SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Surxondaryo viloyatida “Kadrlar haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda.

🇺🇿Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali tashabbusi bilan 17-20 sentyabr kunlari Davlat organlari va tashkilotlaridagi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish xodimlari uchun “Kadrlar haftaligi” o‘tkazilishi rejalashtirildi.

🔵 Ushbu haftalikda ⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Inson resurslarini boshqarish bo‘limi boshliqlari xam qatnashmoqdalar.

🔵 “Kadrlar haftaligi” doirasida masʼul xodimlarning sohaga oid bilim va salohiyatini rivojlantirish maqsadida Mehnat kodeksi hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari bo‘yicha o‘quv-seminar, “Zakovat” intellektual o‘yinlari,“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida sport musobaqalari hamda Surxondaryo viloyatining qadimiy tarixi, hududda islom madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi, o‘zbek davlatchiligi tarixiga hissa qo‘shgan tarixiy shaxslar, buyuk allomalarning hayoti va ijodi bilishi tanishish yuzasidan viloyatdagi tarixiy obidalar muzeylarga sayohat uyushtirilishi rejalashtirilgan.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qiziriq tumanida fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

🔵Bugun Qiziriq tumani Gulzor mahallasi Kadastr binosida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qiziriq tumani filiali mutasaddilari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkaziladi.

🔵 Ochiq muloqot jami 13 nafar tadbirkor va fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirish, ko‘chmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, va shunga o'xshash boshqa kadastr bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi.

Tashkil etilgan ochiq muloqot 4 nafar murojaatchining murojaati joyida ijobiy hal etildi.
4 nafar murojaatchiga huquqiy tushunchalar berildi.
5 nafar murojaatchining murojaatlari joyiga borib o‘rganish uchun topshiriqlar berildi.

#surxon_kadastr#ochiq _muloqot

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi Mo‘ynoq tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan "Talli o‘zak" MFY hududida yashovchi fuqaro S.S. tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘ziga tegishli bo‘lmagan umumiy maydoni 500 kv.m yerni devor bilan o‘rab olganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan MJtKning 60-moddasi 2-qismiga asosan hujjatlar rasmiylashtirildi hamda noqonuniy holat fuqaro tomonidan bartaraf etildi.

Surxondaryo viloyati boshqarmasi Jarqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlari tomonidan "Qushtepa" MFYda yashovchi fuqaro tomonidan davlat zaxirasida bo'lgan yer maydonini o'zboshimchalik bilan 0.04 gektarini egallab olib, 46.8 kv.metrdan iborat uy-joy qurib olganligi holati aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan MJtKning 60-modda 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va berligan yozma ko'rsatma natijasida noqonuniy qurib olgan uy-joy binosi o‘z hisobidan bartaraf etildi.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanda olib borilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro tomonidan “Pamuza” MFY hududida 1 600 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy beton poydevor qurganligi aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan sudga kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirildi hamda majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda majburiy tartibda bartaraf qilinib, yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

⚠️ Eslatma: O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KORRUPSIYA– TARAQQIYOT KUSHANDASI

⭐️ Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Qiziriq tuman bo‘lim (filial) xodimlari uchun boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.

Xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sohada yangi joriy qilingan qaror va qonunlar haqida atroflicha tushunchalar berildi va har bir noqonuniy qilingan xatti-harakatiga jazo muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM