SURXONDARYO KADASTR
2K subscribers
20.8K photos
2.46K videos
22 files
12.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #auksion

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kadastr idoralari tomonidan “Yerelektron” tizimiga 54 474 ta 22 045 gektar bo‘sh yer uchastkalari kiritildi.

📌Shundan vakolatli organlar tomonidan:

➡️14 567 ta yer uchastkalari rad etildi;

➡️24 686 ta yer uchastkalari ko‘rib chiqilmoqda;

➡️15 839 ta yer uchastkalari bo‘yicha ijobiy xulosa berilib, “E-Ijro auksion” orqali auksionga chiqarildi.

🚩Auksionga chiqarilgan 6008 ta 444 gektar yer uchastkalari auksionda sotildi.

Joriy yil 1-oktabr holatiga 20 462 ta yer uchastkalari bo‘yicha auksion savdolari davom etmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 3-avgustdagi PQ-2571-sonli "Jahon banki ishtirokidagi "Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror ijrosi yuzasidan barcha viloyat hududlarda ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish va kadastr xizmatlaridan foydalanishda mavjud muammolarni tahlil qilish va ularni takomillashtirishga qaratilgan tegishli takliflarni ishlab chiqish maqsadida "Capstone Enterprises" MCHJ tomonidan xodimlar jalb qilingan.

🌀Jumladan Surxondaryo viloyatida ham kadastr xizmatlaridan foydalanishda mavjud muammolarni tahlil qilish maqsadida interʼviyer A.Axmadaliyev tomonidan fuqarolar bilan so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🇺🇿A'zolik— https://t.iss.one/surxonkadastr
#Huquqiy_asoslar
🏢 DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING ASOSIY VAZIFALARI
🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
🔹ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini yuritadi;
🔹yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (Milliy Geoaxborot tizimi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
🔹davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;
🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida soliq solish maqsadida ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tdi
.
Termiz tumanida noqonuniy qurilishlar bartaraf etilmoqda.

🏢Kadastr agentligi Termiz tuman bo'limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning "Limonzor saxovati" massivi Nurafshon maxallasi xududidagi "Xurshid Limon" fermer xujaligi rahbari Atamurodova Adolat o'ziga tegishli bo'lgan qishloq xo'jaligi xaritasining 5q-dala konturida joylashgan qishloq xo'jaligida foydalaniladigan 0,1 gektar yer maydoniga o'zboshimchalik molxona binosi qurganligi aniqlandi.

🌐Mazkur holat o'z vaqtida to'xtatilib, fermer rahbariga nisbatan inspektorlar tomonidan rasmiy ohoglantirish xati berildi.

⭕️Natijada fermer xo'jaligi rahbari tomonidan ushbu holat bartaraf etildi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
​​Yer ajratilish tartiblari haqida nimalarni bilasiz.

1.Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi.

🏢🔰Tadbirkorlik maqsadlari uchun yer maydonlari Vazirlar Mahkamasining2019 yil 20 dekabrdagi 1023-sonli qarori asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqatgina «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.

2.Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
27 avgustdagi 543-son qaroriga asosan:

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali vakolatli tashkilotlar bilan kelishiladi.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🇺🇿A'zolik— https://t.iss.one/surxonkadastr
Surxondaryo viloyatida 8 473 ta bo'sh yer uchastkalari auksion savdolariga qo'yilishi uchun aniqlangan.

🏢🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman (shahar)lardagi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 27 oktyabr holatiga 7 960 ta bo'sh yer uchastkalari "Yerelektron" AATga kiritildi hamda "E-IJRO Auksion" savdo maydonchasi orqali 1 314 ta bo'sh yer maydonlari tadbirkorlar uchun sotildi.

🏢Davl
at kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🇺🇿A'zolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
📊Qaysi hududda arxitektura yodgorliklari soni ko'p?

🏢
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda arxitektura yodgorliklari soni 2264 tani tashkil etgan.

Hududlar bo'yicha arxitektura yodgorliklari soni:

❇️Samarqand viloyati – 562 ta
❇️Buxoro viloyati – 507 ta
❇️Toshkent shahri – 288 ta
❇️Qashqadaryo viloyati – 208 ta
❇️Farg'ona viloyati – 139
❇️Xorazm viloyati – 136 ta
❇️Jizzax viloyati – 100 ta
❇️Namangan viloyati – 98 ta
❇️Andijon viloyati – 74 ta
❇️Navoiy viloyati – 70 ta
❇️Surxondaryo viloyati – 36 ta
❇️Qoraqalpog'iston R. – 24 ta
❇️Sirdaryo viloyati – 15 ta
❇️Toshkent viloyati – 7 ta

Aʼzolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
​​Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aniqlangan bo‘sh yer uchastkalari to‘g‘risida.

🔹💢 Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida jami 8 473 ta yaʼni 318,65 gektar bo‘sh Yer uchastkalari aniqlanib 7 960 tasi YERELEKTRON avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlar muhokamasiga kiritilgan.

🔹🌏 Ushbu YERELEKTRON avtomatlashtirilgan axborot tizimi kiritilgan yer maydonlarining 3 930 ta, yaʼni 163,22 gektari auksion savdolariga chiqarilib, shundan 1314 tasi yaʼni 88,48 gektar auksion savdolari orqali 14 mlrd. 320 mln so‘m miqdorda auksion savdolari orqali sotilgan bo‘lib 4 785 ta ishchi o‘rin yaratilgan.

📝 YERELEKTRON avtomatlashtirilgan axborot tizimi kiritilib hozirda auksion savdolari orqali sotilgan yerlarni tumanlar kesimida tahlil qilinganda:

🔰 Angor tuman 106 ta
🔰 Bandixon tuman 50 ta
🔰Boysun tuman 93 ta
🔰Denov tuman 58 ta
🔰Qiziriq tuman 62 ta
🔰Sherabod tuman 104 ta
🔰Jarqo‘rg‘on tuman 104 ta
🔰Qumqo‘rg‘on tuman 110 ta
🔰Sho‘rchi tuman 52 ta
🔰Muzrabod tuman 120 ta
🔰Oltinsoy tuman 96 ta
🔰Sariosiyo tuman 53 ta
🔰Termiz tuman 143 ta
🔰Uzun tumanida 53 ta
🔰Termiz shahar 110 ta

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🇺🇿A‘zolik: https://t.iss.one/surxonkadastr