SURXONDARYO KADASTR
2.01K subscribers
20.7K photos
2.46K videos
22 files
12.1K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔔 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilgandi.

🗣Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.

🔄 Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.

Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.

⭐️ Kadastr agentligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlarini so‘raydi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🌟Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalariga 2025 yil 03-10 yanvar kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

✉️ Jami kelib tushgan murojaatlar soni – 122 ta

🔴Yer maydoni ajratish bo‘yicha 15 ta

🔴Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 32 ta

🔴Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 28 ta

🔴 Nizoli holatlar bo‘yicha 5 ta

🔴So‘rovnomalar 18 ta

🔴Boshqa masalalar bo`yicha 24 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 122 ta murojaatdan 26 ta ijobiy hal qilingan, 76 ta jarayonda, 20 ta huquqiy tushuncha berilgan, 46 ta murojaat muddatida yopilgan .

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿14_YANVAR_VATAN_HIMOYACHILAR_KUNI

💠Tinch va osuda kechayotgan hayotimiz turli xil bayramlar bilan yanada shukuhli va mazmunli kechmoqda. Yurtimizda munosib nishonlanayotgan har bir bayram bu - ertangi kunimizning tinch va farovon bo’lishiga qat'iy ishonchdir.

💠Yangi yil shukuhi kơngillarni tark etmasdan, Yurtimizga yana bir bayram – “14 Yanvar - Vatan himoyachilari kuni” kirib kelmoqda.

💠Bu yil ham Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining
3️⃣3️⃣ yilligini munosib nishonlash maqsadida, qolaversa, har yilgi an'anaga sodiq qolgan holda “Milliy armiyamiz - Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida xeshteglar tayyorlandi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI - MAMLAKAT TAYANCHI, XALQIMIZ FAXRI!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK  KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING ENG MUHIM SHARTI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari tomonidan Termiz tumani filiali hodimlariga yig’ilish o‘tkazildi.

💠 Yig‘ilishda, bo‘lim va filial xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tushunchalar berdilar.

💠 Jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 24 noyabrda Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘RQ-419-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi 829-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5-iyundagi Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘RQ-931-son qonunlari atroflicha tushuntirildi.

💠Tadbir so‘ngida korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, sohada firibgarlik va tamagirlik omillarini butunlay yo‘qotish, jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablari yuzasidan qatnashchilarga aniq faktlar va misollar asosida kerakli tushuntirishlar berib o‘tildi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💠 Korrupsiya-taraqqiyot dushmani

🗣 Korrupsiyaga qarshi kurash, tartib-intizom va ishga vijdonan yondashuv masalalarida kadastr sohasida ham doimiy ravishda profilaktik tadbirlar mutasaddilar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur videorolik orqali - halollikka e'tibor qilish kerakligi va qabihlik har qanday insonni tubanlikka chorlashi yorqin aks ettirilgan.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni”

🅰 Hurmatli Vatan himoyachilari 🅰 

🅰Sizlarni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaymiz!

🇺🇿 Yurtimizning jasur oʼgʼlonlari sharafli kasb hisoblangan Vatan himoyasida mardlik, shijoat, fidoyilik, yuksak matonat doimo hamrohingiz boʼlsin, hamisha xalqimiz ardogʼida boʼling!

🇺🇿 Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

🌟 Hurmat bilan, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari jamoasi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ 937-SONLI QONUNGA KO‘RA

🗣Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi quyidagi o‘lchamlarda e’tirof etiladi:

💠agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bo‘lsa, — barcha hududlarda 0,24 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda;

💠agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan bo‘lsa, — Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 0,06 gektardan, qolgan hududlarda 0,12 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda.

🔠 Yer uchastkalari boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibidan Toshkent, Nukus shaharlari yoki viloyat markazlari hududi tarkibiga o‘tkazilgan hollarda, yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi ular avval joylashgan ma’muriy-hududiy birlikdagi ijara huquqini e’tirof etish shartlariga muvofiq, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda e’tirof etiladi.

🔠 Yakka tartibdagi uy-joy egallagan yer uchastkasining amaldagi maydoni ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan o‘lchamlardan oshgan hollarda, yer uchastkasining ortiqcha egallangan qismiga bo‘lgan ijara huquqi, basharti boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa, dehqon xo‘jaligini yoki tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun e’tirof etiladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI - MAMLAKAT TAYANCHI, XALQIMIZ FAXRI!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 OAV BIZ HAQIMIZDA

🌟Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Andijon viloyatida yer to'g'ridagi qonunlar buzilishining oldi olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar "O'zbekiston 24" telekanalining "Qisqa satrda" informatsion dasturida.

#Kadastr_agentligi #OAV_biz_haqimizda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Kadastrimiz yigitlari e’tirofda🇺🇿

🇺🇿 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

🦅 Yigitlik burchini oʻtagan, bugunga kelib oilasida va mehnat jamoasida hurmat-eʼtibor qozongan erkak hamkasblar shaʼniga iliq soʻzlar, samimiy tilaklar aytildi.

◾️ Kunning sovuq bo'lishiga qaramay ichkaridagi iliqlik barchaga birdek bayramona kayfiyat ulasha oldi.

#Surxonkadastr #Vatan_himoyachilari_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM