SURXONDARYO KADASTR
1.86K subscribers
18.9K photos
2.3K videos
22 files
11.3K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
MANFAATLAR TO'QNASHUVI

Kuni kecha, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari hamda Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi xodimlari ishtirokida 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi" to‘g‘risidagi Qonuni mazmun-mohiyati bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida mazkur Qonunda keltirilgan asosiy vazifalar, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar tushunchalari hamda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, tartibga solish, keltirib chiqaradigan oqibatlari hamda uni buzganlik uchun javobgarlik yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

🗣 Shuningdek, yig‘ilishda tizimdagi odob-ahloq masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi mavzularga ham alohida e’tibor qaratildi. Yakunda kun tartibidagi mavzular yuzasidan yig‘ilganlarning fikrlari ham tinglandi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram Facebook Instagram YouTube
Yer nazorati Qumqo'rg'on tumani

Kadastr agentligi Qumqo’rg’on tuman bo’limi inspektorlari tomonidan tumanning “Islomobod” mahallasi hududidagi davlat zaxirasida bo’lgan yer maydonini fuqaro tomonidan hech qanday xuquqiy hujjatlarsiz o’zboshimchalik bilan 0.02 gektar egallab olib, 84.0 kv.metrdan iborat yashash uyi va molxona binolarini qurib olganligi holati aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan, tuman inspektorlari tomonidan tegishli tartibda O’z Res MJTKodeksning 60-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qurilishlarni ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha yozma ko’rsatma berildi.

🗣Shundan so'ng, noqonuniy qurilgan qurilishlar fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilishi ta'minlandi.

Eslatma! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida


🇺🇿 Qonunchilikka koʻra, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya, daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan.

Bunda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin boʻlgan oʻrtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha boʻlganlar, daromadi yuqori boʻlmagan fuqaro yoki oila deb hisoblanadi:

◾️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming soʻmdan 8 mln 400 ming soʻmgacha);

◾️Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming soʻmdan 9 mln 660 ming soʻmgacha).

👔Maʼlumot uchun: bugungi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1.050.000 soʻm

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OGOH BO‘LING!

❗️Diqqat, diqqat!

Hurmatli fuqarolar, xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda! Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang!

Videoni oxirigacha ko‘ring va yaqinlaringizga ham ulashing!

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram Facebook Instagram YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan hududlarda yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

🗣 Mana shunday tadbirlar chog‘ida Termiz tumanida fuqarolar tomonidan yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, unda noqonuniy qurilishlar qilingani aniqlandi.

➡️ Tafsilotlar "Surxondaryo" telekanalining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturi lavhasida.

Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tizimdagi yo‘nalishlar tahlili

💠 Ayni damda, Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i Sh.M.Suvonov boshchiligida boshqarma va tizimdagi tuman (shahar) filial xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.

💠 Yig‘ilishda dastavval, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan tushunchalar berildi va tizimdagi ijro intizomi, xodimlarning faoliyatdagi mas’uliyati, ishga mos ko'rinishda kiyinish va odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalari.

💠 Shuningdek:
Kadastr pasportlarini rasmiylashtirishda ularning muddat buzilishlarni oldini olish;
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o'tkazish bo‘yicha muammolarni bartaraf etish;
Bo‘sh yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish;
Kelib tushgan murojaatlar ijrosi va boshqa topshiriqlar tahlil qilindi.

Telegram Facebook Instagram YouTube