SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘tgan haftada Termiz shahri "Alpomish" mahallasida bo‘lib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab bergan edi. Bugun ushbu mahallada viloyat rahbari berilgan topshiriqlar ijrosi, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi. Mutasaddilarga hudud infratuzilmasini yaxshilash, ko‘p qavatli turar joylar atrofini tartibga keltirish, bolalar maydonchalarini ta’mirlash vazifalari topshirildi.

Shundan so‘ng, shahar sektor rahbarlari va "Alpomish" mahallasi "yettiligi" tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar yo‘nalishlar kesimida taqdimot qilindi. Shuningdek, shu yerning o‘zida Sherobod tumanida MTT binosi, savdo kompleksi, Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massiviga tutash hududda savdo, xizmat ko‘rsatish va dam olish maskanlari hamda yoshlar sanoat zonasini tashkil etish loyihalari ko‘rib chiqildi.

Taqdimot bilan tanishgan viloyat rahbari mutasaddilarga har bir loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari hamda samaradorligini aniq baholagan holda amalga oshirish yuzasidan tavsiyalarni berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lovlar undirilmaydi:

kadastr pasportini rasmiylashtirganda;

ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;

rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;

fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

#kadastr_xizmati #bilasizmi

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬

📹 937-SONLI QONUN BILAN, DAVR OROLIG‘I SIFATIDA NEGA AYNAN 2018-YIL 1-MAY TANLANGAN?

➡️ Bu bo'yicha ⭐️ Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Bexzod Nishanov javob beradi.

➡️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #savol_javob

Yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tartibda tiklanadi ?

- Buning uchun ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki my.gov.uz portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

✉️ Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.

📄 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

📎 So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Korrupsiya-taraqqiyot dushmani" videoroliklar tanlovining FINAL bosqichi bo'lib o'tadi.

➡️Oldin xabar berganimizdek "9-dekabr xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o'rtasida o'tkazilayotgan "Korrupsiya-taraqqiyot dushmani" videoroliklar tanlovining FINAL bosqichi 6-dekabr kuni o'tadi.

Mazkur tanlovda 20 dan ortiq videoroliklar kelib tushgan bo'lib FINAL bosqichga 10 ta rolik g'oliblik va sovrinlar uchun ishtirok etadi.

⬆️ Bizni kuzatishda davom eting. Final bosqichi yakunlari bo'yicha ma'lumotlar hamda g'oliblikni qo'lga kiritgan video roliklar 🌟Kadastr agentligining rasmiy sahifalari orqali e'lon qilinadi.

#Kadastr_agentligi #tanlov_final #korrupsiya

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qomusimiz huquqlarimiz kafolati


🇺🇿Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.

🇺🇿Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🇺🇿 Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

🇺🇿 Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

📖 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda

#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#boshqomusimiz_32_yoshda
🫥KONSTITUTSIYA – FAROVON HAYOTIMIZ POYDEVORI🫥

Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.

⚖️Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🏠Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

🫥Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 47-modda.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

T A Y I N L O V

🟢 Murodov Shavkat Safarovich 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi⭐️ Kadastr agentligi 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

🚛 Shavkat Safarovich –1989-yilda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2012-yil Toshkent davlat Agrar universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar 💫 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shavkat Safarovichga ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilaymiz.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_eshiklar_kuni

OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING ENG MUHIM SHARTI

💠Korrupsiya taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi bo‘lishi zarur. Shundagina biz ushbu xavfni bartaraf etgan bo‘lamiz.

⭐️ Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag’ishlab "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri bo'lib o'tdi.

🫥Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, sohada firibgarlik va tamagirlik omillarini butunlay yo‘qotish, jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablari yuzasidan qatnashchilarga aniq faktlar va misollar asosida kerakli tushuntirishlar berib o‘tildi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM