SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
19K photos
2.33K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
HURMATLI FOYDALANUVChI!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan e’lon qilinayotgan statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning qoniqish va ishonch darajasini aniqlash uchun so‘rovnomani to‘ldirishga taklif qilamiz.

Sizning javobingiz va takliflaringiz e’tiborga olinib, statistika organlari faoliyatini takomillashtirish va taqdim etilayotgan statistik ma’lumotlarning sifatini yaxshilashda yordam beradi.

Biz bilan xamkorligingiz va mazkur ishda bizga ko‘rsatgan yordamingiz uchun
Sizga oldindan minnatdorchilik bildiramiz!!!

👉 So‘rovnomaga o‘tish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬

📹 QONUNGA KO‘RA, DAVLAT ORGANLARI VA FUQAROLAR QANDAY VAZIFALARNI BAJARADI?

➡️ Bu bo'yicha ⭐️ Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Bexzod Nishanov javob beradi.

➡️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qomusimiz huquqlarimiz kafolati


🇺🇿 Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.

🇺🇿 Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

🇺🇿 Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.

🇺🇿 Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
⬇️
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.


📖 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-modda

#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏠Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

🖌Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🟡ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🟡yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🟦umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🟦umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🟦umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🟦umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🟦umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🟦umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

❗️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni.

Aslida oramizda mana shunday insonlar bizga jasorat va matonatni, metindek sabrni va doimo shukur qilib yashashimizga undashadi. Nogiron insonlar nuqsonli emas, aslida biz sog‘lom bo‘la turib nuqsonlimiz. Hayotda boriga shukur qilmay ba’zida noshukurlik qilamiz. Insonlar orasida o‘tirib olib tabaqa ajratamiz.

3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan biz doimo oldinga intilishimizga sababchi bo‘layotgan imkoniyati cheklangan qahramonlar kuni muborak bo‘lsin. Bayram munosabati bilan xabar olishimiz emas, aksincha imkon topilishi bilanoq doimo xabar olishimiz zarur.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️KADASTR AGENTLIGI HAMDA 🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI SURXONDARYO VILOYATI BOSHQARMALARI

⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i: Abdiraxmanov Menglimamat Abdishukurovich

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b: Ashurov Faxriddin Musulmonqulovich

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi 10-uy 📞

📞 +998 55 451-22-19, +998 55 451-22-17

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬

📹 QONUN BILAN, BELGILANGAN ME'YORDAN ORTIQCHA EGALLANGAN YER MAYDONLARINING TAQDIRI NIMA BO‘LADI?

➡️ Bu bo'yicha ⭐️ Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Bexzod Nishanov javob beradi.

➡️ Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from surxonstat.uz
📊Surxondaryo viloyatida xizmatlar sohasida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi?

📈2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 15 558,5 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 7,3 % ga o‘sdi.

➡️Axborot xizmati

Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Aholiga yaratilayotgan imkoniyatlar OAV nigohida


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining “O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi Qonuni asosida egalik huquqlarini e'tirof etish jarayonlari, bosqichlari, shartlari, mas'ul tashkilotlar va bir qancha muhim jihatlar haqida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi vakillari tomonidan "O'zbekiston 24" telekanalining "Studiya 24" dasturida atroflicha ma'lumotlar berildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikadagi kon nomlari muvofiqlashtirilmoqda


🇺🇿 Yurtboshimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar doirasida Davlat kadastrlari palatasining Respublika toponimika xizmati boshqarmasi ham mamlakatimizdagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo'yicha samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

🇺🇿 Xususan, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo'yicha Respublika ekspertiza komissiyasi tomonidan bugungi kunga qadar rus tilida nomlanib kelgan 1 246 ta kon nomidan 703 tasi oʻzbekchalashtirilib, 2024-yil 15-noyabrdagi 766-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlandi. Ushbu qaror asosida kon nomlari Geonames axborot-veb portalida ro'yxatdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, qonun talablariga javob bermaydigan ba’zi konlar qayta nomlandi. 543 ta kon nomi davlat ekspertizasidan o'tkazish jarayonida.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 4 646 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini е-auksion savdo platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling.

🔷 Oltinsoy tumanidan 193 ta (ko'rish)
🔷 Angor tumanidan 186 ta (ko'rish)
🔷 Bandixon tumanidan 419 ta (ko'rish)
🔷 Boysun tumanidan 243 ta (ko'rish)
🔷 Muzrabot tumanidan 283 ta (ko'rish)
🔷 Denov tumanidan 221 ta (ko'rish)
🔷 Jarqo‘rg‘on tumanidan 407 ta (ko'rish)
🔷 Qumqo‘rg‘on tumanidan 460 ta (ko'rish)
🔷 Qiziriq tumanidan 464 ta (ko'rish)
🔷 Sariosiyo tumanidan 151 ta (ko'rish)
🔷 Termiz tumanidan 897 ta (ko'rish)
🔷 Uzun tumanidan 221 ta (ko'rish)
🔷 Sherobod tumanidan 211 ta (ko'rish)
🔷Sho‘rchi tumanidan 164 ta (ko'rish)
🔷Termiz shahridan 109 ta (ko'rish)

Mazkur yer uchastkalarida мuddatli bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram |
#korrupsiyaga_qarshi_kurash #Surxon_kadastr

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashishga chorlaydi.

🇺🇿 Siz Kadastr sohasi bilan bog'liq korrupsiya va tamagirlik holatlariga duch kelsangiz boshqarmalarning:

(90) 072-00-21 📞 (99) 677-00-78 raqamlariga murojaat qiling!

📚 MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sho‘rchi tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari bo’yicha reja-jadval

📄O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Sho‘rchi tumani hududi uchun reja-jadval.

🟢Agarda ro’yxatdan sizning mahallangiz nomi chiqmasa, xavotirga tushmang. Demak, sizning mahallangiz 2025-yildan keyingi bosqichda xatlovdan o’tkaziladi. 2026-yil reja-jadvali 2025-yil yakuniga qadar e’lon qilinadi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📺 "Yoshlar" telekanali efirga uzatilayotgan “Tafakkur yo‘li” dasturining navbatdagi mehmoni ⭐️ Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdushukur Abdullayev bo‘ldi.

🔊Unda, 🌟 Agentlik tizimida yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularni ishga jalb qilish, o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zgarishlar, kitobxonlik, “Halollik vaksinasi” hamda sohada orttirilgan boy tajriba va shu asosida bugungi kun yoshlari va shogirdlariga nasihatlar haqida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 1 129 ta "Yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari"ni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling!

🔷 Oltinsoy tumanidan 58 ta (ko'rish)
🔷 Angor tumanidan 79 ta (ko'rish)
🔷 Bandixon tumanidan 90 ta (ko'rish)
🔷 Muzrabot tumanidan 100 ta (ko'rish)
🔷 Denov tumanidan 22 ta (ko'rish)
🔷 Jarqo'rg'on tumanidan 7 ta (ko'rish)
🔷 Qumqo'rg'on tumanidan 64 ta (ko'rish)
🔷 Qiziriq tumanidan 135 ta (ko'rish)
🔷 Sariosiyo tumanidan 74 ta (ko'rish)
🔷 Termiz tumanidan 129 ta (ko'rish)
🔷 Uzun tumanidan 36 ta (ko'rish)
🔷 Sherobod tumanidan 97 ta (ko'rish)
🔷 Sho'rchi tumanidan 238 ta (ko'rish)

Eslatma: Mazkur yerlar maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son,05.04.2024 y.) asosida savdoga chiqarilgan.

☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 "Noturar ko'chmas mulkni boshqa shaxsga o'tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish va unga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha kompozit davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to'g'risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-sonli qarori qabul qilindi.

📃 Mazkur maʼmuriy reglament yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni butunligicha boshqa shaxsga o‘tkazishga oid ikki taraflama shartnomalarni rasmiylashtirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi, noturar ko‘chmas mulkning hadya va renta shartnomalari bundan mustasno.

◼️Ushbu reglamentga ko'ra davlat xizmatini ko'rsatish 4 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich. Ariza beruvchilar - Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat qiladi.

2-bosqich. Davlat xizmatlari markazi - ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi.

3-bosqich. Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestridan ko‘chirmani Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

4-bosqich. Davlat xizmatlari markazi - Ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng, uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchilarni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchilarning so‘roviga ko‘ra ko‘chirma elektron shaklda yoki qog'oz shaklda berilishi mumkin.

➡️ Qarorning to'liq matni bilan mazkur manbaa orqali tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/pdfs/7246182

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘tgan haftada Termiz shahri "Alpomish" mahallasida bo‘lib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab bergan edi. Bugun ushbu mahallada viloyat rahbari berilgan topshiriqlar ijrosi, obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi. Mutasaddilarga hudud infratuzilmasini yaxshilash, ko‘p qavatli turar joylar atrofini tartibga keltirish, bolalar maydonchalarini ta’mirlash vazifalari topshirildi.

Shundan so‘ng, shahar sektor rahbarlari va "Alpomish" mahallasi "yettiligi" tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar yo‘nalishlar kesimida taqdimot qilindi. Shuningdek, shu yerning o‘zida Sherobod tumanida MTT binosi, savdo kompleksi, Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massiviga tutash hududda savdo, xizmat ko‘rsatish va dam olish maskanlari hamda yoshlar sanoat zonasini tashkil etish loyihalari ko‘rib chiqildi.

Taqdimot bilan tanishgan viloyat rahbari mutasaddilarga har bir loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari hamda samaradorligini aniq baholagan holda amalga oshirish yuzasidan tavsiyalarni berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X