қарши курашиш ва уни олдини олиш борасида олиб борилаётган ишлар ҳамда келажакдаги режалар” мавзуси юзасидан бугунги кунда коррупцияга қарши курашиш соҳасидаги давлат дастурлари, жамиятда коррупцияга нисбатан муросасиз муносабатни шакллантиришга доир чора-тадбирларни ишлаб чиқиш, коррупцияга оид ҳуқуқбузарликларни аниқлаш, уларга чек қўйиш ва олдини олиш, уларнинг оқибатлари, шунингдек имкон берувчи сабаблари муҳокама қилинди.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Bugun Kadastr agentligida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Kadastr agentligi rahbar hamda xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

❇️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari hamda uning hududiy tuman-shahar bo‘limlari boshliqlari va filiallar rahbarlarining yig‘ilishda ishtiroki ta’minlandi.

❇️Mazkur yig‘ilish ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, hududlarda sodir etilgan holatlar tanqid ostiga olindi va bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularni oldini olish yuzasidan fikr almashildi.

❇️Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.