SURXONDARYO KADASTR
1.91K subscribers
19.2K photos
2.33K videos
22 files
11.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
KUN HIKMATI
⭕️Agar siz, o‘zingiz qilayotgan ishingiz natijasini har doim oldindan bilsangiz, sizning ishingiz uzoq davom etmaydi.

🏢
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🇺🇿A‘zolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 9 kun qoldi.
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 9 дней.

🇺🇿Aʼzolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
“Fazoviy ma'lumotlar to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–702-son, 23.07.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi

📂Qonunga muvofiq, fazoviy ma'lumotlar fazoviy ob'ektlar to'g'risidagi, ularning joylashuvi, shakli, xossalari xaqidagi ma'lumotlardan iborat.

📌 Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi fazoviy ma'lumotlar sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

☑️ Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirishga doir faoliyatning muvofiqlashtirish maqsadida Kadastr agentligi huzurida Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.

➡️Fazoviy ma'lumotlar bazaviy va sohaga oid fazoviy ma'lumotlarga bo'linadi.

🔄Fazoviy ma'lumotlar va metama'lumotlar davlat organlariga o'z vakolatlarini amalga oshirishi uchun – beg'araz asosda, boshqa foydalanuvchilarga esa – Kadastr agentligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan miqdorlardagi haq evaziga taqdim etiladi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
Forwarded from Segment.uz
⚡️Давлат хизматчилари учун махсус ўқув соати бошланди

Вазирлик ва идоралар, Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри, шунингдек, барча туман, шаҳар ҳокимликлари раҳбар ва масъул ходимлари диққатига
!

🎬 Бугунги куннинг энг муҳим ва долзарб мавзулари ҳақида маълумот бериб борувчи "Сиёсий-маърифат соати" бошланди.

▶️
Мазкур ўқувни айни дамда Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлигининг ilm.argos.uz платформаси ҳамда YouTubeдаги саҳифасига ўтиб, ушбу ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин.

@yangiuzbekiston_uz
#Huquqiy_asoslar #Bino_inshootlar

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish axborot tizimlari orqali quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

🔹1-bosqichbinolar va inshootlarning texnik ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalari orqali aniqlash va axborot tizimida hisobga olish;

🔹2-bosqich obyektlarni chizmada joylashtirib, raqamli kadastr rejasini tuzish;

🔹3-bosqicholdingi bosqichlarda olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish yoki mavjud maʼlumotlarni yangilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyun saanasidagi 389-son qarori

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#kadastr #yer_nazorati #Surxondaryo

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Termiz tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanidagi "Surxon Namuna" massivi xududidan "Fruit Eco Agro Firma" MCHJga qarashli issiqxona qurish uchun ajratilgan, qishloq xo'jalik xaritasining 42-dala konturidagi 0,04 gektar yer maydoniga fuqaro Xudayqulov Alisher Eshboyevich tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olinib, 1 xonali yashash uyi qurganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Termiz tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olgan fuqaroga nisbatan ogohlantirish xati berildi.

Hozirda bartaraf etish yuzasidan izchil choralar ko'rilmoqda.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
#kadastr #savol_javob #farmon

SAVOL:

Yerga bo'lgan huquqga qanday o'zgartirishlar kiritildi?

JAVOB:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 6243-sonli (https://lex.uz/docs/5450176#5455043) "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi farmonining 2-bandiga asosan yerga bo'lgan huquq turlari 2021- yil 1- avgustdan boshlab 6 tadan 3 taga qisqartiriladi.

🔶 yer uchastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) — doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;

🔶 meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi, bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga bo‘lgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qoladi;

🔶 ijaraga olingan yer uchastkasida qonunchilikda belgilangan tartibda qurilgan ko‘chmas mulk obyektiga mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyektga mulk huquqi bilan birgalikda u joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o‘tadi;

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #malaka_oshirish #kadrlar_bolimi

🔭 GEODEZIST-TOPOGRAFLARNING ILK QALDIRG'OCHLARI

📗 Kadastr agentligi tomonidan joriy yilning 7-14 oktyabr kunlari Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021-yil 27-sentabrdagi 147-RT-sonli topshirig‘i ijrosi yuzasidan topograf mutaxassislik bo‘yicha tezkor o‘qitish tashkil etildi.
Agentlik tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalardan o‘qitish uchun nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi va ular orasidan suhbat natijalari bo‘yicha har bir hududdan 2 nafardan jami 28 nafar xodimlar tanlab olindi.

📍Tanlab olingan 28 nafar xodimlar ishlab chiqilgan o‘quv ish rejasiga asosan 7 kunlik kursda o‘qitilib, joriy yilning 14 oktabr kuni test va savol-javob sinovlaridan o‘tkazildi.

🗺 Mazkur imtihonlardan ijobiy o‘tgan geodezist-topograf mutaxassislarining o‘rni beqiyos ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi va ushbu 28 nafar mutaxassislarga sertifikatlar taqdim etildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев МДҲ Давлат раҳбарлари кенгашининг видеоанжуман шаклида ўтган юбилей мажлисида иштирок этди.
Делегациялар раҳбарлари ташкилот фаолиятининг 30 йиллик даврида кўп томонлама ҳамкорликнинг ривожланиши ва эришилган ютуқлар юзасидан фикр алмашдилар, уни янада кенгайтириш масалаларини кўриб чиқдилар.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида МДҲ доирасидаги шерикликни мустаҳкамлашнинг муҳим йўналишлари юзасидан нуқтаи-назарини баён қилди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял участие в юбилейном заседании Совета глав государств-участников СНГ в формате видеоконференции.
Главы делегаций обменялись мнениями о развитии и достижениях многостороннего сотрудничества за 30 лет деятельности организации, рассмотрели вопросы дальнейшего расширения взаимодействия.
В своем выступлении глава нашего государства представил видение ключевых направлений укрепления партнерства в рамках СНГ.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
​​18 октябрь – Самарқанд шаҳри куни.

🇺🇿
*1996 йил 18 октябрь – Самарқанд ва Шаҳрисабз шаҳарларида Соҳибқирон Амир Темур ҳайкали очилди*. Ҳар икки шаҳарга Амир Темур ордени топширилди.Шу куни Самарқанднинг Регистон майдонида Соҳибқирон Амир Темур таваллудининг 660 йиллиги катта тантана билан нишонланди.

🌏 Жаҳон сайқалига айланган бу кўҳна ва табаррук шаҳар Соҳибқирон тақдири, унинг безовта беором кунлари, буюк орзулари, армон-изтиробларига гувоҳ бўлган муқаддас маскандир. Айни пайтда Самарқанд миллатни миллат, давлатни давлат қилган Амир Темур даҳолик қудратининг рамзи, унинг беқиёс ифодасидир. Тантаналар пайтида Президентимиз Самарқанд шаҳрига Амир Темур орденини топширди.

🌀У шаҳар аҳлини мукофот билан қутлаб, Соҳибқирон таваллуди байрами кунларида шаҳарга биринчи рақамли орден топширилиши рамзий маънога эга тариxий воқеа эканлигини таъкидлаб ушбу унутилма
с *кун-18 октябрьни *Самарқанд куни деб эълон этишни таклиф қилди. Йиғилганлар бу таклифни мамнуният билан қарши олдилар *Қачонки, биз Амир Темур ҳазратларини ёд этар эканмиз,* Соҳибқирон салтанатининг пойтаxтини ҳам эҳтиром билан тилга оламиз. Чунки, Амир Темур ва Самарқанд тушунчаларини бир-биридан айри ҳолда тасаввур этиб бўлмайди.

*Самарқанднинг мовий гумбазлари, осмонўпар миноралари, улардаги бетакрор ранглар, олам-олам мазмунга эга нақшу нигорлар бизни ерга қараб эмас, бошимизни баланд кўтариб, қадр-қимматимизни билиб яшашга ундайди*, деди Президентимиз фаxр билан. Соҳибқирон Амир Темур таваллудининг *660 йиллигига* бағишланиб Самарқанднинг Регистон майдонида ўтказилган театрлаштирилган томоша дастури ўзининг тариxий-фалсафий кўламига кўра анча чуқур мазмунга эга бўлди.

🇺🇿Бизларни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг :
Telegram Instagram YouTube Facebook