SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️SavolMen tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun auksiondan yer maydoni oldim. Mazkur yer uchastkasiga kadastr hujjatini shakllantirsam bo'ladimi?

📹 Batafsil javob videoda (1.39 mb)
KUN HIKMATI:
Hayotda qancha ko'p fikr qilib, tafakkur qilsangiz maqsadingiz sari dadil odimlaysiz. Zero, kam fikrlagan odam ko'p adashadi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️SavolMenga yer kerak, tadbirkorlik qilmoqchiman. Hokimiyatga borsam kadastrga jo'natdi. Kadastrga borsam bizda yer berishga vakolat yo'q deyapti. Kimga ishonay?

📹 Batafsil javob videoda (2.82 mb)
🔲Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🔲Mazkur maʼlumotda siz, O'simlik dunyosi ob'ektlarining joriy yil yanvar-sentyabr oylari boʼyicha maqsadli koʼrsatkichi bilan tanishishingiz mumkin.

▪️Infografika№3

#DavKadastrPalata #info #o_smliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Jarimani o‘z vaqtida to‘laganga chegirma mavjud

Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Ushbu qoida quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

* maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;

* jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

* xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Ahborot xizmati:
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Sayyor_qabul

⭕️Ayni damda kadastr sohasida aholi muammolarini hal etish, ularning murojaatlarini tinglash maqsadida Beruniy tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Sayyor qabulga Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari A.Abdullayev boshchilik qilmoqda. Shuningdek Beruniy tumani hokimi A.Saparabev va tumandagi tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

📝Qabulda aholini qiynab kelayotgan muammolar bartaraf etilishi uchun mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

KADASTR TIZIMIDA KORRUPSIYA BORMI?!

Kadastr hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirish borasida to‘laqonli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lmaganlar mavjud. Tabiiy-ki, sodda insonlarni aldash, chuv tushirish ilinjida bo‘lgan firibgarlar, ularni o‘z tuzog‘iga ilintirishlari oson. Aldov yo‘liga o‘tib, “kadastr xodimiman” deb, tanishtirish holatlari ham bor. Ishi oson bitishini xohlaganlar esa aldanib, katta miqdordagi pullarni berib yuborishganini bilmay qolishadi.
Tushunib-tushunmay kadastr xodimlarini aybdorga chiqarishadi. Aslida, qonunbuzarlikka, korrupsiyaga qo‘l urganlar boshqa.
ALDANIB QOLMANG!
Kadastr tizimida bunday qing‘irlikka yo‘l qo‘yilmaydi!
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik

Ayni damda Kadastr agentligida "Ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash" loyihasi doirasida 🇺🇿 Kadastr agentligi direktori Fazliddin Umarov va 🌐 Jahon bankining yer va geofazoviy aspektlar bo‘yicha global lideri, katta texnik maslahatchi Vael Zakut boshchiligidagi Jahon banki missiyasi o'rtasida uchrashuv bo‘lib o’tmoqda.

Uchrashuv jarayonida kadastr sohasidagi islohotlar, loyihani amalga oshirish holati kelgusidagi rejalar muhokama qilinmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#Sayyor_qabul

DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Namangan viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati Namangan shahrida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 16 Noyabr kuni soat 15:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Mirmaqsudov Mirsaid Sadiqovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Namangan viloyati Namangan shahri Boborahim Mashrab mahallasi, viloyat Mudofaaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkilotining majlislar zali.

‼️Sayyor qabulga kelish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashrif buyurishlarini so‘rab qolamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
KUN HIKMATI
Kechirimni har doim ham aybdor so'ramaydi. Kechirimni munosabatlarni ko'proq qadrlaydigan inson so'raydi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

Mazkur maʼlumotda siz, Chiqindini ko'mish va utilizatsiya joylarining joriy yil yanvar-sentyabr oylari boʼyicha maqsadli koʼrsatkichi bilan tanishishingiz mumkin.

📊Infografika№4

#DavKadastrPalata #info #utilizatsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️SavolUyimni kadastr qildirmoqchiman. Qayerga murojaat qilishim kerak, kadastr idorasigami yoki davlat xizmatlari markazigami?

📹 Batafsil javob videoda (2.04 mb)
11 NOYABR "KASABA UYUSHMALARI KUNI"

♻️Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputatlar 11 noyabrni «O'zbekistonda kasaba uyushmalari xodimlari kuni sifatida nishonlash to'g'risida»gi qonun loyihasini qabul qilindi. Mazkur qonun bilan 11 noyabr O'zbekistonda kasaba uyushmalari kuni sifatida belgilandi.

♻️Eslatib o'tamiz, hujjat 2020 yilning 10 noyabrda Qonunchilik palatasi hamda 20 noyabrda Senat tomonidan qabul qilingan.

Ma'lumot uchun: kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki o'qish turi bo'yicha umumiy manfaatlar bog'lab turadigan ixtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Kasaba uyushmalari maqsadi – o'z a'zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilish.
AZIZ XODIMLAR, BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
#kadastr #Surxondaryo# ma'muriy bo'lim

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hududiy bo'lim inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmaslik va o'z vaqtida murojaat etmaslik holatlari bo'yicha jami 1196 ta holatda 535 367 000 so'm jarimalar qo'llanilgan.

Shundan
;

🔰Undirilgani180.685.000 so'm

🔰Imtiyozli undirilgani
(30% jarimani muddatidan oldin to'laganlik uchun) —82 126 000 so'm.

🔰Imtiyozsiz undirilgan (15 kundan keyin undirilgan)
98.559.000 so'm

Yer uchastkasiga, bino va inshootga bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHM ning o'n baravari, mansabdor shaxslarga esa— o'n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
Surxondaryo viloyatida 10 oyi davomida 8 515 ta bo'sh yer uchastkalari auksion savdolariga qo'yilishi uchun aniqlangan.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman (shahar)lardagi mutaxassislari tomonidan 8 515 ta bo'sh yer uchastkalari "Yerelektron" AATga kiritildi hamda "E-IJRO Auksion" savdo maydonchasi orqali 1 210 ta bo'sh yer maydonlari tadbirkorlar uchun sotildi.

J U M L AD A N
🔰Eng ko'p bo'sh yer uchastkalari aniqlagan Sherobod tuman 1009 ta
🔰Eng ko'p auksion savdolariga chiqargan Denov tuman 592 ta
🔰Eng ko'p auksionda sotilgan Termiz tumani 134 ta
💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠
🔴Eng kam bo'sh yer uchastkalari aniqlagan Sho'rchi tuman 352 ta
🔴Eng kam auksion savdolariga chiqargan Termiz shaxar 113 ta
🔴Eng kam auksionda sotilgan Sariosiyo tuman 48 ta

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
#Kadastr #Yashil_makon #Dolzarb_40_kunlik

Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz bo'ylab amalga oshirilayotgan “Yаshil makon” umummilliy loyihasi - “Dolzarb 40 kunlik”da Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Jarqo'rg'on tuman bo'limi va filial xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati: