SURXONDARYO KADASTR
1.95K subscribers
19.6K photos
2.38K videos
22 files
11.6K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
KUN HIKMATI
Inson hayotdagi eng ko'p takrorlanadigan xato: ertani kutib, bugunni boy berishdir.

🇺🇿Aʼzolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
5 oktyabr – Xalqaro o‘qituvchilar kuni.

🌐YUNESKOning 1966 yil 5 oktyabrda Parij shahrida bo‘lib o‘tgan 14-sessiyasida Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorlikda O‘qituvchilarning maqomi to‘g‘risida tavsiyanoma qabul qilingan.

⭕️Mazkur hujjatda o‘qituvchilarning huquq va majburiyatlari, ular uchun yaratilishi zarur bo‘lgan eng muhim shart-sharoitlar bo‘yicha xalqaro meʼyorlar belgilangan.

🌀Shu munosabat bilan, ushbu sana 1994 yildan beri Xalqaro o‘qituvchilar kuni sifatida nishonlab kelinadi.

📚Ushbu kun 100 dan ortiq davlatda keng nishonlanib, o‘qituvchilarning insoniyat hayoti va jahon taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyatini, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash va huquqlarini himoya qilishga eʼtibor qaratish lozimligini eslatib turadi.

🏢
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🇺🇿Aʼzolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 19 kun qoldi.

🇺🇿Aʼzolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
​​#Huquqiy_bilim #farmon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
6243-sonli farmoni.

“YER MUNOSABATLARIDA TENGLIK VA SHAFFOFLIKNI TAʼMINLASH, YERGA BO‘LGAN HUQUQLARNI ISHONCHLI HIMOYA QILISH VA ULARNI BOZOR AKTIVIGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”

🔷.Ер тоифасидан қатъи назар барча турдаги ер участкалари ҳамда бино-иншоотларга бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказмаслик ҳолатларини аниқлаш, ер участкаларининг ўзбошимчалик билан эгаллаб олинишига ва чегараларини ўзбошимчалик билан ўзгартиришга йўл қўймаслик чораларини кўриш, ердан мақсадли фойдаланилиши устидан давлат назорати Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги томонидан амалга оширилади;

🔷Ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланиш ҳолатларини ўз вақтида аниқлаш ва чора кўриш учун Кадастр агентлиги ходимлари масъул эканлиги белгиланган;

🔷Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги органларига ер участкаларидан мақсадсиз фойдаланиш ҳолатлари аниқланганда Ўзбекистон Республикаси Ер кодексининг
36-моддасига мувофиқ ушбу ер участкаларига бўлган ҳуқуқни бекор қилиш, ўзбошимчалик билан эгалланган ер майдонида ноқонуний қурилган иморатларни бартараф этиш юзасидан тўғридан-тўғри судга мурожаат қилиш ҳуқуқи берилган.
🏢
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
🇺🇿Aʼzolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #komplaens

Махсус репортаж | Коррупцияга қарши ички назорат тузилмаси фаолияти

Telegram Instagram YouTube Facebook
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Туркманистон Президенти Гурбангули Бердимуҳамедов расмий ташриф билан мамлакатимизга келди.
Ислом Каримов номидаги Тошкент халқаро аэропортида олий мартабали меҳмонни Президент Шавкат Мирзиёев кутиб олди.
Гурбангули Бердимуҳамедов Мустақиллик ва эзгулик монументи пойига гул қўйди.
Ўзбекистон ва Туркманистон Президентларининг музокаралари эртага, 5 октябрь куни Кўксарой қароргоҳида бўлиб ўтади.

По приглашению Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева Президент Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедов прибыл в нашу страну с официальным визитом.
В международном аэропорту Ташкента имени Ислама Каримова высокого гостя встретил Президент Шавкат Мирзиёев.
Гурбангулы Бердымухамедов возложил цветы к подножию Монумента независимости и гуманизма.
Переговоры на высшем уровне состоятся завтра, 5 октября, в резиденции Куксарой.

#Mirziyoyev #Turkmaniston #tashrif #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Huquqiy_bilim #farmon
O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 iyuldagi "Fazoviy malumotlar to'g'risida"gi 702-son qonuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan.

📚Ushbu qonun 5-bob 25-moddadan iborat.

19-modda. Bazaviy, sohaga oid fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar Fazoviy ma’lumotlar bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlarga bo‘linadi.

♻️Hamma foydalana oladigan, fazoviy ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlari uchun birxillashtirilgan raqamli koordinata-fazoviy asosni tashkil etadigan fazoviy ma’lumotlar bazaviy fazoviy ma’lumotlardir.
♻️Bazaviy fazoviy ma’lumotlar quyidagi obyektlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
geodeziya, nivelir va gravimetriya tarmoqlarining punktlari;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi, ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralari;
gidrografik obyektlar va gidrotexnika inshootlari;
aholi punktlari va ularning ko‘cha-yo‘l tarmog‘i;
sanoat, qishloq xo‘jaligi obyektlari va ijtimoiy-madaniy obyektlar;
binolar va inshootlar;
avtomobil yo‘llari;
temir yo‘llar;
magistral quvurlar;
muhandislik kommunikatsiyalari;
aeroportlar, daryo bandargohlari;
o‘simlik qoplami va tuproqlar;
yer uchastkalarining chegaralari;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlari;
aholi punktlarining chegaralari va zonalashtirish obyektlari, shuningdek shahar atrofidagi zonalar;
muhofaza etiladigan zonalar hamda hududlardan foydalanishning alohida shartlariga ega bo‘lgan zonalar;
aholi punktlari hududidagi va undan tashqaridagi ko‘chalarning reyestrlari hamda obyektlarning manzillari;
geografik obyektlarning nomlari;
joy relyefi;

🔷ortofotoxaritalar, aero- va kosmik suratlar hamda Yerni masofadan turib zond bilan tekshirishga doir ishlarning natijalari.
Bazaviy fazoviy ma’lumotlarda davlat sirlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni, shuningdek foydalanilishi qonunchilikka muvofiq cheklangan boshqa axborotni tashkil etadigan ma’lumotlar bo‘lmasligi kerak.
🔷Bazaviy fazoviy ma’lumotlar asosida yaratiladigan mavzuga oid fazoviy ma’lumotlar sohaga oid fazoviy ma’lumotlardir.
🔷Bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlarga, ularning tarkibi va mazmuniga, ularning metama’lumotlariga doir talablar Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini yuritish tartibiga muvofiq hamda boshqa hujjatlarda belgilanadi.
🔷Metama’lumotlar fazoviy ma’lumotlar hamda fazoviy ma’lumotlar servislarining tarkibi, tuzilmasi, sifati, ishonchliligi, hududiy qamrovi, vazifalari, ulardan foydalanish, foydalanishni cheklash shartlari, fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchi, ularning yaratilish vaqti, ularni yangilash davriyligi to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi hamda boshqa axborotni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
🔷Davlat organlarining buyurtmasiga ko‘ra yaratilgan fazoviy ma’lumotlar davlat mulki hamda Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining tarkibiy qismidir.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat ahborot xizmati:
🇺🇿Aʼzolik: https://t.iss.one/surxonkadastr
#Huquqiy_asoslar #Yer_kadastri #xizmatlar

Yer uchastkasining kadastr
yig‘majildini tayyorlashda
bajariladigan ishlar

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-389-son qarori 22.06.2021

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #metedologiya

📌Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrda “Davlat kadastrlari sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 610-sonli qarori qabul qilindi.

Unga ko'ra:
🔹Dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lov undirilmaydi;

🔹Dehqon xo‘jaliklarini hisobga qo‘yganlik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik hamda Dehqon xo‘jaliklarining yagona davlat reyestridan ko‘chirmalar berganlik uchun davlat boji va yig‘im undirilmasligi belgilandi;

🔹Hukumat qarori bilan ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi (2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori)ga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#halq bilanbirga #Oltinsoy _tumani

Murojaatlar o‘z yechimini topmoqda.

📘Xabaringiz bor murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularga yechim topish aholini qiynab kelayotgan bir qancha muammolarini qonun doirasida bartaraf etish va ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib maslahatlar berish borasida Kadastr agentligi xodimlari tomonidan murojaatlar o‘rganilib chiqilmoqda .

📚Jumladan Oltinsoy tumani 4-sektor hududi “Xayrandara” mahallasi yashovchi fuqaro A.Artiqov ko‘cha hududi bo‘yicha qo‘shnisi A.Quvonovning xatti harakatidan norozi bo‘lib, qilgan murojaati Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganilib, murojaati ijobiy hal qilindi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat ahborot xizmati:
🇺🇿Aʼzolik: https://t.iss.one/surxonkadastr