SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.9K photos
2.3K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёевга банклар иштирокида маҳаллаларда аҳоли бандлигини таъминлаш ва даромадини ошириш чора-тадбирлари бўйича ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о мерах по обеспечению занятости населения и повышению доходов в махаллях с участием банков.

#Mirziyoyev #taqdimot #banklar #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺 OAV BIZ HAQIMIZDA

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-son QONUNi bilan fuqarolarni azal-azaldan tashvishga solib kelayotgan muammolariga yechim topildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Aynan shu xususda 🌟Kadastr agentligi direktori o'rinbosari Abdushukur Abdullayevning "Ishonch" gazetasiga bergan intervyusida so'z boradi.

Batafsil: Ishonch.uz

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun bizning mahallada xatlov bo‘lmayapti ?

Javob:
➡️ Ayni paytda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish ishlari 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan reja-jadval asosida olib borilayotgan bo‘lib, mazkur yillarda rejaga kiritilmagan mahallalar keyingi yillarga mo‘ljallangan reja-jadvalga kiritiladi. Hech bir mahalla xatlovdan chetta qolmaydi !

🔖Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonunning amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar etib belgilangan.

Huquqiy asos:
🇺🇿“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonun

#savol_javob #huquq

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, 2024-yilning 8-noyabridan respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda 2024 yil davomida Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasiga kelib tushgan murojaatlar tahlili

✉️ Jami kelib tushgan murojaatlar soni – 6 783 ta

💠 Yer ajratish masalasida 1 366 ta

💠 Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 3 177 ta

💠 Ko‘chmas mulk to‘g‘risida maʼlumot olish bo‘yicha 1 360 ta

💠 Noqonuniy holatlar bo‘yicha 219 ta

💠Boshqa masalalar bo‘yicha 716 ta

📚 Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 6 783 ta murojaatdan 4 364 ta ijobiy hal qilingan, 21 ta jarayonda, 2 398 ta huquqiy tushuncha berilgan .

➡️Umumiy murojaatlarning 6 358 tasi jismoniy shaxslar tomonidan, 425 tasi yuridik shaxslar tomonidan murojaat qilingan.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI - MAMLAKAT TAYANCHI, XALQIMIZ FAXRI!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

😞😡😞😕-YIL SARHISOBI
Murojaatlar bo'limida

🌟 2024-yildaDavlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi qanday yutuqlarni qo'lga kiritdi?

➡️ Vazifalar amalga oshirilishi yuzasidan qanday natijalarga erishildi?

🇺🇿2025-yilda qaysi yangi loyihalar va maqsadlar kutilmoqda?

🎚 Bu savollarga Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yilnoma hisobotlari orqali javob berib boradilar.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i Nuriddin Yusupov fuqaro va tadbirkorlarning murojaatlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

#Surxonkadastr #yilnoma #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Kadastr agentligi tomonidan Yer va kadastr nazorati borasida qonun hujjatlariga belgilangan tartibda javobgarliklar mavjudligidan xabaringiz bormi

JUMLADAN;

💠 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 60-modda 2-qismi (Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, yuridik shaxslarga esa 70 baravarigacha jarima solishi mumkin.

💠 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 60-modda 3-qismi (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, yuridik shaxslarga esa 400 baravarigacha jarima solishi mumkin.

💠 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 60¹ (prim) moddasi (Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, yuridik shaxslarga esa 50 baravarigacha jarima solishi mumkin.

💠 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 68-modda 1-qismi (Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, yuridik shaxslarga esa 5 baravarigacha jarima solishi mumkin.

💠 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 68-modda 2-qismi (Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish takror sodir etilgan bo‘lsa) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, yuridik shaxslarga esa 10 baravarigacha jarima solishi mumkin.

💠 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 68¹ (prim) moddasi (Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, yuridik shaxslarga esa 15 baravarigacha jarima solishi mumkin.

💠 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 69-modda (Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish) - Jismoniy shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha, yuridik shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishi mumkin.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-yil yanvar oyida respublikaning barcha hududlarida o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi bilan infografikalar orqali tanishib olishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️KADASTR AGENTLIGI VA 🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI SURXONDARYO VILOYATI BOSHQARMALARI

⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i: Abdiraxmanov Menglimamat Abdishukurovich

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b: Ashurov Faxriddin Musulmonqulovich

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi 10-uy 📞

📞 +998 55 451-22-19, +998 55 451-22-17

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥 DEHQON XO‘JALIGI YERLARI ENDI AUKSIONDA !

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 1 024 ta "Yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari"ni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling!

🗺 Oltinsoy tumanidan 57 ta (ko'rish)
🗺 Angor tumanidan 76 ta (ko'rish)
🗺 Bandixon tumanidan 70 ta (ko'rish)
🗺 Muzrabot tumanidan 100 ta (ko'rish)
🗺 Denov tumanidan 24 ta (ko'rish)
🗺 Jarqo'rg'on tumanidan 8 ta (ko'rish)
🗺 Qumqo'rg'on tumanidan 47 ta (ko'rish)
🗺 Qiziriq tumanidan 117 ta (ko'rish)
🗺 Sariosiyo tumanidan 47 ta (ko'rish)
🗺 Termiz tumanidan 123 ta (ko'rish)
🗺 Uzun tumanidan 48 ta (ko'rish)
🗺 Sherobod tumanidan 67 ta (ko'rish)
🗺 Sho'rchi tumanidan 240 ta (ko'rish)

Eslatma: Mazkur yerlar maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son,05.04.2024 y.) asosida savdoga chiqarilgan.

#auksion #dehqonxoʼjaligi

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr atamalari


➡️ Obyektning kadastr raqami — yer uchastkasining, binoning yoki inshootning O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan o‘ziga xos raqami bo‘lib, ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirish chog‘ida beriladi va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlanib turadi.

💬 Asos: O'RQ-803 28.11.2022

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️Ko‘chmas mulk tarixi

🇺🇿Hukumat qarori bilan DXM, my.gov.uz yoki davreestr.uz portali orqali “Ko‘chmas mulk tarixi”ga oid maʼlumotlarini aniqlash xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi.

💰 Xizmat narxi - BHMning 50 foizi (187 500 so‘m)
🗓 Muddat - uch ish kuni

🗣Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda quyidagilar aks ettiriladi:

💠obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;
💠obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;
💠obyektning qurilgan yili.

‼️ Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📚📚📚📚

➡️Youtube ijtimoiy tarmog’i orqali yo’llangan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqib, quyidagilar aniqlandi

O’rganish jarayonida, Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tuman bo’limining 30.08.2024-yildagi Davlat yer nazorati tadbirini o’tkazish to’g’risidagi buyrug’iga asosan tumanning “Aeroport” mahallasida yer nazorati tadbirlari amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

➡️ BATAFSIL

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tayinlov #tabrik

🟩🟩🟩🟩

Muxammadiyev Hojiakbar Abdurozzoq o‘g‘li –
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligi 💫Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Davlat yer kadastrini yuritish shoʻbasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Hojiakbar Muxammadiyev –1995-yilda Surxondaryo viloyati,Oltinsoy tumanida tug‘ilgan.  2020-yil Toshkent arxitektura qurilish institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar 💫Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimida  faoliyat yuritgan.

Hojiakbar Abdurozzoq o‘g‘liga  ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot ga murojaat qilish tartibi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining @Dkpuz_bot orqali fuqaro va tadbirkorlar murojaatlarini yo'llash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

👨🏻‍💻 Ushbu bot orqali murojaatni amalga oshirish uchun quyidagi ketma-ketlikda ma'lumotlaringizni kiritishingiz lozim bo'ladi:

◾️Botni ishga tushurish uchun “START” tugmasini bosish;
◾️Murojaat tilini tanlash;
◾️Murojaatchining yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligini belgilash;
◾️Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsni tasdiqlovchi ma'lumotlarni, yuridik shaxslar tomonidan tashkilot to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish;
◾️Telefon raqamni kiritish talab etiladi va shundan so'ng murojaatlarni yuborishingiz mumkin bo'ladi.

ESLATMA: Har bir yangi murojaat uchun ushbu ketma ketlikni boshidan bajarishingiz talab etiladi! Shuning uchun murojaatni yaxlit matn ko'rinishida yuborishingiz lozim. Aks holda murojaatlaringiz botga kelib tushmasligini ma'lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM