SURXONDARYO KADASTR
1.85K subscribers
18.8K photos
2.29K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.


Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Qonunga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin:

🟢2018 yil 1 may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

🟢2018 yil 1 may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

🟢“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

🟢2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

🟢bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

🟢kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;

🟢davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;

🟢hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

🟢yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;

🟢yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

🟢yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;

🟢muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;

🟢bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);

🟢har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar).

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SURXONDARYO KADASTR
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi. Qonunga ko‘ra, fuqarolar…
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

🟠1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;

🟠1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

🔴Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев “Ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ҳамда уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги қонунни имзолади.

Президент Шавкат Мирзиёев подписал закон «О признании прав на самовольно захваченные земельные участки и построенные на них здания и сооружения».

#Mirziyoyev #qonun #yer #tanolish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Savol: Yerni xususiylashtirish qanday toifadagi yerlarga amal qiladi?

Javob: Avvalo shuni aytishimiz kerak - qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga nisbatan amal qiladi.

Jumladan:
yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;

xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

bo‘sh turgan yer uchastkalari.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿ℹ️ℹ️ℹ️📸

🔣O'ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YER UCHASTKASINING QAYTARILISHI TA'MINLANGAN TAQDIRDA JAVOBGARLIKDAN OZOD E'TILISHIDAN XABARDORMISIZ ?🔣

⚖️ Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishi ta'minlansa va o'zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etgan taqdirda 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 60-moddasi 4-qismi bilan Javobgarlikdan ozod etilishiga sabab bo'ladi.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi
#6aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

💸➡️
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi ➡️💸

Maʼlumki, bu illat har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Jamiyatning maʼnaviy ahloqini yemiradi, qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.

Shu sababli, ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O‘.Xamrayevlar tomonidan Denov tuman bo'lim (filial)lari xodimlari o'rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida, har bir xodimlar jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogohlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

Muloqot chog'ida bo'lim boshliqlari va filial rahbarlariga korrupsiyaning oldini olish, bunday huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat uchun jazo muqarrarligi, har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi, nafaqat tizim, balki o‘z oilasi uchun ham foydali ekanligini unutmasligi tushuntirildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun ijro tartibi infografikada

🇺🇿 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-937-son, 05.08.2024-y.).

📊 Batafsil infografikada

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
САВОЛ: Бундан 5 йил олдин уй сотиб олган эдим. Яқинда кадастр ходимлари давлат рўйхатидан ўтказмагансиз деб жарима ёзиб беришди. Бу қонунийми?

ЖАВОБ: Амалдаги қонунчиликка кўра кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқлар вужудга келганидан 1 ой ичида уни давлат рўйхатидан ўтказиш учун мурожаат этиш лозим. Ўз вақтида мурожаат этмаслик, МЖтКнинг 68-1-моддасига мувофиқ фуқароларга базавий ҳисоблаш миқдорининг 10 баравари, мансабдор шахсларга эса — 15 баравари миқдорида жарима солишга сабаб бўлади.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM