SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
19K photos
2.33K videos
22 files
11.4K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
☯️ QAYTMA ALOQA

Ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan ma'lumot va postlarimiz Sizga foydali va manzur bo'lishi uchun fikringizni bilishga qiziqdik! Bosqichli so'rovnomamizda faol ishtirok eting! QAYSI MAZMUNDAGI XABARLARNI KO'PAYTIRISHIMIZNI ISTAYSIZ?
Anonymous Poll
34%
Huquqiy ma'lumotlar
33%
Sohaga oid qiziqarli xabarlar
9%
Hududiy yangiliklar
13%
Foydali ma'lumotlar
7%
Joy nomlari tarixi
29%
Xorijda yer munosabatlari
#bilasizmi #savol_javob

Yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tartibda tiklanadi ?

Javob:
- Buning uchun ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki my.gov.uz portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

✉️ Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.

📄 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

📎 So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiyaga befarq bo‘lmang !

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashishga chorlaydi.

Siz Kadastr sohasi bilan bog'liq korrupsiya va tamagirlik holatlariga duch kelsangiz boshqarmalarning:

📞 1097
📞 (90) 072-00-21
📞 (99) 677-00-78 raqamlariga murojaat qiling!

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

#korrupsiyaga_qarshi_kurash #Surxon_kadastr

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Kutilgan qonun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi. Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Savol: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning necha sotixgacha bo‘lgan yerlariga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer uchastkalarini sotib oling!
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 5 811 ta  yer uchastkalarini е-auksion savdo  platformasida ochiq va shaffof savdolarda ishtirok etib sotib oling. 

🔷Tadbirkorlik va shaharsozlik uchun 5 719 ta (ko'rish)
🔷Ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 1 ta (ko'rish)
🔷Kichik sanoat zonalari uchun 38 ta (ko'rish)
🔷Yangi O‘zbekiston (ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun) 25 ta (ko'rish)
🔷Turistik zona uchun 6 ta (ko'rish)
🔷Xalqaro yo‘llar bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish joylari uchun 2 ta (ko'rish)
🔷Nodavlat umumtalim va maktabgacha talim muassasalari uchun 8 ta (ko'rish)
🔷Mikromarkazlar uchun yer uchastkasi 7 ta (ko'rish)
🔷Master-reja asosida savdoga chiqarilgan yerlar 5 ta (ko'rish)

Mazkur yer uchastkalarida  мuddatli bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonunning mazmun-mohiyati "Yuridik klinika"da

⚡️ Ayni damda Adliya vazirligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida "Yuridik klinika" onlayn videomuloqoti o'tkazilmoqda.

👔Mavzu: “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish.

🤯Savollaringiz bo'lsa mazkur havola orqali ulanib, savol yo'llashingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=uDhYTLJYf6w

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi

🔵 Yer uchastkalarini xususiylashtirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari yer uchastkalarini xususiylashtirishga bo‘lgan o‘z huquqlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra hamda o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

🚫 Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun majburlash taqiqlanadi.

#bilasizmi #huquq #VM_71

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi ?

◼️ Ko‘chmas mulk ob'ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasport) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob'ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

◼️ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

◼️ kadastr yig‘majildi (pasporti) yuqolganda (yaroqsiz xolga kelganda).

◼️Ushbu xollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
26-sentabr - Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni

Sana munosabati bilan yurtimiz xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashdek sharafli va mas’uliyatli vazifalarni ado etib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining barcha xodimlari va faxriylarini tabriklaymiz.

Ularga mustahkam sog‘liq, ishlarida muvaffaqiyatlar, oilalariga sihat-salomatlik va xotirjamlik tilaymiz!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QUMQO‘RG‘ON TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

🌟 Davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z samarasini berib kelmoqda.
🔵 Kuni kecha 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sh.Suvonov tomonidan Qumqo‘rg‘on tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham ko‘pgina murojaatlarga yechim topildi.
📝 Sayyor qabulda jami 21 nafar tadbirkor va fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
🔵 Sayyor qabulga yig‘ilgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirish, ko‘chmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, va shunga o'xshash boshqa kadastr bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi.
Tashkil etilgan sayyor qabulda 9 nafar murojaatchining murojaati joyida ijobiy hal etildi.
7 nafar murojaatchiga huquqiy tushunchalar berildi.
5 nafar murojaatchining murojaatlari o‘rganish uchun tegishli tuman bo‘lim va filial rahbarlariga topshiriqlar berildi.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM